1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet22/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Janubi-Sharqiy Osiyo
Ushbu mintaqa Yevrosiyo materigining janubi-sharqiy qismini o‘z ichiga olib, maydoni 4,5 mln km. kv. ni tashkil qiladi. Mintaqa 11 ta davlatni o‘z ichiga qamrab oladi. Ular quyidagilardir: Bruney, Sharqiy Timor, Vetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin.
Mintaqa davlatlarining ko‘pchiligi respublika davlat boshqaruv shakliga ega bo‘lsa, Bruney, Kambodja, Malayziya va Tailand davlatlari monarxiya boshqaruv shakliga ega.
Janubi-sharqiy Osiyoning Malayziya, Bruney, va Singapur kabi davlatlari Britaniya hamdo‘stligiga a’zo bo‘lib kelmoqda.
Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasining siyosiy-geografik o‘rni juda muhim. U Tinch va Hind okeanlarini o‘zaro bog‘lovchi xalqada, yirik xalqaro dengiz savdo yo‘llari ustida joylashgan.
So‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida mazkur mintaqa jahonning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan tez rivojlanayotgan mintaqalaridan biri ekanligi bilan ham o‘ziga xos xususiyatlar kasb etadi.
Hudud salohiyatiga ko‘ra, mintaqada Indoneziya (1,9 mln. km. kv.) eng yirik davlatdir. Shuningdek, mazkur davlat dunyodagi aholi soniga ko‘ra ham eng katta musulmon davlati hisoblanadi. Maydoni xajmiga ko‘ra Myanma (678,5 ming km. kv), Tailand (514,0 ming km. kv) davlatlari ham ajralib turadi.
Hozirgi kunda ushbu mintaqada 657 mln. aholi (2019 y.) istiqomat qilmoqda. Demografik salohiyatiga ko‘ra Indoneziya (268,4 mln. kishi) alohida o‘rin tutadi, shuningdek Filippin (108,1 mln. kishi), Vetnam 95,7 mln. kishi) davlatlari ham katta salohiyatga ega.
Sharqiy Osiyo
Mazkur mintaqa Osiyoning sharqiy qismida joylashgan Xitoy, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Janubiy Koreya, Mongoliya, Tayvan hamda Yaponiya davlatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Mintaqaning umumiy maydoni 11,7 mln km. kv., aholisi soni 1637 mln kishidan (2019 y.) iborat bo‘lib, bu borada Janubiy Sharqiy Osiyodan keyingi o‘rinni egallaydi.
Sharqiy Osiyo davlatlarining ko‘pchiligi boshqaruv shakliga ko‘ra respublika tipiga mansub davlatlardir. Ular orasida birgina Yaponiya konstitutsion monarxiya boshqaruviga ega bo‘lgan hamda jahonning taraqqiy qilgan “ettilik” davlatlaridan biridir.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra esa Yaponiya mintaqaning va umuman jahonning yetakchi davlatlaridan biridir.
Demografik salohiyatiga ko‘ra Xitoy (1398 mln. kishi – 2019 y.) nafaqat mintaqada, balki dunyo yetakchi bo‘lsa, hududining kattaligiga (9,6 mln. km.kv.) ko‘ra esa u Rossiya va Kanadadan so‘ng uchinchi o‘rinni egallaydi.

Yevropaning siyosiy xaritasi


Yevropa mintaqasi va unga mansub davlatlar o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi hamda jahon hamjamiyatida tutgan o‘rniga ko‘ra jahonning eng taraqqiy etgan mintaqalaridan biri hisoblanadi.
Geografik jihatdan Yevropa qit’asi Osiyo bilan birgalikda dunyoning eng katta – Yevrosiyo materigini hosil qilgani xolda, mazkur materikning chekka g‘arbiy qismini egallaydi.
Mazkur mintaqa G‘arb madaniyatining (sivilizatsiyasining) asosiy o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Yevropa mintaqasi tabiiy-geografik shakl-shamoyili jihatidan dunyoning boshqa mintaqalariga nisbatan ancha parchalanganligi bilan ajralib turadi.
Yevropaning umumiy maydoni 23 mln km2 dan iborat. 2019 yil xolatiga ko‘ra uning aholisi 746 mln. kishini tashkil qiladi. Hozirda Yevropaning siyosiy xaritasida jami 43 ta davlat mavjud.
Jahonning yetakchi tashkilotlarining (BMT) keng tarqalgan tasniflaridan biriga ko‘ra, Yevropa davlatlari quyidagi to‘rtta hududiy birliklarga (submintaqalarga) ajratiladi:
Shimoliy Yevropa;
G‘arbiy Yevropa;
Sharqiy Yevropa;
Janubiy Yevropa.
Yevropa davlatlarining ko‘pchiligi davlat boshqaruv shakliga ko‘ra respublika tipidagi davlatlarni tashkil qiladi. Shuningdek, bu yerda 12 davlat, davlat boshqaruv shaklining monarxiya turiga mansubdir.
Yevropa dunyo siyosiy xaritasida va jahon xo‘jaligida yetakchi mavqega ega ekanligi bilan katta ahamiyatga ega. Hozirgi davrda uning tarkibiga kirgan davlatlarning deyarli barchasi rivojlanganligi bilan alohida ajralib turadi. Binobarin, 4 ta davlat – Germaniya Federativ Respublikasi, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya, jahonning eng taraqqiy qilgan “katta yettilik” guruxiga mansubdir. Shuningdek, ushbu mintaqada Andorra, San-Marino, Lixtenshteyn, Monako, Vatikan kabi mitti davlatlar ham joylashgan. Shuningdek, janubiy Yevropada ancha vaqtdan buyon Buyuk Britaniya bilan Ispaniya o‘rtasida davom etib kelayotgan bahs-munozaraga sabab bo‘lgan, o‘z-o‘zini boshqarmaydigan hudud - Gibraltar joylashgan. Amalda esa Gibraltar bir necha asrlardan buyon Buyuk Britaniya mustamlakasidir.
Yevropaning siyosiy xaritasini shakllanishida o‘tgan 20-asrda yuz bergan o‘zgarishlar katta rol o‘ynadi. Jumladan, Birinchi jahon urushi (1914-1918 yy.) va Ikkinchi jahon urushlari (1939-1945 yy.), va shu bilan birga Rossiyada sotsialistik revolyusiyaning sodir bo‘lishi, Yevropaning siyosiy kartasida va qolaversa dunyo siyosiy xaritasida yetakchi siyosiy kuchlarning hududiy tarkibiga, sotsialistik va kapitalistik lagerning tarkib topishiga olib keldi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling