1. CHiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek boshqa huquqlarning egalari chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari bo‘yicha kadastr axborotlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining vakolatli bo‘linmalariga taqdim etadilar.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining vakolatli bo‘linmalari mulkdorlardan va ushbu ob’ektlarga boshqa huquqlar egalaridan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini to‘playdilar, kadastr yig‘majildlarini shakllantiradilar va ularni Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasiga beradilar.
3. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasi Davlat er kadastridan hamda Binolar va inshootlar davlat kadastridan er uchastkalari, binolar va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni oladi.
4. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasi ob’ekt (chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari) CHKUJDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini DKYAT ma’lumotlar bazasiga beradi.
5. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasi so‘rov bo‘yicha DKYAT ma’lumotlar bazasidan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi axborotlarni olishi mumkin.
6. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasi chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari ob’ektlari bo‘yicha zarur axborotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining vakolatli bo‘linmalariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar so‘rovga ko‘ra DKYAT va CHKUJDK ma’lumotlar bazasidan chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari bo‘yicha kadastr axborotlarini belgilangan tartibda olishi mumkin.
|