1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
geosiyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mintaqa va davlat nomi Maydoni, km 2
- Davlat tuzumi
- 1. Shimoliy Yevropa
- 2. G‘arbiy Yevropa
- 3. Sharqiy Yevropa
- 4. Janubiy Yevropa
Shimoliy Yevropa
Yevropa mintaqasining chekka shimoliy qismida, ko‘proq yarim orol (Skandinaviya va b.) va orollarda joylashgan davlatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Shimoliy Yevropa davlatlari soni hozirgi kunda 10 tani tashkil qilib, o‘z ichiga Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Latviya, Litva, 4-jadval Yevropaning siyosiy-geografik tarkibi
Manbalar: Ropulation Reference Bureau. 2019 World Population Data Sheet; Ropulation Reference Bureau. World Population Data 2019; http://ostranah.ru/_lists/area.php. Estoniya, Norvegiya, Finlyandiya va Shvesiya davlatlarini qamrab oladi. Shimoliy Yevropa va xususan Yevropa mintaqasi davlatlari uchun davlat boshqaruv shaklining turli-tumanligi xosdir. Jumladan, bu yerda joylashgan davlatlarning to‘rttasi – Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Щvesiya – monarxiya tipiga mansub bo‘lishi bilan birga, iqtisodiy rivojlangan davlatlar hisoblanadi. Ulardan Buyuk Britaniya esa “katta yettilik” a’zosidir. Binobarin, Buyuk Britaniyaning davlat tuzumi parlament monarxiyasi, Daniya, Norvegiya va Shvesiya esa konstitutsion monarxiya davlatlari hisoblanadi. Shimoliy Yevropaning qolgan barcha davlatlari respublika boshqaruv shakliga ega davlatlardir. Ulardan Islandiya va Finlandiya parlament respublikalari bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda sobiq sotsialistik davlatlardan Latviya, Litva va Estoniya joylashgan. Shimoliy Yevropaning maydoni – 1,8 mln kv.km.ga teng, demografik salohiyati esa 105 mln. kishini (2019 y.) tashkil qiladi. Mintaqa davlatlari hudud salohiyatiga ko‘ra dunyo miqyosida ko‘zga tashlanmasada, bu borada nisbatan Shvesiya (449,9 ming km kv), Norvegiya (387,0 ming km kv.), Finlyandiya (338,1 ming km kv) yetakchilik qilsa, demografik salohiyatiga ko‘ra esa Buyukbritaniya (66,8 mln. kishi) yaqqol ajralib turadi. Aksincha, guruxning qolgan barcha davlatlarining aholisi 10 mln. kishidan kam (birgina Shvesiyaning aholisi 10,3 mln. kishiga teng, 2019 y.). Shimoliy Yevropa dunyo siyosiy xaritasida alohida o‘rin tutadi. Ta’kidlash joizki, bu borada kapitalizmning tarixan tayanch markazlaridan bo‘lib kelgan Buyuk Britaniya hozirda jahon iqtisodiyoti va siyosatida katta ahamiyat kasb etadi. Binobarin, 19-asrning oxirlarida Buyuk Britaniya tomonidan tashkil qilingan va boshqariladigan “Britaniya Hamdo‘stligi” hozirda ham o‘z tarkibiga jahonning turli mintaqalarida joylashgan 52 mamlakatni qamrab olgani xolda, dunyo siyosiy xaritasida alohida ahamiyat kasb etadi. Mintaqa davlatlaridan – Buyuk Britaniya (“katta yettilik” davlatlari a’zosi), Daniya, Islandiya, Latviya, Litva, Estoniya, Norvegiya Shimoliy Atlantika shartnoma tashkiloti (NATO) a’zosi hisoblanadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling