1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja
Download 261.85 Kb.
|
Dorivor o’simlik
«Mikroskopiya» bo‘limida mahsulotning anatomik tuzilishidagi o‘ziga xosdiagnostik belgilar keltiriladi hamda mikroskopik tahlil vaqtida bajariladigan mikrokimyoviy reaksiyalar beriladi.
«Sifat reaksiyalar» bo‘limida mahsulotning biologik faol moddalarigaxos va mahsulotning chinligini aniqlashda ahamiyatli reaksiyalar, xromatografik tahlil hamda ularni bajarish usullari beriladi. «Sonli ko‘rsatkichlar» bo‘limida mahsulotda bo‘lishi kerak bo‘lganbiologik faol moddalar va ruhsat etiladigan namlik, umumiy kul, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kul hamda aralashmalar (shu o‘simlikni boshqa qismlari, nuqsonli mahsulot, organik va mineral aralashmalar va boshqalar) miqdorlari keltiriladi. «Miqdoriy aniqlash» bo‘limida mahsulotning asosiy ta’sir etuvchibiologik faol moddasining miqdori (yoki biologik faolligi), aniqlash usullari to‘liq keltiriladi yoki shu usullar Davlat farmakopeyasining qaerida berilganligi ko‘rsatiladi. «Joylash» (qadoqlash)bo‘limida GOST6077-80talablariga binoan qandayidishda (qop, yashik, quti, xaltacha va boshqalar) mahsulotni qanchadan joylashtirilgani keltiriladi. «Markalash» (belgi qo‘yish), «Transportda junatish» va«Saqlash» (bubo‘limlar FS da keltirilmaydi) bo‘limlarida GOST 6077-80 talablariga ko‘ra dorivor o‘simlik mahsulotlarining transport vositalarida jo‘natish vaqtida, markalashda ishlatiladigan bo‘yoqlarga hamda mahslotni omborlarda va dorixonalarda saqlash vaqtida bajariladigan talablar keltiriladi. «YAroqlilik muddati» bo‘limida keltirilgan tegishli sharoitdasaqlanganda me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga to‘g‘ri keladigan va kerakli joyida ishlatilish xususiyatini yuqotmaydigan muddati ko‘rsatiladi. Dorivor o‘simliklar mahsulotiga tuzilgan me’yoriy-texnik hujjatlar har besh yilda, VFS esa ko‘rsatilgan muhlat (1-3 yil ichida) tamom bo‘lganida qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Download 261.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling