1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Geosiyosat fanining uslublari
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli yondashuv uslubi.
- Qiyosiy uslub
- Tarixiy uslub
Geosiyosat fanining uslublari
Geosiyosat tarmoqlararo fan bo‘lganligi uchun soxaga tegishli hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda ko‘plab uslublarni qo‘llaydi. Geosiyosatda uslublarning ko‘pligi uning predmetini chukurroq va har tomonlama anglab yetishga imkon beradi. Har bir uslub geosiyosiy jarayonlarni o‘rganishning o‘ziga xos usul va yo‘llariga ega. Geosiyosat fanida keng qo‘llaniladigan uslublar quydagilardir: Tizimli yondashuv uslubi. Tizimli yondashuv uslubi geosiyosiy muammolarni taxlil etishda ularga yaxlit holatda karaydi. Shu bilan birgalikda muammolarga ta’sir etgan, etayotgan va ta’sir etish extimoli bilan bog‘liq bo‘lgan ichki va tashqi omillarni atroflicha o‘rganadi. Muammoning boshlanish xolati va yakunini ko‘rsatuvchi xolatlarni tasvirlaydi. Va nihoyat muammolarni bartaraf etish uchun tegishli siyosiy karorlarni qabul qiladi. Tizimli yondashuv uslubi ilmiy doirada birinchi bor XX asrning 50 — 60 yillarida J.Bertalanfi, amerikalik olimlar T.Parsons (1902—1979) va D.Iston tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur uslubga geosiyosatdan tashkari deyarli barcha ijtimoiy — siyosiy fanlarda murojaat qilinadi. Jamiyatda davlatchilik strategiyasini va umuman geosiyosiy jarayonlarni tizimli yondashuv asosida o‘rganishni modernizm oqimi vakillari (K.Rayt, M.Kaplan, K.Doych va b.) mazmun jixatdan yanada boyitdi. Ya’ni ular mavjud ma’lumotlarni matematik hisoblar va modellashtirish orqali tizimli tadqiqotlarni olib borish joriy etilgan. Qiyosiy uslub. Qiyosiy uslubning ilmiy doirada qo‘llanilib kelinishi antik davrlarga borib taqaladi. Masalan, Aristotel yoki undan keyinroq yashab o‘tgan Forobiy ijodlariga e’tibor bersangiz, ular, asarlarida muammolarni o‘rganish asosida kiyosiy uslubdan keng foydalanganligiga amin bo‘lasiz. Zamonaviy geosiyosatda qiyosiy uslubni axamiyati shundaki, u orqali tadqiqotchi jamiyatdagi xalklar va davlatlar turmushini o‘rganadi va ularni bir-biriga taqqoslaydi. Yoki ma’lum bir geosiyosiy maydonlarni boylik asosida farqli jihatlari kiyosiy asosda o‘rganiladi. Muammolarni shu yo‘llar orqali o‘rganish asosida tegishli xulosalarni chiqaradi. Tarixiy uslub. Tarixiy uslubning geosiyosiy jarayonlar va xodisalarni o‘rganishdagi o‘rni katta. Ushbu uslub tadqikot ob’ektida turgan masalalarga nisbatan xronologik jixatdan yondashishini tashkil etadi. Tarixiy faktlar to‘planadi. Jamlangan ma’lumotlar asosida o‘rganilayotgan jarayon yoki muammoning o‘tgan davr, xozirgi muhit va kelajakdagi xolatlari xaqida muayyan fikrlar bildiriladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling