1-ma`ruza Fizika tarixi predmeti. Antik davr fizikasi
Download 349.5 Kb.
|
физика тарихы лекция
Adabiyotlar:
1. P.S.Kudravtsev “Kurs istori fiziki” 316-350 betlar. 2. B.I.Spasskiy “Istoriya fiziki” 207-226 betlar. 3. B.I.Spasskiy «Voprosы metodologii i istorizma v kurse fiziki sredney shkolы» 71-78 betlar. XIX asrning ikkinchi yarmida evropada va Amerikada kapitalizmning rivojlanib, o`zining yuqori fazasi imperializmga o`tish paytiga to`g’ri keladi . O`sha paytlarda eng rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan biri Angliya bo`lib, unga iqtisodiy jihatdan Germaniya qo`shildi. Germaniya va AQSh iqtisodiy rivojlanishdan XIX asrning oxirida Angliyani quvib o`tib, AQSh jahonda iqtisodiy rivojlanishda birinchi o`ringa chiqib oldi. 1861 yilda Rossiyada o`tkazilgan reforma uni ham kapitalizmga yo`l tutishiga olib keldi, jamiyat formatsiyalarini bunday o`zgarishi, iqtisodi rivojlanishda fanni roli katta bo`ldi. XIX asrning ikkinchi yarmida fizikaning eng rivojlangan sohalaridan biri bu teplotexnika va elektrotexnika sohasiga to`g’ri keladi. Bug’ mashinalari sanoatning asosiy dvigatellaridan biri bo`lib keldi. Bug’ning 1, 2, 3 marta kengaytirish yo`llari izlana boshlandi. Poroxning portlashidan dvigatel yaratish niyati, XIX asrning birinchi yarmida ichki yonar dvigateli ixtiro qilindi. 1890 yillari nemis injeneri Dizel` tomonidan gazning yuqori bosqichda qizitish natijasida o`z-o`zidan yonadigan dizel` dvigatelini yaratdi. 1880 yillari 3-davr dvigatellar bug’ trubinalari ixtiro qilindi. Birinchi bug’ trubinalarini shveytsariyalik injener Laval va angliyalik ixtirochi Parsons bir paytda ixtiro qilib ishlab chiqarishga taqdim etishdi. Fizikada, termodinamikada yangi qonuniyatlarini ochilishi teplotexnikani rivojlanishiga olib kelib, endi fanda ko`proq injenerlik ixtirolariga talab ortib bordi; ichki yonar dvigatellari, issiqlik mashinalari, par trubinalarini ishlash, teplotexnika bo`limini rivojlanishining mahsulidir. XIX asrning boshlarida fizikaning elektrotexnika bo`limini rivojlanishi yuksala bordi. Elektrotexnikani rivojlanishi elektrotelegrafda muhim rol o`ynadi. 60-70 yillarda telegraf va telefon aloqalarini yo`lga qo`yilishi, elektrodinamikani rivojlanishida muhim bosqich bo`ldi. Elektrodinamikaning rivojlanishi elektr tebranishlarini ochilishida muhim rol o`ynab, V.Tomson tomonidan elektr tebranishlarni ixtiro qilinishi elektrotexnikani rivojlanishida asos bo`ldi. Elektr tebranishlar elektr priborlar, elektr o`lchagich asboblarni rivojlantirishga olib keldi, elektro`tkazgichlar ixtiro qilina boshlandi. 1876 yilda Pavel Nikolaevich Yablochkov tomonidan, Yablochkov shami qaysiki yorug’lik beruvchi elektrenergiyasini foydalanish yo`lidagi birinchi qadam bo`lib, evropa, Amerika, Osiyoda «Rus yorug’i» nomi bilan mashhur bo`lgan. Rus ixtirochisi Aleksandr Nikolaevich Lodыgin (1847-1923) tomonidan 1873 yili birinchi marta Peterburg ko`chalarini Lodыginning cho`g’lanma lampalari yorita boshladi. 1874 yili Lodыgin o`zining ixtirosi uchun fanlar Akademiyasining Lomonosov mukofatiga sazovor bo`lgan. Amerikalik ixtirochi Tomas Al`va Edison (1847-1931) elektr yoritgichlar bilan shug’ulanib, 1879 yili muvoffaqiyatli va ancha effektiv cho`g’lanma lampa ixtiro etdi. Cho`g’lanma lampalardagi vakkum fizikaning vakkumli texnikasida katta rol` o`ynab, modda tuzilishining elektron nazariyasini rivojlanishida muhim rol` tutgan. Taniqli angliya fizigi J.J.Tomson shunday degan edi: «Agar fan sanoatga yordam bergan bo`lsa, sanoat ham fanning rivojlanishiga munosib hissa qo`shdi». XIX asrning oxirida fizika tarixida birinchi printsipial yangiliklar yaratildi. qaysiki buni fizikadagi ilmiy revolyutsiya deyish mumkin edi. Elektronning ixtiro etilishi va uning massasini tezlikka bog’liqligi bo`ldi. Radioaktivlikning ochilishi. Fotoeffekt va uning qonunlari. Rentgen nurlari. 1895 yili Vil`gyalm Rentgen (1845-1923) tomonidan ochilgan yorug’lik nuri keyinchalik rentgen nuri nomi bilan mashhur bo`lib ketdi. Rentgengacha ham gaz razryadi bilan shug’illanishgan edi. Masalan: Faradey gazni bir qancha gaz razryadini kuzatgan. Gaz razryadlarini matematik Plyuker (1801-1868) kuzatib 1859 yili kuchli razryadda nozik havorang yorug’lik dastasini kuzatgan. Bu dasta katoddan chiqib anodga etishida shisha trubkani yoritganligini ko`rgan Plyukerning shogirdi Gittorf 1869 yili izlanishlarni davom ettirib, bu nur yo`liga jism qo`yganda uning soyasini xosil bo`lishini kuzatdi. Gol`dshteyn bu nurni o`rganib, 1876 yili uni katod nuri deb nomladi. 1879 yili Vil`yam Kruks katod nurlarini o`rganib, moddaning 4-holati ekanini aytib o`tdi. Kruks birinchi marta katod nurini magnit maydoni ta`sirida o`z yo`nalishini o`zgartirishini aniqladi. V.K.Rentgen 1845 yili Germaniyaning Golandiya bilan chegarasidagi shahri Lenepda tug’ilgan, oldiniga uning maqsadi injener bo`lish edi. Shu sababli u Tsyurixdagi politexnikumni bitirdi, lekin fizikaga bo`lgan qiziqishi uni universitetga kirishida sabab bo`lgan edi. Doktorlik dissertatsiyasini yoqlaganidan so`ng (1868) filosofiya fanlari doktori, oldiniga Tsyurix, keyinchalik Tsen universitetlarida fizika kafedrasida assisent bo`lib etishdi. Rentgen o`zining fizika maktabini juda ko`p fizik eksperementatorlar tayyorlagan Strasburglik Kundtdan o`rgandi va juda loyiqadli eksprementor bo`lib ishlashdi. Rentgen nurlardan tashqari gazlar uchun Sr/Sv ga nisbatini ham aniqlagan, suyuqliklarning yopishqoqligi va dielektrik o`tkazuvchanligini aniqlashda tajribalar qilgan, kristallarning hususiyatlarini o`rgandi, magnit maydonida harakatlanayotgan zaryadni o`lchadi. (Rentgen toki) deb yuritiladi. Ko`pgina tajribalar o`zining ixtidorli shogirdi, keyinchalik mashhur sovet fizigi A.F.Ioffe bilan birgalikda amalga oshirgan. Rentgen nurlari uchun 1901 yili fizika sohasida birinchi «Nobel» mukofatiga sazovor bo`lgan olim 1900 yildan to umrining oxirigacha (1923 yil 10 fevralgacha) Myunxen universitetida ishladi. Download 349.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling