1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-Mavzu. ZAMONAVIY GEOSIYoSIY KONSEPSIYaLAR
- Tayanch so‘zlar
Savol va topshiriqlar:
Geosiyosatning dastlabki ilmiy-nazari asoslarini qaysi klassik olimlar yoritgan? Geosiyosatning klassik konsepsiyalarini ta’riflang. Geosiyosatning asosiy uslublarini ta’riflang. Geosiyosatning funksiyalarini sanab bering. 8-Mavzu. ZAMONAVIY GEOSIYoSIY KONSEPSIYaLAR Reja: Hozirgi davrda siyosiy geografiya va geosiyosatning rivojlanishi xususiyatlari. Samuel Xantingtonning sivilizatsiyalar to‘qnashuvi konsepsiyasi. Frensis Fukuyamaning kuchli davlat va ohir zamon haqidagi geosiyosiy qarashlari. Saul Koenning politsentrik (ko‘p markazli) va ierarxik (pog‘onasimon) geosiyosiy modeli. Immanuel Vallerstaynning dunyoviy tizimlar nazariyasi. Tayanch so‘zlar: geosiyosat, geosiyosiy konsepsiya, zamonaviy konsepsiya, geosiyosiy model, sivilizatsiya, “sivilizatsiyalar to‘qnashuvi”, kuchli davlat, politsentrik konsepsiya, dunyoviy tizimlar nazariyasi. 1). Geosiyosat fani nazariyasida shu davrga qadar ma’lum bo‘lgan barcha geosiyosiy g‘oya va nazariyalarni shartli ikki guruxga ajratish tajribasi ko‘pchilikka ma’lum. Ular birinchidan, klassik geosiyosat bo‘lsa, ikkinchidan zamonaviy geosiyosiy konsepsiyalardir. Zamonaviy geosiyosiy konsepsiyalar avvalgi geosiyosiy nazariya va qarashlarni to‘ldirgan xolda, jahonning geosiyosiy manzarasini yanada teranroq tushunishga va shu asnoda siyosiy geografiya va geosiyosat fanining rivojlanib borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Hozirgi davrda siyosiy geografiya va geosiyosatning rivojlanishiga xos quyidagi xususiyatlar ko‘zga tashlanadi: 1.Tadqiqotlar ko‘lamining kengayib borishi. Ta’kidlash joizki, bunda shunday tendensiyalar ko‘zga tashlanadiki, siyosiy-geografik (geosiyosiy) jarayonlar nafaqat geograflarning tadqiqot ob’ekti bo‘lib qolmay, balki unga faylasuflar, siyosatchilar, tarixchilar, sotsiolog va boshqa soha vakillarining ham qiziqishlari ortib bomoqda. Xatto, 2004 yili London va Nyu-Yorkda M.Djons, R.Djons va M.Vudlerlar tomonidan chop etilgan “Siyosiy geografiyaga kirish” (Martin Jones, Rhys Jones, Michael Woods. An introduction to political geography: space, place and politics. Routledge. London and New-York, 2004) kitobida ular siyosiy geografiyani devalvatsiyaga uchrash xavfi borligini, ya’ni uning “barcha joyda mavjudligi – barchasi “siyosiyligi” o‘z navbatida uni geografiyaga mexanik bog‘liq “siyosiy geografiya” bo‘lib qolayotganligini ta’kidlaydilar. 2.Global, mintaqaviy (geosiyosiy mintaqalar doirasida), milliy, rayon (alohida mamlakatlar bo‘yicha) va lokal (mahalliy) hududiy darajadagi siyosiy-geografik va geosiyosiy tadqiqotlarning uyg‘unlashuvi. 3.Geoiqtisodiy va sivilizatsion konsepsiyalar bilan bog‘liq (ayniqsa global va mintaqaviy tadqiqotlarda), shuningdek siyosiy mojarolarni xal qilish masalalari, ayollar tengsizligi, ekologik siyosat (turli hududiy ko‘lamdagi), fuqarolik jamiyati, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqaruv (asosan milliy, rayon va mahalliy miqyosdagi tadqiqotlarda) bilan bog‘liq tadqiqotlarning ommaviyligini ortib borishi. 4.Geografik fanlar tizimining boshqa sohalari bilan o‘zaro aloqalarning kuchayib borishi. M.Djons, R.Djons va M.Vudlerlarning ta’kidlashicha, “madaniy siyosatning hududiy jihatlarini tadqiq qilish madaniyat geografiyasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan, fuqarolik jamiyati geografiyasi – sotsiogeograflar tomonidan, davlatchilik nazariyasi, uni boshqarish va tartibga solish masalalari iqtisodiy-geograf va shaharshunoslar, shuningdek sotsiolog hamda siyosatshunoslar tomonidan, geosiyosatga oid tadqiqotlar xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda”. 5.Siyosiy geografiya va geosiyosatga nafaqat geograflar, balki siyosatshunoslar, sotsiologlar, faylasuflar, iqtisodchilar, xalqaro xuquq bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek siyosatchilar, harbiylar tomonidan qiziqishning ortishi. Agarda, XX asrning birinchi yarmida eng mashhur geosiyosatchilarning ko‘pchiligi geograflar bo‘lgan bo‘lsa (F. Ratsel, Vidal de la Blash, X. Makkinder, K. Xausxofer va b.), ammo so‘nggi o‘n yilliklarda ko‘p tilga olinadigan geosiyosatchilar orasida geograflar kamchilikni tashkil qiladi. 6.Siyosiy - geografik va geosiyosiy tuzilmalarni o‘rganishdan, ularning tahliliga o‘tish, tasviriy-tavsifiy o‘rganishlardan muammoli va prognoz tadqiqotlarga o‘tish, siyosiy – geografik tadqiqotlarning amaliy jihatlarini kuchayishi kabi tendensiyalar. 7.Barcha e’tirof etgan nazariya va metodologiyaning yo‘qligi, juda keng nazariy va g‘oyaviy rang-baranglik, ko‘pchilik siyosiy-geografik va geosiyosiy maktablarning raqobatlashuvi va ularning bir qismi o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilishi. XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning boshlariga kelib, xorijda siyosiy geografiya va geosiyosatning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari orasida amerikalik olimlar – siyosatshunos Samuel Xantington, faylasuf va siyosatshunos Frensis Fukuyama, geograf Saul Koen, sotsiolog Immanuil Vallerstaynlar alohida ajralib turadilar. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling