1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


ARSLONQUYRUQ ER USTKI QISMI – HERBA LEONURI


Download 261.85 Kb.
bet144/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

ARSLONQUYRUQ ER USTKI QISMI – HERBA LEONURI
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi.Ishqor eritmasi bilanyoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (1-rasm). Epidermis hujayrasining yon devori egri-bugri (ayniqsa pastki epidermisda), ustitsalar bargning faqat pastki tomonida bo‘ladi. Ustitsalar 3–4 ta (ba’zan 2 ta) epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan. Bargning har ikkala tomonidagi epidermisda rangsiz, dumaloq, katta-kichik efir moyli bezlar joylashgan. Bu bezlar efir moyi ishlab chiqaradigan 2–4–6, ba’zan 8 ta hujayradan tashkil topgan. Barg epidermisi turli tuklar: oyoqchasi 1–2 hujayrali, katta yoki kichkina sharsimon boshchali, 1–2 hujayrali so‘galli hamda 3–5 hujayrali oddiy tuklar bilan qoplangan
QUSH TORON ER USTKI QISMI – HERBA POLYGONI AVICULARIS
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida yoritilgan bargning tashqi ko‘rinishi mikroskop ostida ko‘riladi (2-rasm). Bargning epidermis hujayralarini devori to‘g‘ri va qalin, ba’zan tasbehsimon qalinlashgan (bargning yuqori epidermisida). Barg chetida va tomirlar ustida joylashgan epidermis hujayralari uzunsiga qat-qat ko‘rinishidagi kutikula bilan qoplangan. Ustitsalar ko‘pincha 3 ta epidermis hujayralari bilan (shundan 1 tasi ancha kichik) o‘ralgan. Barg chetida 1–3 qator qalin devorli, sorg‘ichsimon cho‘ziq hujayralar bo‘ladi, mazofilida kalsiy oksalatning yirik druzlari uchraydi. Barg chetida va tomirlar bo‘ylab qalin devorli, egri-bugri shakldagi mexanik tolalarni bo‘lishi qush toronga xos belgidir.
QORAQIZ (ITTIKANAK) ER USTKI QISMI – HERBA BIDENTIS
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi.Ishqor eritmasi bilanyoritilgan barg bo‘lagining tashqi tuzilishini mikroskop ostida ko‘riladi (3-rasm).
Bargning epidermis hujayralari egri-bugri devorli bo‘ladi. Bargning pastki tomonidagi epidermis hujayralari yuqori epidermis hujayralariga nisbatan maydaroq va ko‘proq egri-bugri devorli, ustitsalar bargning har ikkala tomonida bo‘lib, ular 3–5 tagacha epidermis hujayralari bilan o‘ralgan. Tuklar siyrak bo‘lib, barg plastinkasining qirrasi va tomirlari bo‘ylab o‘rnashgan. Barg plastinkasi qirrasidagi tuklar 3–7 hujayrali, o‘tkir uchli, qalin devorli, qat- -qat kutikulali. Barg plastinkasidagi va ko‘proq tomirlar bo‘ylab joylashgan tuklar 2 xil bo‘ladi: nozik, mayda, yupqa devorli, 9–12 (ba’zan 18 tagacha) hujayrali, pilla qurtiga o‘xshash (faqat pastki hujayrasi qalin devorli va qat-qat kutikulali) hamda 9–13 ta, qalin devorli va qat-qat kutikulasi bor hujayrali, o‘tkir uchli tuklar. Bu tuklarning asos qismi 2–3 qator joylashgan ko‘p hujayralidir. Barg tomirlari bo‘ylab (ishqor eritmasi ta’sirida qo‘ng‘ir rangga bo‘yalgan) bezli yo‘llar joylashgan.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling