1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


TOLOKNYANKA BARGI VA NOVDASI – FOLIA ET CORMUS UVAE URSI Mahsulotning mikroskopik tuzilishi


Download 261.85 Kb.
bet142/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

TOLOKNYANKA BARGI VA NOVDASI – FOLIA ET CORMUS UVAE URSI Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. YUmshatilgan bargni probka orasiga qo‘yib, ko‘ndalangiga kesiladi. Kesib olingan preparatni sudan-III eritmasi bilan bo‘yab, xloralgidrat yordamida mikroskop ostida ko‘riladi . Barg har ikki tomondan qalin kutikula qavati bilan qoplangan (sudan-III eritmasi ta’sirida qizg‘ish rangga bo‘yalgan holda ko‘rinadi). Bargning yuqori tomonidagi epidermis tagida 3–4 qator qoziqsimon, uning ostida esa bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Tomirdagi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, ularning yuqori va past tomonida, ya’ni epidermis bilan tomir oralig‘ida yakka kristalli rangsiz qujayralar joylashgan. Ba’zan yo‘g‘on tomir bo‘ylab o‘rnashgan bir-ikki hujayrali va qalin devorli tuklar uchraydi. Bargning har ikki tomonidagi epidermis hujayralari (bargning tashqi ko‘rinishida) to‘g‘ri devorli, ustitsalari katta bo‘lib, 4–8 ta epidermis hujayralari bilan o‘ralgan. Ustitsalarning kattaligi bu o‘simlikning xarakterli belgilaridan biridir. Barg tomiri bo‘ylab joylashgan hujayralarda yakka kristallar uchraydi. Barg to‘qimalarida arbutin glikozidi borligini mikrokimyo reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun yupqa qilib kesib olingan preparat suyultirilgan sulfat kislotaga bir necha sekund solib qo‘yiladi. So‘ngra unga nitrat kislota qo‘shilsa, arbutinli hujayralar oldin to‘q qizg‘ish, so‘ngra och sariq rangga bo‘yaladi.


13- AMALIY MASHG‘ULOT. ANTRATSEN UNUMLARINI SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH SANO BARGI VA MEVASI – FOLIA ET FRUCTUS
(FOLLICULI) SENNAE
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi (ajratib olingan epidermis) mikroskop ostida ko‘riladi.Barg izolateral tipda tuzilgan bo‘lib, har ikki tomonida, ya’ni yuqorigi va pastki epidermis ostida qoziqsimon to‘qima joylashgan. Barg epidermisining hujayralari ko‘p burchakli va to‘g‘ri devorli bo‘ladi. Epidermisda radius bo‘yicha joylashgan va 6–10 ta hujayradan tashkil topgan rozetkalar uchraydi. Rozetka markazidagi hujayraga – valikka (o‘simtaga) tuk o‘rnashgan bo‘ladi. Tuklar juda ko‘p, bir hujayrali, kalta, ko‘pincha bir oz o‘roqsimon egilgan, qalin devorli, ustki tomoni so‘gal bilan qoplangan. Ko‘pincha ular tushib ketib, o‘rni – valik yumaloq shaklda va ko‘p hujayrali rozetka bilan o‘ralgan holda ko‘rinadi (mahsulotga xos). Bargning har ikkala tomonida ustitsalar bo‘ladi. Bargda druz shaklidagi kristallar uchraydi. Barg tomirlari romb yoki prizma shaklidagi kristalli hujayralar bilan o‘ralga

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling