1-Ma’ruza. Biologiya fani, vazifalari, muammolari. Tirik organizmlarning tasnifi. Tiriklikning xossalari. Tiriklikning tuzilish darajalari Reja


Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari


Download 40.84 Kb.
bet3/6
Sana30.11.2021
Hajmi40.84 Kb.
#178053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza Biologiya fani, vazifalari, muammolari. Tirik organizmlarning tasnifi. Tiriklikning xossalari. Tiriklikning tuzilish darajalari

3. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari.Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi.

Kuzatish metodi organizmlar va ulariing atrofidagi myhitda ruy beradigan hodisalarni tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi. Bu metod biologiya fanining ilk rivojlanish davrida keng qo’llanilgan. Hozirgi paytda ham bu metod o’z mavqyeini yo’qotgani yuq. U botanika, zoologiya, ekologiya va biologiyaning boshqa ko’pgina sohalarida keng qo’llaniladi.

Turli sistematik gypyhlap, tirik organizm jamoalari, organizmlar, ularning tarkibiy qismlaridagi o’xshashlik va farqlar taqqoslash usuli yordamida aniqlanadi. Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, ana­tomiya, paleontologiya, embriologiya va shu singari fanlarda keng foydalaniladi. Bu metod orqali hujayra nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o’zgaruvchanlikniig gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan. Turli sistematik gypyhlap, organizm, uning organlarini tarixiy jarayonda paydo bo’lish qonuniyatlari tarixiy metod yordamida aniqlanadi. Mazkur metod yordamida organik dunyoning evolyusion ta’limoti yaratildi.



Eksperimental metod orqali tirik tabiatdagi, organizmlardagi voqyea-hodisalar boshqa metodlarga nisbatan chuqurroq o’rganiladi. Keyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivoj­lanishi bilan biologik tadqiqotlarda modellashtirish metodidan ham foydalanilmoqda. Modellashtirish metodining mazmuni tirik tabiatdagi biror voqea-hodisa yoki uning muhim jihatlarini model tarzida qayta tiklab o’rganishdan iborat. Tasvirli model matematik belgilarga aylantiriladi va ma’lum vaqtdan keyin unda qanday o’zgarishlar, hodisalar ruy berishi mumkinligi elektron hisoblash mashinasi yordamida aniqlanadi. Modellashtirish metodining afzalligi shundaki, u tirik tabiatda kelgusida ro’y beradigan voqyea-hodisalarni oldindan bilish imkonini beradi.

Biologiyada boshqa fanlardagi kabi ko’p muammolar, o’z yechimini kutayotgan masalalar, tirik tabiat sirlari mavjud.



Muammolar. Vu muammolar, birinchidan molekulalarning tuzilishi va funksiyasini aniqlash; ikkinchidan, bir va kup hujayrali organizmlarning rivojlanishini tartibga solish mexanizmlarini bilish; uchinchidan, organizmlar shaxsiy rivojlanishidagi irsiyat mexanizmlari, ya’ni oqsil biosiitezidan hujayra hosil bo’lgunga qadar tabaqalanishni oydinlashtirish; to’rtinchidan, organizmlar tarixiy rivojlanishini aniqlash; beshinchidan, Yerda hayotning paydo bo’lishi muammosini yechish va tajribada isbotlash; oltinchidan, insonlarning tabiatga ko’rsatadigan ijobiy va salbiy ta’sirini bilish; yettinchidan, odamning paydo bo’lishi bilai bog’liq bo’lgan ba’zi muammolarni hal etishdan iborat.


Download 40.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling