1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Immanuel Vallerstaynning dunyoviy tizimlar nazariyasi
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
5. Immanuel Vallerstaynning dunyoviy tizimlar nazariyasi
Amerikalik sotsiolog Immanuel Moris Vallerstayn(1930-2019yy) 1930 yili AQShning Nyu-York shahrida tug‘ilgan. U fransuz tarixchisi Fernan Brodelning kompleks tarixiy tahlil g‘oyasini tadbiq qilish asosida o‘ziga xos bo‘lgan dunyoviy tizimlar konsepsiyasini yaratdi. Vallerstaynning ko‘rsatishicha, “dunyoviy tizimlar g‘oyasining tarafdorlari “tarixiy tizimlar”ni o‘rganishni taklif qiladilar. Bunday tizimlar hozirgacha 3 ta variantda mavjud bo‘lib, o‘z ichiga kichik (mini) tizimlarni hamda ikkita – mikroiqtisodiyot va dunyoviy imperiyalardan iborat dunyoviy tizimlardir. Biz bu yerda dunyoviy (yoki butunjahon) tizimlar, iqtisodiyotlar, imperiyalar haqida emas, balki o‘sha tizimlar, iqtisodiyotlar, imperiyalardan iborat o‘z xolicha bo‘lgan dunyo haqida gapirmoqdamiz” (Dunyoviy tizimlar tahlili, 2006, b.74-75). Vallerstayn bo‘yicha: dunyoviy tizimlar o‘zini ko‘plab siyosiy va madaniy birliklarni o‘z ichiga olgan, va shu bilan birga barcha faoliyati yagona tizim qoidalariga bo‘ysindirilgan o‘ziga xos hududiy makon sifatida namoyon qiladi (o‘sha joyda, b.75). Bulardan tashqari, dunyoviy tizimlar o‘z ichiga quyidagi ko‘plab institutlarni qamrab oladi – davlat va davlatlararo tuzilmalar, ishlab chiqarish firmalari va uy xo‘jaliklari, sinflar, bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa guruxlar va birlashmalar, aynan ushbu institutlar tizimning hayot faoliyatini ta’minlovchi asosni shakllantiradi, shu bilan birga, unga sizib kiruvchi mojaro va qarama-qarshiliklarni ham oziqlantirib turadi (o‘sha joyda, b.45). Vallerstayn “biz hozirda yashayotgan dunyo, ya’ni zamonaviy dunyoviy tizimni XVI asrda vujudga kelgan, deb hisobladi. U davrda ushbu dunyoviy tizim yer sharining bir qismini, Yevropa hamda ikkala Amerikani o‘z ichiga olgan edi xolos. U sekin-asta o‘sib borib, butun sayyorani qamrab oldi. Zamonaviy dunyoviy tizim mavjud va u hammavaqt jahon iqtisodiyoti bo‘lib kelgan. Dunyoviy iqtisodiyot haqida gapirganda, biz ichida mehnat taqsimoti mavjud bo‘lgan hamda asosiy muhim tovarlar almashinuvi kechayotgan, shuningdek, mehnat va kapital oqimi xarakatlanuvchi geografik jihatdan ulkan bir hududni tushunamiz” (o‘sha joyda, b.38). Dunyoviy tizimlar konsepsiyasining o‘ziga xos jihatlaridan biri, unda muallif yadro (core), poluperiferiya va periferiyani ajratilishidir. Bunda tizimning yadrosi tarkibiga eng rivojlangan davlatlar kiritilsa, periferiyaga – qoloq davlatlar, poluperiferiyaga – o‘rtacha rivojlangan va ba’zi bir yirik kuchsiz rivojlangan davlatlar mansub (Hindiston). Vallerstayn iqtisodiy va siyosiy jarayonlar o‘rtasida juda kuchli bog‘liqlik mavjudligini ta’kidlaydi. Masalan, Nikolay Kondratev tomonidan aniqlangan “uzun to‘lqinlar” (Kondratev sikllari) bilan “geosiyosiy sikllar o‘rtasidagi (bu haqda endi Vallerstaynning o‘zi yozmoqda) bog‘liqlik. Ushbu bog‘liqlik “yadro-poluperiferiya-periferiya” triadasida va shuningdek, ularning har bir guruxiga mansub alohida davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy tasirning o‘zaro nisbatini o‘zgartiradi. “Qachonki, bir kondratev sikli tugasa, yangisi boshlanadi, ammo vaziyat xech qachon avvalgi siklning boshlang‘ich nuqtasiga qaytmaydi, zero butun dunyoviy tizimning ko‘rsatkichlari tubdan o‘zgarib ketadi” (o‘sha joyda, b.44) deb uqtiradi I.Vallerstayn. Vallerstayn “Qo‘shma Shtatlarning harbiy qudratini bir tomonlama yoqlashni va shuningdek, “yadroga” mansub texnologik rivojlangan davlatlarni, poluperiferiya va periferiya davlatlarini ekspluatatsiya qilish hisobiga qo‘shimcha daromad olishga asoslangan zamonaviy iqtisodiy tizimni qoralaydi” (o‘sha joyda, b.193). Poluperiferiya davlatlari esa, yadroga mansub kuchli davlatlar tomonidan ekspluatatsiya qilinishi orqali, periferiya davlatlarini ekspluatatsiya qilishda o‘zlari ishtirok ishtirok etishadi. Vallerstayn yanada adolatli bo‘lgan xalqaro iqtisodiy va siyosiy tizimni yaratishni, bunda rivojlangan davlatlar qoloq davlatlarga iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga va ijtimoiy muammolarini xal qilishda yordam berishlari va shuningdek, to‘qnashuvlar geosiyosatidan tinchlik va hamkorlik geosiyosatiga o‘tishlari zarurligini yoqlab chiqadi. “Shimol davlatlari arboblari butun dunyoning iqtisodiy yukini bo‘yinlariga ololmasliklarini ma’lum qilishmoqda. Ha, nima uchun yo‘q deyish kerak? Shimolni boyligining juda katta qismi Janubdan qo‘shimcha mahsulotlarni tashib ketilishi natijasidir. Aynan mana shu fakt bizni bir necha asrlar mobaynida tizimning inqirozga uchrashiga olib keldi. Bu, adolatsizlikni to‘g‘rilovchi xomiylik emas, balki oqilona qayta qurish masalasidir” (Posle liberalizma, s.169). Vallerstaynning fikricha, judayam qoloq mamlakatlarning rivojlanishini tezlashtirish ohir-oqibatda rivojlangan davlatlar uchun ham foydalidir. 1990 yillardayoq Vallerstaynning bashorat qilishicha, agarda Shimol va Janub o‘rtasidagi hozirgi iqtisodiy uzilish saqlanib qolsa yoki ortib borsa, nolegal immigratsiya kuchayadi, ularning miqyosi million, o‘n million kishiga yetishi mumkin (o‘sha joyda, b.130). Vallerstayn o‘z vaqtida Niderlandiya va Buyuk Britaniyaning zo‘ravonligi davrini tugaganini ta’kidlagan xolda, “amerikaning zo‘ravonligi”ni tugab borayotganligi haqida yozadi. Ammo, amerikaning o‘rniga boshqa yirik davlat yoki davlatlar guruxini zo‘ravonligining o‘rnatilishini ham hoxlamaydi. Bu borada Prezident Avraam Linkolnning XIX afroamerikaliklarni qullikdan ozod qilishda aytgan quyidagi gapini esga oladi: “Aynan Avraam Linkoln ma’naviyat haqidagi postulatni e’lon qildi: “Men qanchalik qul bo‘lishni hohlamaganim singari, huddi shunday xo‘jayin bo‘lishni ham hohlamagan edim”. Biz dunyoning xo‘jayinlari bo‘ldik, shafqatli va oliyjanob xo‘jayinlar, ammo nima bo‘lganda ham xo‘jayinlar bo‘ldik. Bunday davrlar esa o‘tdi” (O‘sha joyda, b.128). Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling