1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Frensis Fukuyamaning kuchli davlat va ohir zamon haqidagi geosiyosiy qarashlari
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
3. Frensis Fukuyamaning kuchli davlat va ohir zamon haqidagi geosiyosiy qarashlari
O‘tgan asrning 90-yillari boshlarida asli yaponiyalik bo‘lgan amerika faylasufi, siyosiy-iqtisodchi, yozuvchi Frensis Fukuyama (1952 yilda tug‘ilgan) o‘zining 1992 yilda chop etgan “Ohir zamon va so‘nggi odam” asari bilan tanildi. U mazkur asarida, dunyoda liberal demokratiyaning tarqalishi insoniyat sotsial-madaniy evolyusiyasining ohirgi nuqtasi ekanligidan dalolat beradi deb e’lon qiladi. Frensis Fukuyamaning fikricha, dunyo bo‘ylab samarali xo‘jalik tizimlarining tarqalishi, davlatlararo iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, va shuningdek inson xuquqlari va erkinliklari kabi qadriyatlar dunyoni yanada bir xillashuviga, chegaralarni esa shaffoflashuviga olib keladi deb hisoblaydi. Frensis Fukuyama: “texnika taraqqiyoti boylik to‘plashning cheksiz imkoniyatlarini ochib beradi va shu bilan insonning doimo o‘sib boruvchi istaklarini qondiradi. Ushbu jarayon madaniy merosi yoki tarixiy ildizlaridan qatiy nazar barcha insoniyatni bir xilligini ortib borishini ta’minlaydi. Iqtisodiy modernizatsiyaga tortilgan barcha mamlakatlar bir-birlari bilan o‘hshashlari zarur, ularda markazlashgan davlat poydevorida milliy birlikning mavjud bo‘lishi shart, ular urbanizatsiyalashadi, qabila, sekta, klan kabi jamiyatning an’anaviy tashkiliy shakllarini samaradorlikka asoslangan iqtisodiy oqilona shakllar bilan almashtiradi va o‘z fuqarolariga universal ta’lim olishlarini ta’minlaydi. Bunday jamiyatlar o‘rtasida global bozorlar va o‘ziga xos universal iste’mol madaniyati orqali o‘zaro bog‘liqlik ortib bormoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari, shuningdek ilg‘or demokratiyaga ega ekanliklari ham umum e’tirof etilgan faktdir” (“Kones istorii i posledniy chelovek”, 1992, rus.per., 2000, s.5-6). Frensis Fukuyama bo‘yicha “liberal demokratiyaning “tantanali yurishi” davrida dunyo vaqtincha ikki qismga (tarixiy va tarixdan keyingi dunyoga) bo‘linadi. Yaqin kelajakda dunyo tarixdan keyingi va tarixdan qolgan qismlarga ajraladi. Tarixdan keyingi dunyoda davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning asosiy yo‘nalishi iqtisodiyot bo‘ladi, kuchlar mavqei bo‘yicha siyosatning eski qoidalari o‘zining ahamiyatini yo‘qotadi. Shu nazarda tutiladiki, bu yerda Germaniyaning iqtisodiy qudrati ustun bo‘lgan ko‘p qutbli Yevropani tasavvur qilish mumkin, ammo lekin Germaniyaning qo‘shnilari jiddiy xarbiy havfni sezmaydilar va o‘zlarini urushga tayyorgarlik xolatini ko‘tarishga ham intilmaydilar. Bu yerda iqtisodiy raqobat anchagina, ammo xarbiy raqobat kam. Tarixdan so‘nggi dunyo avvalgiday milliy davlatlarga bo‘lingan, ammo lekin unda millatchilik xarakati liberalizm bilan yashaydi hamda o‘zini ko‘proq xususiy hayot sohalarida namoyon qiladi. Ungacha iqtisodiy oqilonalik suverenitetning ko‘pgina an’anaviy qirralarini ishlab chiqarish va bozorni birlashtirgan xolda silliqlaydi. Boshqa tomonidan esa, tarixiy dunyo ko‘pgina diniy, milliy va g‘oyaviy ziddiyatlar ta’sirida parchalanadi (ishtirok etayotgan mamlakatlarning rivojlanish darajasiga bog‘liq xolda), bunda yana avvalgiday siyosiy qudratga tayangan siyosiy o‘yinlar qo‘llaniladi. Tarixiy va tarixdan keyingi dunyo o‘rtasidagi chegara tezlik bilan o‘zgarib bormoqda, shuning uchun uni o‘tkazish birmuncha mushkul. Tarix va tarixdan keyingi dunyolarni ko‘pchilik munosabatlarda parallel yuritish zarur. Biroq, ayrim yo‘nalishlar yashab qoladiki, ular bilan ushbu dunyolar to‘qnashishi mumkin. Ulardan birinchisi – neftdir. Bunday o‘zaro ta’sirning ikkinchi yo‘nalishi neftga o‘hshab aniq ko‘zga tashlanmasada, ammo uzoq davrga mo‘ljallangan istiqbolda xatto yanada tashvishlanarli bo‘lib, bu – immigratsiyadir. Bu ikki dunyo o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning ohirgi yo‘nalishi – “dunyoviy tartibot” bilan bog‘liq muayyan savollar bo‘ladi” (O‘sha joyda, b.173-175). Tarixiy va tarixdan keyingi davlatlar o‘rtasidagi ixtiloflar bo‘lishi mumkin: “etnik va millatchilik asosidagi zo‘ravonlik darajasining yuqori bo‘lishi va xatto ortib borishi saqlanib qoladi, modomiki ushbu ta’sirlar tarixdan keyingi davrda ham o‘zini saqlab tura olmaydi. Biroq, yirik ziddiyatlar yuqoridagi turli dunyolar o‘rtasida bo‘lishi kutilmaydi, modomiki buning uchun tarix saxnasidan ketuvchi yirik davlatlar kerak. “Tarixiy dunyoning qoidalari va usullari tarixdan keyingi davr uchun to‘g‘ri kelmaydi. Ulardan ohirgisi uchun iqtisodiy masalalar asosiy bo‘lib hisoblanadi. Bular jumlasiga – novatorlik va raqobatbardoshlikni rag‘batlantirish, ichki va tashqi qarzlarni boshqarish, to‘liq bandlikni qo‘llab-qkvvatlash, ekologik jiddiy muammolar ustida birga ishlash va boshqalar. Boshqacha so‘z bilan aytganda, liberal demokratiyaga, ular 400 yillar oldin boshlangan burjua revolyusiyalarining meros’ho‘ri degan fakt bilan kelishishlariga to‘g‘ri keladi. Tarixdan keyingi dunyo – bu, katta imtiyoz uchun bo‘lgan kurashda o‘zini-o‘zi saqlab qolish uchun hayoti bilan tavakkal qilish istagining g‘olib bo‘lishi va bunday hukmronlik kurashini umumiy va oqilona e’tirof etilish bilan almashinganligini ko‘rsatadi”. (O‘sha joyda, b.178). Fukuyama yozadiki, “ijtimoiy hayotning so‘nishi kelgusida bizni oliy maqsadlarga intilishlardan mahrum bo‘lgan va va faqat o‘z shahsiy qulayligi uchun tashna, xotirjam va o‘zi bilan o‘zi ovvora ohirgi odam bo‘lish uchun tavakkal qilishga undaydi. Ammo, shu bilan birga buning teskari xavfi ham bor, chunonchi biz yana obro‘-e’tibor uchun ma’nosiz va qonli urushlarga aralashib qolgan ohirgi odamga aylanishimiz mumkin, faqat bu safar zamonaviy qurollarga ega bo‘lgan xolda” (O‘sha joyda, b. 200). 2004 yili F.Fukuyamaning “Qudratli davlat: XXI asrda boshqarish va tartib” deb nomlangan kitobi chop etildi va u 2006 yili rus tiliga o‘girildi. Mazkur asarning kirish qismida muallif quyidagicha yozadi: “Ushbu kitobda men qudratli davlat qurish – jahon hamjamiyatining juda muhim muammolaridan biri ekanligini, davlatning kuchsizligi va parchalanishi o‘z navbatida kambag‘allikdan tortib SPID, narkomaniya va terrorizmgachabo‘lgan judayam muhim dunyoviy muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatmoqchiman. O‘sha bizning e’tibor markazimizda bo‘lishi kerak bo‘lgan qudratli davlat qurish, uning funksiyalarini chegaralab qo‘ymaslik va kamaytirmaslik xato bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ammo, kuchsiz, uquvsiz yoki faoliyati sust xukumatlar, rivojlanayotgan dunyo mamlakatlarida jiddiy muammolarning manbaiga aylanadi” (Silnoe gosudarstva: upravlenie i poryadok v XXI veke, 2006, s.5-6). Fukuyama yana shuni ta’kidlaydiki, davlat va davlatchilik institutlarining avval to‘liq inobatga olinmagan yaratish va kuchaytirish borasidagi imkoniyatlari bugungi global kun tartibining eng muhim masalasiga, jahon va uning turli muhim qismlarida xavfsizlikning asosiy shartiga aylandi” (O‘sha joyda, b.8). Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling