1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Samuel Xantingtonning sivilizatsiyalar to‘qnashuvi konsepsiyasi


Download 0.89 Mb.
bet33/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

2. Samuel Xantingtonning sivilizatsiyalar to‘qnashuvi konsepsiyasi
Samuel Xantington (1927-2008yy.) avval 1993 yili chop etgan maqolasida, so‘ngra 1996 yili nashr qilgan “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” kitobida o‘zining shu nomdagi geosiyosiy konsepsiyasini ilgari surdi. U mazkur konsepsiyaning asosiy g‘oyasini quyidagicha tushuntiradi: - “II-Jahon urushidan keyin jahonda madaniyat va madaniy mansublikning turli shakllari (keng ma’noda sivilizatsion mansublikni belgilab beradi) mushtaraklik, dezintegratsiya va mojarolarning modelini (qiyofasini) aniqlab beradi” (Stolknovenie sivilizatsiy. 1996, rus.per. 2003, s.1).
Xantingtonning ta’kidlashicha, - “ushbu yangi zamonda, lokal (mahalliy) siyosat – bu, etnik yoki irqiy taalluqlilik siyosati bo‘lsa, global siyosat – bu, sivilizatsiyalar siyosatidir. Yirik davlatlar o‘rtasidagi raqobatchilik sivilizatsiyalar to‘qnashuvi bilan almashindi” (O‘sha joyda, b.24). Bu o‘rinda “Kim tomonidasiz” savoli yanada prinsipial bo‘lgan “Kimsiz”ga almashindi. Har bir davlatning o‘z javobi bo‘lishi kerak. Ushbu javob, ya’ni mamlakatning madaniy taalluqliligi (mansubligi) uning jahon siyosatida tutgan o‘rni, do‘stlari va dushmanlarini aniqlab beradi” (O‘sha joyda, b.186).
Samuel Xantington dunyoda sovuq urush davridan keyin quyidagi sivilizatsiyalarni ajratib ko‘rsatgan:
1.Sin sivilizatsiyasi.
2.Yapon sivilizatsiyasi.
3.Hind sivilizatsiyasi.
4.Islom sivilizatsiyasi.
5.Pravoslav sivilizatsiyasi.
6.G‘arb sivilizatsiyasi.
7.Lotin amerikasi sivilizatsiyasi.
8.Afrika sivilizatsiyasi (bo‘lishi mumkin) (O‘sha joyda, b.54-59).
Shri-lanka, Myanma, Tailand va Kambodja xaqli ravishda ularga xos bo‘lgan buddizm sivilizatsiyasining txeravadi yo‘nalishi mavjud. Bundan tashqari, Tibet, Mo‘g‘iliston va Butan aholisi tarixan maxayananing lama variantini abul qilgan va ular buddizm sivilizatsiyasining ikki rayonini hosil qiladi. Shu bilan birga, yanada muhim bir jihat shuki, Hindistonda qabul qilingan buddizm sivilizatsiyasi, uning Xitoy va Yaponiyadagi mavjud madaniyatga moslashuvidan yaqqol farq qiladi. Ushbu xolat, S.Xantingtonning fikricha, buddizm asosiy din bo‘lishiga qaramay, biron-bir asosiy sivilizatsiyaning o‘zagi bo‘la olmadi (O‘sha joyda, b.60).
Samuel Xantington tomonidan jahon sivilizatsiyalari xaritasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda dunyo mamlakatlari quyidagi 9 ta sivilizatsiya hududlariga ajratilgan – G‘arb, Lotin Amerika, Yapon, Xitoy, Hind, Islom, Pravoslav (Sharqiy Yevropa), Afrika va Buddizm sivilizatsiyalari.
Xantington aytadiki, “Dunyoning keyingi taraqqiyotida ikki turli sivilizatsiyalarga mansub davlatlar va aholi guruxlari, umumiy maqsadga erishishlari va yoki boshqa bir uchinchi sivilizatsiya vakillariga qarshi o‘zlarining manfaatlarini ximoya qilishlarida taktik munosabatlarga va koalitsiyalarga kirishishlari mumkin. Ammo, shularga qaramay turli sivilizatsiyalarga mansub guruxlar o‘rtasida xech qachon yaqin munosabatlar bo‘lmaydi, odatda bunday munosabatlar sovuq va ba’zida adovatli bo‘lib qolaveradi” (O‘sha joyda, b.323).
Yuqoridagilar bilan birga, S.Xantington ko‘pchilik sivilizatsiyalar uchun “o‘zak davlat”lar mavjudligini ma’lum qilar ekan, jumladan pravoslav sivilizatsiyasi uchun Rossiyani “o‘zak davlat” deb hisoblaydi. Ammo, u islom va afrika sivilizatsiyalari uchun bunday davlatlarni ko‘rsatmagan.
Xantington, “kelgusida sivilizatsiyalararo urushlarni oldini olish uchun “o‘zak davlat”larni boshqa sivilizatsiyalardagi ro‘y berayotgan mojarolarga aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik, ya’ni betaraf qolmoqliklari lozim deb hisoblaydi. Ikkinchi shart, ya’ni birgalikda vositachilik shundan iboratki, o‘zak davlatlar o‘z sivilizatsiyalariga tegishli davlatlararo yoki davlat guruxlari o‘rtasidagi janjal chiziqlari bo‘yicha urushlarni to‘htatish maqsadida o‘zaro kelishishlari zarur” (O‘sha joyda, b.523).
“Shular bilan birga, ko‘pchilikning ko‘rsatishicha, asosiy dunyoviy dinlar bo‘lgan xristianlik, pravoslav, xinduizm, buddizm, islom, konfutsiychilik, daosizm, iudaizmlar insoniyatni qaysi darajada ajratmasinlar, ularga ham ko‘pchilik uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlar xos. Agarda, qachonlardir insoniyat yagona universal sivilizatsiyaga aylansa, bu jarayon asta-sekin yuqoridagi umumiy jihatlarni aniqlash va tarqatish orqali amalga oshadi. Shunday qilib, betaraf qolmoq va birgalikda vositachilik qoidasiga qo‘shimcha ravishda ko‘p sivilizatsiyali dunyoda tinchlikni saqlash maqsadida uchinchi qoidani – ya’ni, “umumiylik” qoidasini amalga oshirish lozim. Bunga ko‘ra barcha sivilizatsiyalarning aholisi o‘zlari va boshqa sivilizatsiyalar aholisi uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlar, institutlar va amaliyotlarni izlashlari va tarqatishlari lozim” (O‘sha joyda, b.529).
Shular bilan birga, S.Xantington “dunyo va sivilizatsiyalarning kelajagi, eng avvalo, asosiy dunyoviy sivilizatsiyalarning siyosiy, diniy, intellektual yetakchilari o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va hamkorlikka bog‘liqdir” (O‘sha joyda, b.532) deb ta’kidlaydi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling