1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet44/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
geosiyosat

Savol va topshiriqlar
O‘zbekistonning siyosiy geografik o‘rniga qanday baho berasiz.
O‘zbekiston dunyo siyosiy xaritasida qanday o‘rin tutadi.
O‘zbekistonning transport kommunikatsiya salohiyati va imkoniyalari.
Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston Respublikasining geosiyosiy ahamiyatini tushuntiring.


12-Mavzu. O‘ZBEKISTONNING GEOSIYoSIY HOLATI VA TAShQI IQTISODIY ALOQALARI
Reja:
Tashqi iqtisodiy aloqalar haqida tushuncha.
O‘zbekiston tashqi siyosati va uning geografik xususiyatlari.
O‘zbekiston eksporti va importi.
O‘zbekistonning uzoq xorij davlatlari bilan iqtisodiy aloqalari.
O‘zbekistonning yaqin xorij davlatlari bilan iqtisodiy aloqalari.

Tayanch so‘zlar: O‘zbekiston Respublikasi, tashqi siyosat, geografik jihat, eksport, import, tashqi savdo aylanmasi, uzoq xorij davlatlari, yaqin xorij davlatlari, investitsiya, qo‘shma korxona.

Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, ushbu davlat tashqi siyosatining negiz yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi bilan birga, iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishining muhim omili bo‘lib ham hisoblanadi. Shu sababdan, har bir davlat ushbu sohani rivojlantirishga, uning tashkiliy, huquqiy – me’yoriy, ijtimoiy – iqtisodiy poydevorini mustahkamlashga katta e’tibor qaratadi.


Tashqi iqtisodiy aloqalar, mamlakatimiz – O‘zbekiston Respublikasi uchun ham xalqaro hamjamiyat bilan uyg‘unlashuvning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Zero, jahon mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda, va bu borada xalqaro dengiz savdo yo‘llariga bevosita chiqishda ikki karra to‘silib qolgan (ya’ni qo‘shni ikki davlat hududidan o‘tishga majbur bo‘lgan) O‘zbekiston uchun tashqi iqtisodiy aloqalar hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan, O‘zbekiston Respublikasi Xukumati davlat mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlaboq, sobiq totalitar tuzum changalidan endigina qutulgan yosh davlat sifatida, o‘zining tashqi siyosatini izchil yo‘lga qo‘yishga, xususan tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga, uning huquqiy – me’yoriy asoslarini yaratishga ustuvor vazifalar sifatida qaradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar davlatlarning rivojlanishida nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki geosiyosiy ahamiyat ham kasb etadi. Shu sababdan, ularni rivojlanishining geosiyosiy jihatlarini o‘rganish ham muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga molikdir.
Avvalo, tashqi iqtisodiy aloqalar o‘zi nima, u qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan, degan savollarga javob berish zarur. Bu borada, taniqli mutaxassislardan biri A.P.Gorkinning fikriga ko‘ra, “tashqi iqtisodiy aloqalar – bu, iqtisodiyotning barcha soxalarida davlatlar, mintaqalar, kompaniyalar, integratsion guruxlarning xalqaro hamkorlikni turlicha shakllari bo‘yicha majmuali tizimidir”. U tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari qatoriga quyidagilarni kiritadi:
tovar va xizmatlar tashqi savdosi;
davlatni kapitalning xalqaro xarakatida va xalqaro valyuta-kredit munosabatlarida ishtirok etishi;
ilmiy-texnik hamkorlik va ilmiy-texnik natijalar bilan almashuv;
ishchi kuchining xalqaro xarakati;
xalqaro axborot almashinuvi;
xalqaro sport aloqalari (xalqaro musobaqalar, sportchilar almashinuvi va b.);
xalqaro ijodiy aloqalar (gastrollar, festivallar).
Taniqli olimlar I.A. Hamedov va A.M. Alimovlar esa tashqi iqtisodiy aloqalarga quyidagicha ta’rif berishgan: tashqi iqtisodiy aloqalar – bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va texnika, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro‘yobga chiqarish jarayonidir.
Tadqiqotchi A.Ibraimova tashqi iqtisodiy aloqalarni quyidagi tarkibiy qismlarga ajratgan:
ishlab chiqarish:
tashqi savdo;
fan - texnika;
axborot;
mehnat resurslari harakati;
turizm;
sport va madaniyat;
investitsiya;
valyuta-moliya va kredit.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning an’anaviy va keng qamrovli hamda rivojlangan shakllaridan biri – bu, tashqi savdo bo‘lib xisoblanadi. Uning ko‘lami o‘z navbatida tashqi savdo aylanmasiga asoslanadi. Har qanday mamlakatning tashqi savdo aylanmasi ikki asosiy unsurdan – eksport hamda importdan tashkil topadi. Eksport – bu, tovar va xizmatlarni mamlakatdan chetga chiqarish (sotish) bo‘lsa, import esa aksincha tovar va xizmatlarni chetdan olib kelishni (sotib olishni) anglatadi.
Davlatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari, uzoq tarixiy davr mobaynida va ularning tabiiy resurs, demografik, ishlab chiqarish salohiyati asosida shakllanadi. Bunda geosiyosiy omillarning ta’sirini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.
O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy mazmuni, eng avvalo o‘zga davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, davlatlar chegarasiga dahl qilmaslik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikka asoslangan.
Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan davlatlar soni yuzdan ortiqni (qarang 2-ilova) tashkil qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 30 dan ortiq xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirgan.
O‘tgan asrning 90-yillari boshlariga kelib, dunyo siyosiy xaritasidagi kuchli o‘zgarishlar, jumladan sobiq Ittifoq o‘rnida o‘nlab mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, endigina mustaqillikni qo‘lga kiritga O‘zbekiston raxbariyatini zudlik bilan davlat tashqi iqtisodiy faoliyati majmuini shakllantirishga katta e’tibor qaratishga undadi. Zero, mustaqillikning dastlabki yillarida, yosh mustaqil O‘zbekiston oldida turgan dolzarb masalalardan biri – bu, jahon xamjamiyati bilan har tomonlama munosabatlarni, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni mustaqil ravishda yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘ldi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, respublika tashqi iqtisodiy aloqalaridagi eng muhim bo‘g‘in tashqi savdo xisoblanadi. O‘z navbatida, u eksport va importdan tashkil topgan.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasini mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, u 2017 yili 26905,9 mln AQSh dollarini tashkil qilgani xolda, 1993 yilga (4860,3 mln AQSh doll.) nisbatan 5,6 martaga ortgan ( 1 -jadvalga qarang). Bu davrda mamlakat tashqi savdo aylanmasi turlicha o‘zgarib borish qonuniyatlari kasb etgan. Binobarin, tashqi savdo aylanmasini yillar mobaynida tahlil qilinganda, dastlabki yillarda, ya’ni 1993-1995 yillarda uning o‘sishida barqarorlik saqlangan bo‘lsa, 1996-2002 yillarda kamayib borishi, 2003 yildan boshlab esa barqaror o‘sib borayotganligi kuzatiladi. Ushbu tendensiyalar mos tarzda mamlakat eksporti va importida ham kuzatiladi.

1-jadval


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling