1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet42/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
geosiyosat

Savol va topshiriqlar
1.Markaziy Osiyoga qaysi davlatlar kiradi??
2.YuNESKO bo‘yicha Markaziy Osiyoga mintaqasiga qaysi davlatlar
kiradi?
Markaziy Osiyoda “Katta o‘yin” iborasini sharxlab bering.
Afg‘oniston Markaziy Osiyo uchun “eng og‘riqli nuqta” ekanligini tushuntirib bering.

11-Mavzu. O‘ZBEKISTONNING GEOSIYoSIY
SALOHIYaTI VA IMKONIYaTLARI

1.O‘zbekiston Respublikasining dunyo siyosiy xaritasida tutgan o‘rni va roli.
2.O‘zbekistonning tabiiy-geografik, mineral xomshyo, demografik, iqtisodiy salohiyati.
3.MDH va O‘zbekiston Respublikasi.
4.O‘zbekiston va Markaziy Osiyo.
Tayanch so‘zlar: mintaqa, xom-ashyo, zaxira, tarixiylik, iqtisdoiy makon, xavfsizlik.
1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida 1 sentyabr 1991 yilda tashkil topgan. Maydoni 448,9 ming kv.km., aholisi 34,5 mln. kishi (1.01.2019 y.). Ma’muriy jihatdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahridan iborat: Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari. Respublika poytaxti – Toshkent shahri.
O‘zbekiston dunyo hamjamiyati va siyosiy xaritasida o‘ziga xos mavqega ega. U hozirgi kunda Birlashgan Millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan 190 dan ortiq davlatlarning biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi BMT ga 2 mart 1992 yilda qabul qilingan.
Mamlakatimiz Yevrosiyo va Markaziy Osiyoning deyarli qoq o‘rtasida joylashgan. Davlat chegaralarining umumiy uzunligi 6221 km bo‘lib, shundan 2203 km yoki 1/3 qismi Qozog‘iston Respublikasiga, 1721 km Turkmanistonga, 1161 km Tojikistonga, 1069 km Qirg‘izistonga va 137 km Afg‘oniston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.
Respublika hududi g‘arbdan sharqqa 1425 kilometrga cho‘zilgan, shimoldan janubga bo‘lgan masofa esa 930 km. Eng baland nuqtasi Hazrati Sulton cho‘qqisi (Hisor tizmasi) – dengiz sathidan 4643 m balandlikda, eng past nuqtasi Mingbuloq cho‘kmasi (Qizilqum cho‘li) – minus 12 m. Mamlakatimizning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining Orol dengiziga tutash qismida, 450 36I sh.k., janubiy nuqtasi Termiz shahri yaqinida - 730 10I sh.k., g‘arbiy nuqtasi Ustyurtda - 560 00I shq.u. va sharqiy nuqtasi Andijon viloyatining chekkasida 730 10I shq. uzoqlikda joylashgan.
O‘zbekiston tabiiy, iqtisodiy hamda siyosiy geografik o‘rnining eng muhim xususiyati uning Dunyo okeanidan uzoqda, Yevrosiyo materigining ichkarisida joylashganligidan iboratdir. Bunday geografik o‘rin nafaqat mamlakat iqlimining shakllanishida, balki uning ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu esa umumgeografik qonuniyatlardan biridir.
Eng avvalo ta’kidlash joizki, O‘zbekiston hududining “markaziy” geografik o‘rni o‘tmishda, xususan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘lida, uning asosiy bog‘lovchi bo‘g‘inlaridan biri sifatida rivojlanishida
katta ahamiyat kasb etgan. Yurtimizning jahon madaniyati, fani va iqtisodiyoti taraqqiyotiga ta’siri aynan shu davrda yuqori bo‘lgan. Hozirgi sharoitda, ya’ni “Okean sivilizatsiyasi” bosqichida respublikaning quruqlik ichkarisida joylashganligini birmuncha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu yerda iqtisodiy geografik o‘rinning tarixiylik (o‘zgaruvchanlik) xususiyati o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy geografik o‘rin (IGO‘) – bu ma’lum bir joyning (mamlakat, viloyat, shahar va h.k.) o‘zidan tashqarida o‘rnashgan geografik elementlarning (tog‘, daryo, dengiz, shahar, davlat, foydali qazilma boyliklar va b.) shu joyning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy madaniy rivojlanishiga ta’siri demakdir. Bunday ta’sir vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi, qulay joy noqulay va, aksincha, noqulay joy qulay o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. Asosiy iqtisodiy geografik qonuniyat bu yerda shundan iboratki, har bir joy o‘zining IGO‘ni qulaylashtirishga, raqobatbardoshligini oshirishga intiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling