1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja
Download 261.85 Kb.
|
Dorivor o’simlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUDRALIB O‘SUVCHI TOFJAMBIL ER USTKI QISMI – – HERBA SERPYLLI O‘simlikning nomi.
- Geografik tarqalishi.
- Mahsulot tayyorlash
Dorivor preparatlari. Efir moyi, timol (kapsulada), o‘simlik er ustki qismidan tayyorlangan suyuq ekstrakti, pertussin. Efir moyi stomatologiyada ishlatiladigan og‘riq qoldiruvchi Gartman suyuqligi tarkibiga kiradi. O‘simlik er ustki qismi balg‘am ko‘chiruvchi yig‘malar - choylar tarkibiga kiradi.
SUDRALIB O‘SUVCHI TOFJAMBIL ER USTKI QISMI –– HERBA SERPYLLI O‘simlikning nomi. Sudralib o‘suvchi tog‘jambil- Thymus serpyllum L.;yasnotkadoshlar - Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae) oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, xushbo‘y yarim butacha. Poyasining pastki qismi yog‘ochlangan bo‘lib, undan juda ko‘p tik o‘suvchi yoki ko‘tarilayotgan shoxchalar o‘sib chiqadi. SHoxchalar uzunligi 2-10, ba’zan 15 sm ga etadi, ular to‘rt qirrali bo‘lib, hamma eri tuk bilan qoplangan. Bargi oddiy, ellipsimon, cho‘ziq ellipsimon yoki lansetsimon, tekis qirrali, poyada bandi bilan qarama-qarshi o‘rnashgan. Gullari ikki labli, mayda, binafsha-qizil rangli bo‘lib, ular shoxlarning yuqori qismidagi barglar qo‘ltig‘idan to‘p-to‘p bo‘lib o‘sib chiqib, boshcha shaklidagi gul to‘plamini tashkil qiladi. Mevasi - kosachabarr bilan birlashgan 4 ta yong‘oqcha. YOz bo‘yi gullaydi. Geografik tarqalishi. Moldova,Ukraina,Belorus,Boltiq bo‘yirespublikalarda, Rossiyaning Ovro‘po qismidagi o‘rmon, o‘rmon-cho‘l hududlari (qarag‘ay o‘rmonzorlari) ning qumtuproqli erlarida o‘sadi. Farbiy Sibirda, Baykal ko‘li atrofida, Kavkazda va boshqa erlarda ham uchraydi. Bu o‘simlikning mayda turlari keng tarqalgan. Sudralib o‘suvchi tog‘jambil va uning mayda turlari asosan Krasnodar va Stavropol o‘lkalari, Voronej va Rostov viloyatlarida, Dog‘iston va Qabarda- - Balqar hamda Ukraina, Belorus va Armaniston respublikalarida tayyorlanadi. Mahsulot tayyorlash.O‘simlik gullaganida o‘rib olinadi va quritiladi.So‘ngra maydalab, sim g‘alvirda elanadi. YOg‘ochlangan poyalar va yirik shoxchalar tashlab yuboriladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot barg va gularalashmalaridan iborat bo‘ladi. Bargi ellipssimon, cho‘ziq ellipssimon yoki lansetsimon, tekis qirrali, qisqa bandli bo‘lib, pastki tomonidagi mayda chuqurchalarida efir moyli bezlar bor (ularni lupa bilan ko‘rish mumkin). Bargning uzunligi 15 mm, eni esa 7 mm. Bargning asos qismi dag‘al tuklar bilan qoplangan. Gullari mayda, kosachasining cheti qo‘ng‘ir-qizil rangli, tashqi tomoni tuklar bilan qoplangan, ikki labli, besh tishli, tishlari qirrasidan ko‘p hujayrali kipriksimon uzun tuklar o‘sib chiqqan. Gultojisi pushti-binafsha rangda, ikki labli, yuqori labi yapaloq, biroz o‘yilgan, pastki labi esa 3 ta, bir xil bo‘lakli, otaligi 4 ta, onalik tuguni 4 bo‘lakli, yuqoriga joylashgan. XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13 %, umumiy kuli 12 %, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 5 %, 0,5 mm dan yo‘g‘on bo‘lgan poya bo‘laklari 10 %, organik aralashmalar 1 % va mineral aralashmalar 1 % dan ko‘p, 30% li spirtda erib, ajralib chiqadigan ekstrakt moddalar miqdori 18 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Mahsulotning o‘ziga xos xushbo‘y, yoqimli hidi va achchiqroq o‘tkir mazasi bor. Download 261.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling