1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi
Download 1.52 Mb.
|
EEICH vaU lotin
Uzgichlar xizmat qilish muddati davomida (25 yil) ko‘rsatilgan holatlardan har handayida bo‘la turib o‘z funksiyasini ishonchli bajarishi va bir vaqtning o‘zida har qanday kommutatsiya amallarini, tez-tez uzoq vaqt davomida qo‘zg‘almas holatda bo‘la turib, zudlik bilan samarali bajarishga tayyor bo‘lishi shart. Bundan ularning juda yuqori tayyorlik koeffitsientiga ega bo‘lishi lozimligi kelib chiqadi: kommutatsiya jarayonlari kam davom etganda (yiliga bir necha minut) kommutatsiyalarni amalga oshirishga doimiy tayyorlik ta’minlangan bo‘lishi shart.Ajratkichlar uzgichlar yordamida uzilgan tok oquvchi sistemalarni kommutatsiyalash, taqsimlovchi qurilmalarni bitta shoxobchadan boshqasiga almashlab ulash, kuch elektrotexnik jihozlarini taftish qilish yoki ta’mirlash va kuchlanish ostidagi liniyalarning yaqin bo‘lgan qismlaridan xavfsiz sharoitlarni hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Ajritkichlar elektr zanjirlarini ularda tok bo‘lmaganda yoki juda kam tok bo‘lganda uzish imkoniyatiga ega. Uzgichlardan farqli ravishda ajratkichlar uzilgan holatda ko‘rinib turuvchi uzilgan joyni hosil qiladi. Ob’ekt (masalan, uzgich yoki transformator)ning har ikkala tomonidagi ajratkichlar uzilgandan so‘ng ular ko‘chma erga ulagich yoki ajratkichning tarkibida o‘rnatilgan maxsus erga ulovchi pichoq yordamida erga ulanishi shart.Bo‘lgich tarmoqdan uzilgan yuqori kuchlanish zanjirini qisqa vaqt ichida (0,1 s dan kam) uzish uchun xizmat qiladi. U ajratkichga o‘xshash bo‘lib, faqat tez ishlovchi yuritma bilan ta’minlangan.Qisqa tutashtirgichlar va bo‘lgichlar muhimligi past bo‘lgan iste’molchilar taqsimlovchi qurilmalarining yuqori kuchlanish tomoniga, maydon va taqsimlovchi qurilmaning narxini tejash maqsadlarida uzgichlar faqat quyi kuchlanish tomonida ko‘zda tutilgan hollarda, o‘rnatiladi.CHeklovchi apparatlarCHeklovchi apparatlar tok va kuchlanishni cheklovchi apparatlarga bo‘linadi.Tokni cheklovchi apparatlarga yuqori kuchlanish saqlagichlari va reaktorlar kiradi.Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling