1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet20/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Janubiy Amerika. Mazkur mintaqa shimolda Meksikadan boshlangan lotin Amerikasining asosiy o‘zagini tashkil etadi. Lotin Amerikasi asosan ispan hamda portugal tilida so‘zlashuvchi davlatlardan tashkil topgan. Janubiy Amerika o‘zining siyosiy-geografik tarkibiga ko‘ra, quyidagi 13 ta davlatdan tashkil topgan: Argentina, Boliviya, Braziliya, Venesuela, Gayana, Fransuz Gvianasi, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Chili, Ekvador.
Mintaqa davlatlarining deyarli barchasi respublika tipidagi dalatlardir. Birgina, Gviana Fransiya tomonidan boshqariladi. Ushbu davlatlar turlicha hudud, demografik va resurs salohiyatiga hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega.
Mintaqada hudud salohiyatiga ko‘ra eng yirik davlatlar qatoriga Braziliya (8,54 mln km.kv.), Argentina (2,7 mln km.kv.), Peru (1,28 mln km. kv.), Kolumbiya (1,1 mln kv.km.), Boliviya (1,1 mln km. kv.) kiradi. Bu borada qolgan davlatlar ham o‘rtacha kattalikdagi davlatlar hisoblanadi.
Demografik salohiyatiga ko‘ra Janubiy Amerika mintaqasi Amerikaning eng yirik mintaqasi hisoblanib, 2019 yil xolatiga ko‘ra, bu yerda 425 mln kishi istiqomat qilmoqda.
Mintaqada resurs salohiyati hamda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasiga ko‘ra Braziliya va Argentina yetakchi davlatlardir. Mintaqa davlatlarining tashqi iqtisodiy aloqalarida AQSh muhim o‘rin tutadi.

Osiyoning siyosiy xaritasi
Osiyo, Yevrosiyo materigining sharqiy qismidagi ulkan hududni qamrab olgan. Uning umumiy maydoni 32 mln km.kv. dan katta. Mazkur mintaqa, nafaqat hududining kattaligi, balki jahon siyosatida muhim o‘rin tutuvchi Yaponiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarni (Xitoy va Hindiston demografik salohiyatiga ko‘ra jahonning eng yetakchi davlatlari hisoblanadi) o‘z ichiga olganligi, bevosita uchta okeanga (Tinch, Hind va Shimoliy muz okeanlariga) chiqa olish imkoniyatlariga ega ekanligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Aholisi soni – 4587,3 mlrd. kishini (2019 y.) tashkil qiladi. Bu borada u jahonning eng salohiyatli mintaqasidir. Bu yerda hozirda 49 ta davlat mavjud. Ularning aksariyat qismi davlat tuzumi shakliga ko‘ra, respublika boshqaruv shakliga ega davlatlardir. Shular bilan birga, mintaqada 12 ta davlat monarxiya davlat boshqaruvi shakliga ega.
Osiyo mintaqasi 20-asrning o‘rtalariga qadar jahon mustamlakachilik tizimining muhim tarkibiy qismlaridan hisoblangan. Ushbu mintaqada avval boshdan boshlab, Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh, Niderlandiya, Yaponiya davlatlarining mustamlakalari shakllangan. Ikkinchi jahon urushi tugagandan boshlab, mustamlakachilik tuzumi yemirila boshladi.
Bugugi kunda BMT tasnifiga ko‘ra Osiyoning siyosiy xaritasida G‘arbiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi - Sharqiy Osiyo, Sharqiy Osiyo submintaqalari ajratiladi.
3-jadval

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling