6 – AMALIY MASHG’ULOT. TARKIBIDA ANETOL VA TIMOL BO‘LGAN EFIR MOYI SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH
Arpabodiyon mevasi va moyi – Fructus et oleum anisi vulgaris
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Arpabodiyon vasoyabonguldoshlar oilasiga kiruvchi boshqa o‘simliklar mevasi glitserinning suvli aralashmasida bir sutka, so‘ngra glitserinning spirtli aralashmasida 1 sutka davomida yumshatiladi. YUmshagan mevani parafin ichiga olib ko‘ndalangiga kesiladi va xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskop ostida ko‘riladi. Mevaning umumiy tuzilishini o‘rganish uchun butunligicha kesib olingan preparat mikroskopning kichik ob’ektivida ko‘riladi (1-rasm).
Ko‘ndalang kesimda mevaning ikki bo‘lakdan - yarimta mevalardan tashkil topganligi aniq bilinadi. Har qaysi bo‘lakning ichki tomoni tekis va ustki tomoni do‘ng bo‘ladi. Do‘ng tomonida beshtadan turtib chiqqan joylari (5 ta qovurg‘a o‘tgan er) bo‘lib, unda (qovurg‘alarida) o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari o‘rnashgan, tevaragida esa efir moyi (odatda yarimta mevalarning tekis, ichki tomonida 2 ta, ustki tomonida esa 15 tagacha) kanalchalari bo‘ladi. Bu kanalchalar bo‘sh bo‘lishi mumkin. Mevaning ustki tomoni siyrak, mayda, bir xujayrli, so‘galli tuklar bilan qoplangan. Urug‘i yirik endosperma va uncha katta bo‘lmagan urug‘ pallasidan tashkil topgan. Urug‘ yadrosida mayda druzlar ko‘rinadi.
Mikrokimyoviy reaksiyalar yordamida (Lyugol va sudan-III eritmasi bilan) ypyg‘ yadrosida yog‘ va aleyron donachalari borligi aniqlanadi.
FENXEL (DORIXONA UKROPI) MEVASI VA MOYI - FRUCTUS ET OLEUM FOENICULI
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi.YUmshatilgan mevadanko‘ndalangiga kesib preparat tayyorlanadi va xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskopning kichik ob’ektivida ko‘riladi (2-rasm).
Har qaysi yarimta mevadagi 5 ta qovurg‘alar mikroskopda yaxshi ko‘rinadi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari shu qovurg‘alarda joylashgan. Har qaysi bo‘lakda 6 tadan efir moyli kanalchalar bo‘lib, shundan 4 tasi mevaning bo‘rtib chiqqan tarafidagi qovurg‘alar orasida, qolgan 2 tasi esa tekis tomonida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |