1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Saul Koenning politsentrik (ko‘p markazli) va ierarxik (pog‘onasimon) geosiyosiy modeli
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
4. Saul Koenning politsentrik (ko‘p markazli) va ierarxik (pog‘onasimon) geosiyosiy modeli
Zamonaviy geosiyosat nazariyasida taniqli olim, tadqiqotchilardan biri – bu, amerikalik geograf Saul Koendir. Uning geosiyosiy qarashlari V.Kolosov va N.Mironenkolarning 2001 yilda chop etilgan “Geosiyosat va siyosiy geografiya” (Geopolitika i politicheskaya geografiya) asarida atroflicha o‘rganilgan. Yuqoridagi mualliflarning fikricha, Saul Koen hozirgi dunyoning politsentrik (ko‘p qutbli) va ierarxiyali geosiyosiy tarkibi bo‘yicha o‘z modelini taklif qilgan. S.Koenning geoiyosiy modelida ayrim tarkibiy birliklar Makkinderdan o‘tgan bo‘lsada, unga o‘hshab quruqlik va dengiz kuchlarini qat’iy o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish yo‘q hamda urushlarga sabab bo‘luvchi geosiyosatdan, tinchlikka eltuvchi geosiyosat tomon bir qadam qo‘yilgan. Shunday qilib, S.Koenning dunyoning ierarxik geosiyosiy modeli quyidagilardan tashkil topgan: Birinchi daraja – Dengiz hamda Yevroosiyo geosiyosiy sohalari; Ikkinchi daraja – geosiyosiy mintaqalar. Shulardan 4 tasi Dengiz geosiyosiy sohasiga mansub (Anglo-Amerika va Karib, G‘arbiy Yevropa va Mag‘rib, kontinental bo‘lmagan Osiyo va Okeaniya, Janubi-Amerika va Saxaradan janubdagi Afrika), 2 tasi – Yevroosiyo geosiyosiy sohasi tarkibiga kiradi (Xartlend va Sharqiy Osiyo); Uchinchi daraja 5 ta yirik davlatlarni o‘z ichiga oladi. Bular AQSh, Rossiya, Yaponiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi davlatlari; To‘rtinchi daraja – ikkinchi darajadagi bir necha yirik davlatlar; Beshinchi daraja – bu, submilliy hududlar – ya’ni “darvoza”lar (aloqalar fokusi) bo‘lib, S.Koenning tahmin qilishicha, ular kelgusida davlatlararo aloqalarda kuzatuvchi bo‘lib xizmat qiladi (O‘sha joyda, b.104-106). Koen tomonidan ajratilgan bunday hududlar – “darvoza”larning asosiy vazifasi – jahon geosiyosiy tizimlarining barqarorlashuviga, ularning elementlarini o‘zaro bog‘liqligini yanada ortishiga olib keladi. Ular jahon bo‘yicha global iqtisodiy, siyosiy va sotsial o‘zaro bog‘lanishni rag‘batlantirishga undaydi. Muallifning fikricha, “darvozalar” huddi mustaqil geosiyosiy birliklar sifatida shakllangan xolda, ko‘pchilik xolatlarda to‘qnashuvlar (ziddiyatlar) polosasidan o‘zaro kelishgan xolda rivojlanuvchi zonalarga aylanadi (o‘sha joyda, b.110). Amaliy jihatdan barcha geosiyosiy mintaqalar mintaqaviy integratsiya jarayonlari bilan qamrab olingan bo‘lib, bu ularning hududida iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni kengaytirishga olib keladi. Koenning fikricha, hududida o‘ta yirik mamlakatlar bo‘lgan geosiyosiy mintaqalar jahon geosiyosiy tizimida muvozanat hamda rivojlanishni aniqlab beradi. Ular o‘z hududlaridan tashqariga ta’sirini yoyadilar. Bunday tarzda suqulib kirish tashqi savdo orqali amalga oshiriladi (O‘sha joyda, b.108). Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling