1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet80/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Yirik bargli jo‘ka barg plastinkasining pastki tomoni tutash tuklar bilan qoplanganligi, gul to‘plamida 2–5 ta yirikroq gullar borligi, mevasi yirik, tukli, qattiqroq va 5 qirrali yong‘oqcha bo‘lishi bilan mayda bargli turidan farq qiladi.
Jo‘ka (lipa) iyun oyining oxiridan boshlab iyulgacha gullaydi, mevasi avgust-sentyabrda etiladi.
Geografik tarqalishi. Mayda bargli jo‘ka Ukraina, Belorus, Boltiq bo‘yi davlatlari, Moldova, Rossiyaning Ovrupo qismining keng yaproqli aralash o‘rmon zonasida, G‘arbiy Sibirda, Kavkaz tog‘larida, Qrimda va boshqa erlarda uchraydi. Yirik bargli jo‘ka esa yovvoyi holda faqat Karpatda uchraydi. Lipa bog‘ va parklarda hamda ko‘chalarda ko‘p ekiladigan manzarali daraxtlarga kiradi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik 2 hafta gullaydi. Gul shu davrda yig‘iladi. Gul to‘plamlari guloldi bargchalari bilan birga toqqaychi yordamida qirqib olinadi. Soya erda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot guloldi bargchali, sarg‘ish-oq rangli, yarim soyabonga to‘plangan gul to‘plamidan tashkil topgan. Gul to‘plamining asosiy o‘qi guloldi bargchasiinng o‘rta tomiri bilan tutashib ketgan bo‘ladi. Guloldi bargchasi cho‘ziq lansetsimon, to‘mtoq uchli, tekis qirrali bo‘lib, uzunligi 6 sm, eni 1,5 sm. Kosachabargi va tojbargi 5 tadan, birlashmagan, otaligi ko‘p sonli, onalik tuguni 5 xonali, yuqoriga joylashgan. Mahsulotning o‘ziga xos yoqimli kuchsiz hidi va shilimshiq-shirin, bir oz burishtiruvchi mazasi bor.
XI DF ga ko‘ra mashulot namligi 13%, jo‘ka (lipa) barglari, novdalar aralashmasi 1%, gulsiz, mevali soyabonlar 2%, zang zamburug‘i va hasharotlar bilan zararlangan guloldi bargchali gul to‘plamlari va guloldi bargchasi 2%, sarg‘aygan, qo‘ng‘ir rangli guloldi bargchali va gulli gul to‘plamlari 4%, organik aralashmalar 0,3% va mineral aralashmalar 0,1% dan oshmasligi kerak.
Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 3 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan maydalangan qismlar 3%, guloldi bargchasiz gul to‘plamlari yoki to‘kilib ketgan ayrim gullar 15% dan, qirqilgan mahsulot uchun: 20 mm dan yirik bo‘lgan qismlar 5%, teshigining diametri 0,310 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan mayda qismlar 10% dan oshiq bo‘lmasligi kerak.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling