1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet27/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Savol va topshiriqlar:
Geosiyosat fanining shakllanishi sabablari.
Siyosiy geografiya va geosiyosatning o‘xshash va farqlanuvchi jixatlari
Geosiyosat fanining axamiyati


7-mavzu. GEOSIYoSATNING ILMIY-NAZARIY, ULUBIY ASOSLARI VA FUNKSIYaLARI
Reja:
Geosiyosatning ilmiy- nazariy asoslari
Geosiyosatning uslubiy asoslari
Geosiyosatning funksiyalari

Tayanch so‘zlar: geosiyosat, mafkura, makon, strategiya, konsepsiya, funksiya, yondashuv.

Har bir fan o‘zining ilmiy-nazariy va uslubiy asoslariga ega. Geosiyosat fani muayyan mintaka va davlatlarning geografik joylashuvi, ularning chegaralari, tabiiy resurslari, jahon siyosatida tutgan o‘rni xamda ularning geosiyosiy imkoniyatlari va istiqbollari bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi. Bu jixatdan har bir mustakil davlat xayotida geosiyosatni o‘rganishga tabiiy ravishda extiyoj mavjuddir. O‘zbekistonda xam geosiyosatni fan sifatida o‘rganishga mustakillikning dastlabki yillaridanoq e’tibor karatilgan.


Nafakat ilmiy doiralarda, balki siyosatshunoslar o‘rtasida xam «geosiyosat» tushunchasiga nisbatan yagona bir ta’rif yo‘q. Mavjud ta’riflar u yoki bu darajada bir-birini to‘ldirsada, ma’lum jixatdan bir-biriga qarama-qarshi hamdir. O‘z navbatida geosiyosatning ob’ekti va sub’ekti, predmeti xakida xam turlicha qarashlar bor. Albatta, bildirilgan fikrlarga salbiy munosabat bildirish kerak emas, balki ularga geosiyosatning fan sifatida shakllanayotganligi bilan bog‘liq tabiiy jarayon sifatida qarash kerak.
XX asrning 90-yillarigacha kommunistik mafkura geosiyosatni imperialistik ekspansiya asoslash uchun geografik dalil va omillardan (mamlakatning xududi, joylashuvi va boshqalar) foydalanuvchi siyosiy konsepsiya deb, uning asosini irqchilik, maltuschilik, sotsial—darvinizm bilan bog‘lab ta’riflash orkali salbiy baholab kelgan. Birok, keyingi o‘n yilliklar ichidagi o‘zgarishlar geosiyosatga nisbatan yangicha yondashuvlarni yuzaga chiqardi va geosiyosat sobiq sovet fani uqtirib kelgan g‘oyalarning batamom aksi ekanligini kursatdi.
"Geosiyosat" termini yunon tilidagi "geo" (er) va "siyosat" (davlatni boshkarish san’ati) ma’nosida keladi. Geosiyosat nazariyasi avvalo nemis geosiyosiy maktabida shakllanganligi barchaga ma’lum. «Geosiyosat» so‘zini asarlarida ishlatmasada, geosiyosat fanining «otasi» deb nemis olimi Fridrix Ratselni aytish mumkin. Olim o‘zining 1897 yilda chop etilgan asosiy ishini «Siyosiy geografiya» deb nomlagan. Garchi F.Ratsel siyosiy geografiya xaqida sub’ektiv fikrlarni ham o‘rtaga tashlasada, uning muloxazalari bevosita geosiyosiy axamiyatga ega edi. Jumladan, olim davlatda geografik omillarning ustuvorligini va ularning o‘zgarmasligi borasidagi absolyut fikrlarni yoklamaydi. Uningcha, davlat doimo jo‘shqinlikda hayot kechiruvchi «tirik organizmdir». F.Ratsel fikricha, geosiyosat siyosiy geografiyadan farqli tarzda, davlatning joylashishi, uning iqlimi va shakllari bilan birlamchi darajada kizikmaydi. F.Ratsel “organistik maktab” vakili hisoblanadi va davlatni tirik organizm deb hisoblagan.
Ma’lumki, ilmiy doirada birinchi bo‘lib "geosiyosat" atamasini shved olimi Rudolf Chellen (1864—1922) o‘zining «Davlat hayotning bir shakli sifatida» nomli asarida qo‘llagan. Olim geosiyosatga quyidagicha ta’rif beradi, ya’ni «geosiyosat — bu borliq(makon)dagi davlatlarni geografik organizm sifatida o‘rganuvchi fandir». Shuningdek, “geosiyosat " makonni fundamental asosda tadkiq kilish bo‘lib, tadqiqot Yer va undagi foydali qazilmalar bilan bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida imperiyalarning tashkil topishini, mamlakatlarning yuzaga kelishi va davlatlar xududlarini o‘rganish demakdir"(O‘sha yerda.,).
Geosiyosat yer va siyosiy jarayonlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fandir. U geografik fundamentga ega. Shuningdek, geosiyosatdagi siyosiy organizmlar va ularning tuzilishini o‘rganuvchi fan — siyosiy geografiyaga asoslanadi. Geosiyosatning maqsadi siyosiy xarakatlarni kerakli vositalar bilan ta’minlash va umuman siyosiy xayotga yo‘nalishni ko‘rsatadi. Bu jixatdan geosiyosatni amaliy siyosatni boshqarish xakidagi fan deyish mumkin. Geosiyosat — davlatning “geografik aqli”dir. Ko‘plab tadqiqotchilar geosiyosatga davlatning geostrategik qudratiga ta’sir o‘tkazuvchi geografik, tarixiy, siyosiy, madaniy va boshqa omillarni o‘rganuvchi fan sifatida qarashadi. Ba’zilari esa geosiyosatning jamiyatdagi, ma’lum bir mintaqa yoki davlatlardagi xarbiy — siyosiy, madaniy va iklgisodiy omillarni tadqiq etuvchi fan ekanligini isbotlashga urinishadi.
Umuman geosiyosatga nisbatan berilgan ta’riflarni shartli ravishda uchta asosiy qismga ajratish mumkin. Bular:
1- yo‘nalish: Geografiya va siyosat o‘rtasidagi munosabatlarga katta e’tibor beriladi. Bu yo‘nalishdagilar geografiyaga birlamchi omil sifatida qarab, uning siyosatga ko‘prok ta’sir etishini uqtirishadi;
2- yo‘nalish: Muayyan mintaqa yoki jaxonda xokimiyat uchun siyosiy kuch markazlarining o‘zaro kurashlariga kengrok e’tibor beriladi. Bu yo‘nalishdagilar asosan davlatlararo raqobatga e’tibor berib, fanning umumbashariy xususiyatlari to‘g‘risida baxs olib boradi;
3- yo‘nalish: Xalkaro maydonda xokimiyat uchun kurashni geografik asosda tadkiq kilgan va ishlayotgan geosiyosatshunos tadqiqotchilar fikrlari. Bu yo‘nalishdagilar geosiyosiy konsepsiyalarning davlatlar tashqi siyosatining ko‘rinishi sifatida qabul qilishadi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, ikkinchi yo‘nalishdagi tadqiqotchilar fikrlari uchun ushbu yo‘nalishga oid olimlarning fikrlari uchun genetik asos bo‘lishi mumkin.
Qayd qilingan umumiy qarashlardan ko‘rinib turibdiki, geosiyosat uslubiy va o‘z ob’ekti siyosiy geografiyadan farq qilsada, uning amaliyoti jamiyatdagi geografik omillar va siyosat bilan bevosita bog‘langan. Aniqrog‘i, geosiyosat o‘z amaliyotida quyidagi ikki ko‘rinishdagi geografik xolatlarni, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchan geografik omillarni hisobga oladi.
Doimiy geografik omillarga davlat yoki mintaqaning xududiy joylashuvi, chegarasining shakli va ko‘lami (nisbatan), iklimi, relefi, flora va faunasi va shu kabilar kiradi. O‘zgaruvchan geografik omillar esa mintaqa yoki davlatning axolisi, foydali qazilmalari, siyosiy madaniyati va ijtimoiy tuzilishlarini nazarda tutadi. Umuman borliqdagi asosiy geosiyosiy omillar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
-siyosiy (davlatning siyosiy tuzilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, davlatdagi ijtimoiy qatlamlar, davlatning chegaralari)
-geografik (borliqda joylashuv xolati, tabiiy resurslari, fauna va flora dunyosi) va iktisodiy (axolining turmush darajasi, ishlab chikaruvchi kuchlar qudrati, tuzilishi va madaniy (milliy an’analar, madaniy qadriyatlar fan va ta’lim taraqqiyoti darajasi) , demografik (axoli tarkibi va joylashuvi, axolini o‘sish darajasi) xarbiy (qurolli kuchlarining qudrati va xarbiy tayyorgarligi, xarbiy mutaxassislarni tayyorlash darajasi) va ekologik (axolining davlatlar va mintakalar tabiiy resurslarining chegara munosabatlari, xom—ashyo zahiralarining kamayishi) masalalarning geosiyosiy jixatlari qamrovi jixatidan ko‘p qirrali va juda kengdir. Zamonaviy geosiyosat mundarijasi jahon siyosati, xokimiyat muammosi va jamiyatdagi ustuvor mafkuralar omillari bilan bevosita bog‘liq. Bu jixatdan geosiyosatga — geosiyosat jamiyatdagi boshqaruv muammolarini tadqiq etadigan fan deb ta’rif berish mumkin. Bundan tashqari, geosiyosat fan sifatida bir qator mustaqil fan va fan soxalarining xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bular - geografiya, siyosatshunoslik, tarix, etnografiya, dinshunoslik, ekologiya, mafkuralar tarixi, sotsiologiya, xarbiy bilimlar nazariyasi va amaliyoti, demografiya va boshqalar. Ko‘rinib turibdiki, geosiyosat shunchaki bir fan emas, balki ko‘plab fanlarga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmoqlararo fan tizimidir.
Qayd kilingan muloxazalar asosida geosiyosatga quyidagi ta’rifni berish mumkin: geosiyosat — davlatning strategik qudratiga ta’sir etuvchi geografik, tarixiy, siyosiy va boshqa o‘zaro bog‘liq bo‘lgan omillarni birgalikda o‘zaro ta’sir etishini o‘rganuvi fandir. Geosiyosatning asosiy qonunlari va kategoriyalarini oldingi darslarda o‘rganib chiqdik.
Geosiyosat fan sifatida rivojlanishi birinchi navbatda dunyoning ko‘p qutbli dunyoga ajralishi bilan va xalqaro munosabatlarning yangi bir transformatsiyasi — davlatlarning o‘z ta’sir doiralari uchun kurash bosqichiga ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, jamiyatda ko‘p qirrali global dunyoviy siyosat tushunchasining shakllanishi bilan xam bog‘likdir.
Zamonaviy geosiyosat dunyoning siyosiy xaritasida kechayotgan jarayonlarni umumbashariy, mintakaviy va ma’lum bir davlatning o‘zigagina daxldorligidan kelib chikib tahlil etadi va tegishli xulosalarni chiqaradi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling