1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


-AMALIY MASHG’ULOT. DORIVOR O‘SIMLIKLAR MAHSULOTLARINI STANDARTLASH VAME’YORIY-TEXNIK HUJJATLAR. STANDARTLARNING KATEGORIYASI


Download 261.85 Kb.
bet127/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

4-AMALIY MASHG’ULOT. DORIVOR O‘SIMLIKLAR MAHSULOTLARINI STANDARTLASH VAME’YORIY-TEXNIK HUJJATLAR. STANDARTLARNING KATEGORIYASI

Standartlash - bir sohaning faoliyatini tartiblash maqsadida hamma manfaatdor bo‘lgan taraflar foydasiga hizmat qiladigan qonunlar (qoidalar) to‘plami (nizomnoma) va bu qonunlarni ular ishtirokida qo‘llashdir. Bu majburiy talablar, normalar va qoidalar tegishli me’yoriy-texnik hujjatlarda keltiriladi.


Standartlash bo‘yicha me’yoriy-texnik hujjatlar (MTX) ma’lum tartibda ishlab chiqilgan va vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan, ayrim sohadabajarilishi majbur bo‘lgan norma, talablar, qoidalar kompleksini o‘rnatuvchi hujjat.
Standartlar ta’sir qilish sohasi, mazmuni va tasdiqlanish darajasiga qarab quyidagi kategoriyalarga va turlarga bo‘linadi:


Davlat standartlari - GOST
GOST ko‘p miqdorda ishlab chiqariladigan hamda xalq ho‘jaligining hamma sohasida ishlatiladigan o‘simlik mahsulotlari uchun Gosstandartni qarori bo‘yicha tuziladi va tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi). Tasdiqlangan GOST ga tegishli belgi beriladi. Bu belgi GOST indeksi, ro‘yxat nomeri va GOST ni tasdiqlangan yilidan tashkil topadi. Masalan: GOST 13.309.79. Bu belgida 13 - GOST indeksi, 309 - shu standart ro‘yxat nomeri, 79 - esa GOST ning tasdiqlangan yili.
Davlat standartlarini talablariga rioya qilish respublika miqyosidagi barcha idoralarga, korxonalarga va muassasalarga majburiydir.
Soxa standartlari - OST.
OST biror soxaga tegishli korxonalarda, muassasalarda, idoralarda ishlatiladigan hamda ularga tegishli bo‘lgan namunali texnologik jarayon, normalar, talablar, qoidalar, usullar va boshqalarga ishlab chiqiladi va shu sohaning Vazirligi (boshqarmasi) tomonidan tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi). OST talablariga itoat etish sohaning hamma korxonalari, idoralari hamda shu soha mahsulotini ishlatadigan boshqa soha idoralari va korxonalari uchun majburiydir.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling