1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi o‘zgarishlari (mln. AQSh doll.)
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1993 y. 1995 y. 2000 y. 2005 y.
- 1993 y.ga nisb. % Tashqi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi o‘zgarishlari (mln. AQSh doll.)
Izoh: jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi saldosida 1998 yildan boshlab ijobiy ko‘rsatkichlar kuzatiladi. Mazkur jarayonlar mamlakatimiz iqtisodiyotini jahon bozorlari va narxlar o‘zgarishlari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Buning ustiga avvalgi davrlarda eksport tarkibida xomashyoning xissasini katta bo‘lganligi hamda jahon bozorlarida uning narxlarini tez o‘zgarishlari, yoki ko‘p xollarda uning tushishi, eksport qiymatini kamayishiga sabab bo‘lgan. 1-rasm. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi o‘zgarishlari (mln. AQSh doll.) Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Xukumati tomonidan amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ayniqsa sobiq Ittifoqning rejali tizimi asosida shakllangan mamlakat iqtisodiyotida, bozor munosabatlarini qaror topdirish, turli mulkchilik shakllarni barpo qilish, kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar, o‘z navbatida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining tovarlar tarkibida ham katta o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, o‘tgan asrlarda o‘lkani avval Chor Rossiyasi, keyin esa sobiq Ittifoq tomonidan bosib olinishi davrlarida, O‘zbekiston ham qo‘shni respublikalar qatori xomashyo yetkazib berishga moslashtirilgan bo‘lib, eksportida xomashyoning ulushi katta edi. Hozirgi davrga kelib esa O‘zbekistonning eksportida xomashyoning ulushi qisqarib, aksincha tayyor mahsulotlarning ulushi ortib bormoqda. Shuning bilan birga, mamlakatimizning eksport geografiyasi kengaydi, uning yangi vektorlari – yo‘nalishlari shakllandi. Masalan, 2000-2017 yillar mobaynida, birgina paxta tolasining eksportdagi salmog‘i 27 foizdan 3,7 foizga qisqardi, import tarkibida esa katta ulush mashina va asbob uskunalarga tegishli bo‘lib, uning ulushi ortib bormoqda. Shuning bilan birga, mustaqillik yillarida respublika eksportida butunlay yangi yo‘nalish – xizmatlar paydo bo‘ldi. 2-jadval Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling