1-Ma’ruza. Biologiya fani, vazifalari, muammolari. Tirik organizmlarning tasnifi. Tiriklikning xossalari. Tiriklikning tuzilish darajalari Reja


Biologiya fanining nazariy va amaliy ahamiyati


Download 40.84 Kb.
bet4/6
Sana30.11.2021
Hajmi40.84 Kb.
#178053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza Biologiya fani, vazifalari, muammolari. Tirik organizmlarning tasnifi. Tiriklikning xossalari. Tiriklikning tuzilish darajalari

Biologiya fanining nazariy va amaliy ahamiyati. Yuqorida qayd etilgan muammolarni yechish biologiya fani oldida turgan asosiy vazifadir. Lekin biologiya fani nazariy muammolarni yechish bilan cheklanib qolmaydi. U juda muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muammolar yechimida ham faol ishtirok etadi. Ma’lumki, jahon aholisining soni yildan-yilga ortib bormoqda. Shu tufayli ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlash zarur. Binobarin, sermahsul hayvon zotlari, o’simlik navlarini yetishtirish hozirgi paytda nihoyatda dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu masala bilan seleksiya fani shug’ylla­nadi. Genetika va evolyusioi ta’limot seleksiyaning nazariy asosi hisoblanadi.

O’simliklardan mo’l hosil yetishtirishda tuproq nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish monokul’tura­dan voz kechish, almashlab ekishni joriy etish, zararkunanda hamda kasalliklarga qarshi kypashda biologik metodlardan keng foydalanishni talab etadi. Insonlar uchun foydali tabiiy sharoitda tarqalgan o’simlik va hayvonlardan foydalanish uchun ularning biologiyasini, ya’ni rivojlanishi, urchish tezligi, hosil berish darajasini bilish kerak. O’rmon xo’jaligini yuritish, ovchilik, muynachilik bilai shug’yllanish ham biologik bilimlarga asoslanadi. Chunki har bir hayvon, o’simlik turini tabiat va inson hayotidagi ahamiyatini bilmasdan turib, undan foydalanish mumkin emas.

Keyingi paytlarda suv, havo, tuproq ifloslanib ketdi, ylap o’simliklar, hayvonlar, odam hayotiga xavf tug’dirmoqda. Shunga ko’ra tabiat muhofazasi bilan har bir inson shug’yllanishi kerak degan fikrlar keng tarqalmoqda. Cog’lom avlod etishtirish, tabiatni muhofaza qilish bilan uzviy bog’liqdir. Tabiat muhofazasi bilan amalda shug’ullanish uchun tabiatda har bir turning biotik va abiotik aloqalari ustida kuzatishlar olib borish, undagi sabab va oqibatni aniqlash kerak. Bu masalani biologiya, xususan ekologiya fanisiz hal etib bo’lmaydi. Inson va hayvon organizmi uchun zarur bo’lgan oziqlar - oqsil, aminokislotalar, vitaminlarni sintez qilish, faol moddalar - antibiotiklar, garmonlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish, gen injeneriyasi, biotexnologiyaning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Odamlarda uchraydigan ko’pgina kasalliklarning moddiy sabablari bor. Chunonchi, qand diabeti, fenilketonuriya, galaktozemiya va bo’qoq kasalliklari odam organizmida moddalar almashinishi jarayonining buzilishi oqibatida paydo bo’ladi. Odamdagi irsiy kasalliklarning sabablarini aniqlash, ularning oldini olish, davolash usullarini ishlab chiqish tibbiyot bilimlaridan tashqari biologiya bilimlarini ham uzlashtirishni talab etadi. Binobarin, biologiya qishloq xujalik fanlari, tibbiyot uchun nazariy asos hisoblanadi. Bu fanlarning hammasi biologiya fanini o’rganish nima uchun kerak, degan savolga javob beradi.


Download 40.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling