UMUMIY MA’LUMOTLAR
Elektr energetika tizimi (EET) quyidagi uchta guruhga bo‘lish mumkin bo‘lgan elementlardan tashkil topgan:
Asosiy (kuch) elementlari – elektr stansiyalarining suv yoki bug‘ning mexanik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi generator agregatlari; tok va kuchlanishning turi va qiymatini o‘zgartiruvchi transformatorlar, avtotransformatorlar va to‘g‘rilagich qurilmalar; elektr energiyasini masofaga uzatuvchi elektr uzatish liniyalari (EUL); EETning sxemasini o‘zgartirish va shikastlangan elementlarni uzish uchun xizmat qiluvchi kommutatsiyalovchi apparatlar (uzgichlar, ajratkichlar va h.k.); himoyalovchi va cheklovchi apparatlar (saqlagichlar, tokni cheklovchi reaktorlar, razryadniklar);
o‘lchash elementlari – o‘lchash asboblari, boshqarish va rostlash vositalarini ulash uchun xizmat qiluvchi tok va kuchlanish transformatorlari;
boshqarish vositalari – EETning sxemasi va ishlashini operativ va avtomatik boshšarishini ta’minlovchi releli himoya, rostlagichlar, avtomatika, telemexanika, aloqa tizimlari.
Sinxron generatorlar
Sinxron generatorlar (SG) – bug‘, gaz yoki gidravlik turbinalarning SG rotorini ќarakatga keltiruvchi mexanik energiyasini elektr energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladi.
Turbinaning aylanish chastotasi turlicha – har minutdagi aylanishlar soni bir necha o‘ntadan yuzlargacha va hatto minglargacha (odatda gidravlik turbinalar uchun kamroq va boshqalari uchun ko‘proq) bo‘lishi mumkin.
Generator statorida induksiyalanuvchi EYUKning chastotasi f1 rotorning aylanish chastotasi (bir sekunddagi aylanishlar soni) n2 va rotorning juft qutblari soni r ning ko‘paytmasiga tengdir:
f1 = r* n2.
Bug‘ va gaz turbinalari yordamida aylantiriluvchi sinxron generatorlar turbogeneratorlar, gidravlik turbinalar yordamida aylantiriluvchilari esa gidrogeneratorlar deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |