1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet17/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Janubiy Afrika. Mazkur mintaqa kontinentning eng janubida joylashgan davlatlarni qamrab oladi. Maydoni 2,6 mln km.kv.ni, aholisi esa 67 mln kishini (2019 y.) tashkil qiladi.
Janubiy Afrika mintaqasi o‘z tarkibiga quyidagi 5 ta davlatni qamrab oladi: Botsvana, Lesoto, Namibiya, Svazilend, Janubiy Afrika Respublikasi. Ta’kidlash joizki, Afrika kontinentidagi yagona rivojlangan davlat – Janubiy Afrika Respublikasi shu mintaqada joylashgan. Mazkur davlat demografik salohiyati bilan (58,6 mln kishi – 2019 y.) ham mintaqaning eng salohiyatli davlati xisoblanadi.
Mintaqa davlatlari davlat tuzumiga ko‘ra boshqalardan biroz farq qiladi. Agarda butun Afrika qit’asida jami 3 ta monarxiya tuzumiga mansub davlatlar mavjud bo‘lsa, shulardan 2 tasi (Svazilend va Lesoto) aynan shu mintaqada joylashgandir. Qolgan davlatlar respublika boshqaruviga ega.
Bu yerda faqatgina Janubiy Afrika Respublikasining maydoni 1,2 mln kv.km.ni tashkil qiladi xolos. Shuningdek, Namibiya (824,2 ming kv.km.) ham nisbatan katta hududga ega. Aksincha, Lesoto va Svazilend qirolligining maydoni ancha kichikligi bilan ajralib turadi.
Mintaqaning siyosiy-geografik o‘rnidagi muhim xususiyat, uning jahonning yetakchi davlatlari, mintaqalaridan ancha olisda joylashganligi bilan bog‘liqdir. Ammo, shularga qaramay mintaqa davlatlari bevosita ikki okean – Atlantika va Hind okeaniga chiqish imkoniyatiga egadirlar.

Amerikaning siyosiy xaritasi
Amerikaning siyosiy xaritasi o‘z tarkibiga shimoliy va janubiy Amerika qit’alarida joylashgan davlatlarni qamrab oladi. BMT klassifikatsiyasiga ko‘ra Amerika o‘z navbatida quyidagi 4 ta submintaqaga ajratiladi – Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika, Karib xavzasi, Janubiy Amerika.
Mazkur mintaqalar turlicha hudud, tabiiy resurs, aholi va iqtisodiy salohiyatga ega. Ular orasida, ayniqsa Shimoliy Amerika mintaqasi o‘z ichiga AQSh va Kanadani qamrab olgani xolda, jahonning eng taraqqiy qilgan mintaqalaridan biri hisoblanadi.
Shimoliy Amerika. Yuqorida aytib o‘tilganidek, mazkur mintaqa o‘z ichiga jahonning eng rivojlangan davlatlari – AQSh va Kanadani qamrab oladi. Mintaqaning umumiy maydoni – 1,9 mln kv.km. ga teng, aholisi soni - 367 mln kishi (2019 y.). Mazkur davlatlar hududi xajmiga ko‘ra ham jahon davlatlari o‘ntaligida 2-chi va 4-chi o‘rinlarni ishg‘ol qiladi.
Dalat tuzumiga ko‘ra AQSh respublika tipiga mansub, aniqrog‘i mazkur davlatning hududiy boshqaruv shakli federatsiyaga asoslangan. Demografik salohiyati - 329,2 mln. kishini (2019 y.) tashkil qiladi.
Kanada davlati Britaniya Hamdo‘stligi a’zosi bo‘lib, Buyuk Britaniya Qirolichasi rasmiy jihatdan davlat boshlig‘i hisoblanadi. Amalda mamlakat premer-ministr tomonidan boshqariladi.
Shimoliy Amerika davlatlari jahon iqtisodiyoti va siyosatida yetakchi mavqega ega, iqtisodiy rivojlangan davlatlar hisoblanadi.
Mintaqa davlatlarining siyosiy geografik o‘rnining muhim jihati – bir vaqtning o‘zida ikki yirik okean – Atlantika va Tinch okeaniga bevosita chiqa olishidir. Bu borada, ayniqsa AQSh hududining yahlitligi, to‘siqlarsiz erkin xarakat qila olishi hamda ulkan iqtisodiy qudratga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling