1. Ma`ruza: Kirish. Eksperiment o`tkazish sxemasini tuzish. Moddalarni tozalash va analiz qilish haqida umumiy tushuncha. Kimyo kabineti va undagi texnika xavfsizligi bilan tanishish


Download 0.9 Mb.
bet4/11
Sana16.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1359742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ma`ruza 1

O`lchov idishlari
Anorganik kimyoda laboratoriya ishlarida suyuqliklarning xajmini о`lchash uchun odatda turli о`lchov idishlari, о`lchov kolbalari va silindrlari, pipetkalar, menzurkalar va byuretkalar ishlatiladi.
K olbalar. О`lchov kolbalari (4-rasm) aniq konsritiatsiyali eritmalar tayyorlash uchun ishlatilib, uzun va bо`gzi tor qilib yasaladi. Kolbaning bо`gziga suyuqlik kayerigacha solinishi kerakligi kо`rsatadigan belgi qо`yiladi. Kolbaga qо`yilgan raqamlar ma`lum temperaturada uning milliliti bilan ifodalangan hajmini kо`rsatadi. О`lchov kolbalarining bо`gzining tor bо`lishiga sabab, suyuqlik hajmining ozgina о`zgarishi ham suyuqlik hajmini kо`irsatuvchi belgining holatiga sezilarli ta`sir qiladi. О`lchov kolbalari shlifsiz va shliflangan probkali bо`ladi. Odatda о`lchov kolbalarning hajmi har xil bо`lib, 25, 50, 100, 200, 250, 500, 1000 ml va 2 l gacha bо`ladi.
Pipetkalar. Suyuqliklarning hajmini juda aniq qilib о`lchab olish uchun pipetkalar ishlatiladi. Ular shishadan yasalgan silindr shaklida bо`lib, yuqori va pastki qismi chizilgan bо`ladi.Pipetkaning kgig joyidan yuqorirog`ida belgisi bо`ladi, suyuqliklar shu belsigacha olinadi. Kо`pchilik hollarda 5,10 va 20 ml li pipetkalardan foydalaniladi. Yuqorida tasvirlangandan tashqari, har xil xajmdagi suyuqliklarni о`lchashda nay kо`rninshdagi darajalangan о`lchov pipetkalari ham ishlatiladi.(5-a,b rasm)
Byuretkalar. Byuretkalar (6-rasm) har xil hajmli suyuqliklarni quyib olish uchun mо`ljallangan. Ular uzun silindr nay shaklida bо`lib, sirtqi tomoni darajalarga bо`lingan. Odatda 25.50 ml li va millilrtining о`ndan bir qismigacha darajalangan byuretkalandan foydalaniladi. Byuretkaning pastki qismida suyuqliklarni quyib olish uchun kran yoki maxsus moslama о`rnatilgan bо`ladi. Byuretkalar asoslar titrlashda ishlatiladi.


О`lchov silindlari va menzurkalar. О`lchov silrndilari va menzurkalari
(7-rasm,a,b.) qalin shishadan yasalgan idishlar bо`lib, uncha aniqlikda bо`lmagan suyuqliklarni о`lchash uchun ishlatiladi. О`lchov silindilari va menzurkalar har xil hajmda - 5, 10, 25, 50, 250, 500, 1000 ml va 2 l gacha bо`ladi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling