1-ma`ruza Fizika tarixi predmeti. Antik davr fizikasi
Download 349.5 Kb.
|
физика тарихы лекция
Adabiyotlar:
1. P.S.Kudryavtsev. «Kurs istorii fiziki», 175-195 betlar. 2. B.I.Spasskiy. «Voprosы metodologii i istorizma v kurse fiziki sredney shkolы», 61-71 betlar. 3. B.I.Spasskiy. «Istoriya fiziki», 2-qism, 158-170 betlar.
XIX asrning o`rtalariga kelib fizikada elektr va magnit hodisalarida muhim bir xulosalarga kelina boshlandi. Masalan muhim yangiliklardan Kulon qonuni, Amper qonuni, elektromagnit induktsiya hodisasi, o`zgarmas tok qonunlari va boshqalardir. Elektr va magnit hodisalarining cho`qqisidan biri Veber nazariyasi edi, qaysiki o`sha paytda elektrostatika va elektromagnetizm o`rtasida bog’lanish xosil qildi. Shu bilan bir paytda hali fiziklar orasida bu hodisalar haqida to`liq bir umumiy fikr yo`q edi. Lekin shu bilan bir qatorda elektr va magnit hodisalari haqida Faradey qarashlari mavjud bo`lib, uning qarashlari biror qarshiliklarga uchragan bo`lmasa-da, uning tarafdorlari ham mavjud emas edi. Qadimiy olimlar qaxraboni ishqalash natijasida o`ziga boshqa jismlarni tortib olish xususiyatini bilishgan. Elektrlangan so`zi qadimgi grek so`zidan olingan bo`lib, elektron bu qaxrabo demakdir. Qadimgi greklarda yana maxsus metall temir rudasi mavjud bo`lib, ular ham temir buyumlarini o`ziga tortganlar.Shu sababli bunday temir rudalari qadimgi grek shaxri Magnisii shaxridan qisqartirib olingan bo`lib magnit so`zi shu shaharning nomidan olingan. Lekin qadimda elektr va magnit bilan shug’ullanilmagan bo`lib buni iloxiy deb tushunishgan. Keyinchalik birinchi bo`lib Lukritsiy Kar o`zining «Tabiatdagi jismlar» asarida magnitning xususiyatini tushuntirib bu juda ko`p atomlar «oqimi» deb atagan. XII asrda Xitoyda kompas ixtiro qilindi. Kemasozlikning rivojlanishini magnitni o`rganishga asos bo`ldi, ya`ni su`niy yaratilgan magnit ixtiro qilindi. 1600 yili Vil`yam Gil`bert tomonidan yozilgan «Magnit to`g’risida magnitli jism va ulkan erning magniti» asarida magnitning xususiyatlarini o`rganib magnitning ikki qutbli ekanligini, magnitning bir xil qutblari bir-birini itarishini, har xil qutblari bir- birini tortishini aytib o`tadi va erning magnit maydoni haqidagi gipotezani aytadi. Gil`bert magnit xususiyatlarini o`rganish bilan birga u elektr xususiyatlarini ham o`rganib elektr magnitdan farq qilishini, u faqat qaxraboda mavjud bo`lmay, balki qog’oz, xrustal (chinni) shisha, oltingugurt va boshqalarda ham mavjud ekanligini aytib o`tadi. 1672 yili nemis olimi Gerike zaryadlar mavjudligini, ular faqat tortishish kuchiga ega bo`lmay, balki itarishishi ham XVII –asrning birinchi yarmida Angliyalik Grey elektr o`tkazuvchanlik xodisasini ochdi. Peterburgilik akademik Frants Epinus suyuqliklarda ham elektr mavjudligini, ular ham bir – birini itarishi va tortishishi mavjudligini aytadi va elektr zaryadining saqlanish qonunini ochadi. 1759 yili Epinus o`zining «Magnitlanish va elektrlanish nazariyasidan tajribalar» asarida magnit va elektr kuchlari mavjudligini aytadi. Bu kuchlarning o`zaro uzoqlashganda ta`siri kamayishini aytadi. Frantsiyalik harbiy injener Sharl Ogyusten Kulon (1736-1806) 1777 yil burilish burchagi orqali nuqtaviy zaryadlarning o`zaro ta`sir kuchini topdi va bu burilish qonuni zarralarning o’zaro ta`sir kuchini aniqlaydi. = S = burilish burchagi, R = burash kuchi, L = ipning uzunligi, R = ipning radiusi. 1784 yili Kulon tomonidan buralish tarozisi qurildi. 360 , 180 , 90 qo`yilgan holda ipning buralishi 36 0, 1440, 5760 oradagi masofaning kvadrati nisbatida buralish burchagining o`zgarishini topdi. Bulardan tashqari Kulon elektr va magnit maydonini aniqlagan. Elektrodinamikaning rivojlanishda Vol`ta tomonidan 1782 yili ixtiro qilingan elektroskop (bug’doy poyasi), 1787 yili Benneti tomonidan yaratilgan oltn yaproqchali elektrometr fanga katta yutuq edi. Italiyalik Luidji Gal`vani Boloniya shaxrida 1737 yili tug’ilgan. Oldin xudojuylikka keyinchalik meditsina fiziologiya va anatomiyaga qiziqqan. 1762 yili Boloniya universitetiga meditsinadan o`qituvchi etib tayinlanada. 1791 yili «nuqtaviy harakatda elektr kuchining ta`siri» asarini yaratdi. Bonapart tomonidan Italiya bosib olinishi natijasida u erda Tsizal`kin respublikasi tashkil topdi, lekin Gal`vani bu respublikani tan olmagani uchun uni ishdan bo’shatadilar, bunga qattiq ta`sir qildi va 1798 yili 4 dekabrda vafot etdi. Uning asosiy ishi qurbaqa ustida tajriba o`tkazib, u atmosferada ham elektr zaryadi mavjudligini, tirik organizmni ham elektr zaryadi mavjudligini tajriba orqali isbotladi. Uning fikricha musbat zaryadlar organizmning nervlarida joylashgan bo`lib, manfiy zaryadlar esa muskullarda joylashgan degan xulosaga keladi. Aleksandr Vol`ta 18 fevral` 1745 yili italiyaning Kamo shaxrida tug’ilgan. U yoshligidan elektr xodisalariga qiziqdi. 1769 yili Leyden bankasi to`g’risida, ikki yildan so`ng elektr mashinasi to`g’risida asar yaratdi. 1774 yili Kamo shaxridagi maktabda fizika o`qituvchisi lavozimida ishlaganda elektrofor mashinasini yaratdi. 1777 yili Pavli shaxrida professorlik lavozimiga ko`tarildi. 1783 yili kondensatorli elektroskop yaratdi. 1800 yili birinchi bo`lib elektr toki generatorini yaratishi unga shonu shuxratlar olib keldi. U Parijning ikkita akademiyasiga a`zo etib saylandi. Napalion unga Graf nomini berib, Italiya qirolligining senatorlik lavozimini berdi. Vol`ta 5 mart 1827 yili vafot etdi. (shu kuni Laplas va Frenel ham vafot etgan). Gol`vani organizmda elektr tokining ta`sirini ochgan bo`lsa, Vol`ta kontakt tokini topdi. Ya`ni turli metallarda elektr zaryadi o`tishini. Xans Xrstian Ersted 14 avgust 1777 yili Daniya aptekachisi oilasida tug’ildi. Erstet Kopengagen universitetining farmatseft diplomini oldi. 22 yoshida esa filosofiya fanlari doktori bo`ldi. 1820 yili elektrning magnit strelkasiga ta`siriga doir tajribalar brashyurasini yozdi. U 9 mart 1851 yili vafot etgan. Erstet tokli o`tkazgich bilan magnit kuch chiziqlari ta`sirini ko`rsatdi. Magnit maydonining kuch chiziqlarini aniqlash yo`lini topdi. Ko`pgina elektromagnitizmda yangiliklar yaratgan Frantsuz olimi Amperdir. Andre Mari Amper. 22 yanvar` 1775 yili Lionlik kommersant oilasida tug’ildi. Uning oilasidagi fojiadan so`ng 18 yoshida otasini o`ldirishgan. 1802 yildan boshlab maktabda Burge shaxrida fizika va ximiyadan dars beradi. 1803 yili Liondagi litseyda matematikadan dars beradi. 1804 yili Parijda politexnik maktabda repetetorlik qiladi. 1808 yili esa professorlik unvoniga sazovor bo`ladi. Uning xayoti og’ir o`tgan. Otasining o`limi, birinchi xotinining o`limi, ikkinchi xotinining yomon chiqqani, opasining o`limi sababli u komandirovkada 10 iyun` 1836 yili vafot etdi. Elektrodinamika rivojlanishida Amper juda qattiq ishlagan. Uning yaratgan yangiliklarini uning ma`lumotlaridan ham bilsa bo`ladi. 25 sentyabr`, 2, 9 , 16, 30 oktyabr`, 6, 13 noyabr` , 4, 11, 26 dekabr` 1820 yili yangiliklar yaratganligi to`g’risida ma`lumot bergan. U birinchi bo`lib elektrda ikkita asosiy tushuncha elektr kuchlanishi va elektr toki tushunchasini kiritgan. Uning asosiy qilgan ishlaridan biri fundamental tushunchalardan «elektr toki», «elektr zanjiri» tushunchalaridir. Amper birichi bo`lib toklarning o`zaro mexanik ta`sirini aniqlagan, tokning yo`nalishiga qarab ularning o`zaro ta`sirlashishini o`rgandi. Georg Om (1787 -1854) nemis o`qituvchisi zanjirning bir qismi uchun va butun zanjir uchun Om qonunini yaratdi. M. Faradey 22 sentyabr` 1791 yil Londonda temirchi oilasida tug’ildi. O`z bilimini o`zi o`qib olgan bilimlari asosida fizika va ximiya bilan shug’ullangan. Bu juda yaxshi lektsiya o`qir edi. Uning birinchi ishlari himoyadan o`tdi, xatto D.I. Mendeleev ham o`zining ximiya asoslari kitobida buni ta`kidlab o`tadi. Elektromagnit aylanishni Valliston aytgan edi. Bu g’oyani Faradey amalga oshirdi. 1821 yili magnit maydoni bilan elektr maydonining o`zaro ta`siri natijasida birinchi bo`lib elektrodvigatel` yaratildi. U o`zining «Elektr bo`yicha eksperimental izlanishlar» asarini 1831 yili chop etilgan. Ushbu kitobda quyidagi bo`limlar bor edi:
elektr toki induktsiyasi; elektr va magnitning hosil bo`lishi; materiyaning elektr ko`rinishi. Faradey halqasi birinchi transformatorga asos bo`lgan edi. Djems Klerk Maksvell Shotlandiyada 13 iyun` 1833 yilda tug’ilgan. Uning otasi o`ta madaniyatli, ijodkor va sayohatchi edi. Otasi uni astronomiyaga qiziqishni osmon jismlarini kuzatishni o`rgatdi. Birinchi marta geometriyaga qiziqdi. 1847 yili Edinburg qirollik jamiyati akademiyasida «Elastik jismlar muvozanati» temasida doklad qilib elastik jismlar nazariyasini yaratdi. Maksvellni qilgan ishlari asosan Faradey ishlarini takomillashtirib, elektromagnit maydon nazariyasini yaratishidir. U har tomonlama mukammal olim edi. U ham nazariyachi, eksperementator va texnik edi. Maksvell 1879 yil 5 noyabr`da rak kasalidan vafot etdi. Download 349.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling