1-ma’ruza. Energetikaning muhum o‘rni. Energetikaning strukturasi


Download 1.52 Mb.
bet24/38
Sana26.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1128426
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
EEICH vaU lotin

Ko‘pchilik turbogeneratorlarning juft qutblari soni birga teng. Demak, elektr tarmog‘idagi chastota 50 Gs bo‘lganda n2=f1/p=50 ayl./c yoki n2=60f1/p=50 ayl./min. Kuchlanishning chastotasi 60 Gs qabul qilingan mamlakatlarda (masalan, AQSH, YAponiya va boshqalar) bitta juft qutbli rotorning aylanish chastotasi 3600 ayl./min. ni tashkil etadi.

Rotorining juft qutblari soni birdan katta bo‘lgan generatorlarning juft qutblari soni birdan katta bo‘lgan rotorlarining aylanish chastotalari 3000 (yoki 3600) ni juft qutblar soniga nisbatiga teng bo‘ladi (ayl./min.): 1500, 1000, 750, 600 va ќ.k. (50 Gs uchun).



Kuch transformatorlari

Elektr tarmoqlarida energiyani masofaga samarali uzatish va iste’molchilarda talab etilgan kuchlanishni ta’minlash maqsadlarida kuchlanishni o‘zgartirish amalga oshiriladi. Buning uchun oshiruvchi va pasaytiruvchi kuch transformatorlaridan foydalaniladi. Katta nimstansiyalarda ikkita yuqori kuchlanishli tarmoqlarni bog‘lash uchun, qoidaga ko‘ra, odatdagi transformatorlarga nisbatan katta texnik-iqtisodiy afzalliklarga ega bo‘lgan avtotransformatorlar qo‘llaniladi. Avtotransformatorning narxi va uni ishlatish jarayonidagi isroflar aynan shu quvvatdagi oddiy transformatorlardagiga nisbatan ancha kamdir.


Transformator tipining shartli belgilanish strukturasi
SHartli belgilashning harfli qismi quyidagilarni anglatadi:

  • A — avtotransformator;

  • O yoki T — bir yoki uch fazali transformator;

  • R — quyi chulg‘ami parchalangan;

  • T — uch chulg‘amli transformator;

  • N — transformator YUOR (kuchlanishni yuklama ostida rostlash) qurilmasiga ega;

  • S — elektr stansiyasining xususiy ehtiyoj transformatori;

  • L — quyma izolyasiyali transformator.

Sovitish tizimining shartli belgilanishlari:

  • a) moyli transformatorlar:

    • M — havo va moyning tabiiy aylanishi;

    • D — havo va moyning majburiy aylanishi;

    • MS — havoning tabiiy va moyning yo‘naltirilmagan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;

    • NMS — havoning tabiiy va moyning yo‘naltirilgan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;

    • DS — havo va moyning yo‘naltirilmagan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;

    • NDS — havo va moyning yo‘naltirilgan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;

    • S — suv va moyning yo‘naltirilmagan moy oqimi bilan majburiy aylanishi (sovitkichlarda suv quvurlar ichida, moy esa quvurlar orasidagi to‘siqlar bilan bo‘lingan bo‘shliqda harakatlanadi);

    • NS — suv va moyning yo‘naltirilgan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;

  • b) yonmaydigan suyuq dielektrikli transformatorlar:

    • N — yonmaydigan suyuq dielektrik yordamida tabiiy sovitish;

    • ND — yonmaydigan suyuq dielektrik yordamida havoni majburiy aylantirib sovitish;

    • NND — yonmaydigan suyuq dielektrik yordamida havo va suyuq dielektrikning yo‘naltirilgan oqimini majburiy aylantirib sovitish;

  • v) quruq transformatorlar:

    • S — ochiq holda yasalib, havo yordamida tabiiy sovitish;

    • SZ — himoyali holda yasalib, havo yordamida tabiiy sovitish;

    • SG — germetik holda yasalib, havo yordamida tabiiy sovitish;

    • SD — havoni majburiy aylantirib sovitish;

    • 3 — moyli tabiiy sovitiluvchi yoki kengaytirgichsiz azot yostiqchali himoyaga ega bo‘lib, yonmaydigan suyuq dielektrik yordamida sovitiluvchi qilib yasalgan transformator.




Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling