1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat tuzumi
- 1. Shimoliy Amerika
- 2. Markaziy Amerika
- 3. Karib havzasi davlatlari
- 4. Janubiy Amerika
- Karib xavzasi davlatlari.
Manbalar: Ropulation Reference Bureau. 2019 World Population Data Sheet; Ropulation Reference Bureau. World Population Data 2019; http://ostranah.ru/_lists/area.php. Mintaqa davlatlarining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida, ularning AQSh bilan bevosita savdo-iqtisodiy aloqalari katta ahamiyatga ega. Karib xavzasi davlatlari. Mazkur mintaqa Atlantika okeanining g‘arbiy qismida, Shimoliy va Janubiy Amerika oralig‘ida joylashgan Karib dengizi va atrofidagi 17 ta turli katta-kichiklikdagi orol davlatlardan tashkil topgan. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: Antigua va Barbuda, Antil orollari, Bagam orollari, Barbados, Gaiti, Gvadelupa, Grenada, Dominika, Dominikan Respublikasi, Kuba, Martinika, Puerto-Riko, Sent-Vinsent va Grenada, Sent Kris va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka. Karib xavzasi davlatlarining umumiy maydoni – 233,7 ming km. kv.ni, aholisi esa – 43 mln kishini (2019 y.) tashkil qiladi. Bu borada ushbu mintaqa qolgan hududlardan ancha farq qiladi. Mintaqada hudud xajmiga ko‘ra Kuba (110,8 ming kv.km.) eng yirik davlat hisoblanadi. Shuningdek, bu borada Dominikan Respublikasi, Gaiti, Bagam orollari va Yamayka ham ajralib turadi. Mintaqa davlatlari turlicha hudud, aholi, resurs va iqtisodiy salohiyatga ega. Ularning barchasi orol davlatlaridan iborat ekanligi, go‘zal tabiat va dengiz iqlimiga ega ekanligi, ko‘proq turizmni rivojlanishiga asos bo‘lgan. Aholi soniga ko‘ra, Kuba respublikasi, Dominikan respublikasi va Gaiti har biri 10 mln kishidan ko‘p aholiga ega. Mintaqaning qolgan aksariyat ko‘pchilik davlatlari aholisi 500 ming kishidan kam. Mintaqa davlatlarining davlat tuzumi turlicha. Ulardan 7 tasi (Antigua va Barbuda, Barbados, Grenada, Sent-Vinsent va Grenadini, Sent Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Yamayka) monarxiya davlat boshqaruv shakliga ega bo‘lsa, 6 tasi respublika (Gaiti, Dominika, Dominikan Respublikasi, Kuba, Trinidad va Tobago, Antil orollari), Gvadelupa va Martinika (Fransiya dengizorti departamenti), Puerto-Riko (AQSh protektorati). Mintaqa davlatlarining ko‘pchiligi Britaniya Hamdo‘stligi tarkibiga kiradi. Jumladan, Yamayka, Sent-Kits va Nevis, Sent-Vinsent va Grenadini, Antigua va Barbuda, Sent-Lyusiya, Barbados, Bagam orollari, Grenada davlatlari Britaniya Hamdo‘stligi a’zolari bo‘lib, Buyuk Britaniya qirolichasi rasman davlat boshlig‘i hisoblanadi. Shuningdek, Trinidad va Tobago bilan Dominika davlat tuzumiga ko‘ra respublika bo‘lishi bilan birga, Britaniya Hamdo‘stligi a’zolaridir. Hamdo‘stlik a’zo davlatlarga moliyaviy yordam berish bilan birga, atrof muhitni muhofaza qilishda, ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘zaro savdoni yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirishga yordam beradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling