1 ma’ruza. Internet va elektron pochta nima


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana02.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1740884
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu



1 - ma’ruza. 
 
INTERNET VA ELEKTRON POCHTA NIMA. 
 
Reja: 
1. Internet o‘zi nima? 
2. Internetning tarkibiy qisimlari va resurslari xaqida umumiy tushinchalar. 
3. IP va URL adreslar tushinchasi. 
4. Internetning informatsion va kommunikatsion funksiyalari. 
5. Internet qanday ishlaydi? 
1. Internet o‘zi nima? 
Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jaxon global 
kompyuter tarmoqidir. Uning nomi "tarmoqlararo" degan ma’noni anglatadi. U lokal 
kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi tarmoq bo‘lib, uning mantiqiy tuzilmasi 
o‘zining aloxida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual birlashmani tashkil etadi. 
Internet, unga ulangan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterning o‘zaro axborot 
almashish imkoniyatini yaratib beradi. Bunda internetga ulangan kompyuterning turi 
va foydalanilayotgan o’eratsion tizim axamiyatga ega emas. o‘zining kompyuteri 
orqali Internetning xar bir abonenti boshqa shaxarga axborot uzatishi
Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi 
Metro’oliten muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlar bilan tanishishi, 
xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomilalarini amalga oshirishi va xatto 
boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq abonentlari bilan shaxmat o‘ynashi 
mumkin. 
15.1-rasm. 


Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri xisoblanadi. Ushbu 
kashfiyot tufayli butun jaxon bo‘ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni 
yagona informatsion muxitga biriktirish imkoniyati tuqildi. Internetning asosiy 
yacheykalari - lokal xisoblash tarmoqlaridir. Demakki, Internet aloxida 
kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, kompyuterlar guruxiga birlashish 
uchun yo‘l ochadi. Agar biron-bir lokal tarmoq bevosita Internetga ulangan bo‘lsa, 
u xolda mazkur tarmoqning xar bir ishchi stansiyasi Internetga ulanishi mumkin. 
Shuningdek, Internetga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud. 
Ularni xost-kompyuterlar (host - xo‘jayin) deb ataladi. Tarmoqqa ulangan xar bir 
kompyuter o‘z adresiga ega va shu orqali jaxonning istalgan nuqtasidagi istalgan 
abonent uni to’a olishi mumkin. Internet va unga boglanishning umumiy shakli 15.1- 
rasmda keltirilgan. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling