1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 476.38 Kb.
bet84/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Dorivor preparatlari. Damlama,nastoyka, «kalendula»surtma dori vakaleflon (gulning tozalangan ekstrakti tabletka holida).

Vitamin K ga boy dorivor o‘simliklar va mahsulotlar Vitamin KI tabiatda keng tarqalgan, asosan o‘simliklarning yashil qismida uchraydi. U qon oqishini to‘xtatish (qonni ivitish) ta’siriga ega. SHuning uchun tarkibida shu vitamin bo‘lgan o‘simliklardan tayyorlangan dori turlari, asosan qon oqishini to‘xtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi.



Gazanda bargi - Folium urticae

O‘simlikniig nomi. Ikki uyli gazanda(chayono‘t,chaqong‘ich)- Urtica dioica L.;gazandadoshlar- Urticaceae oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, ko‘pincha ikki uyli, bo‘yi 60-100, ba’zan 150 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi er ostida sudralib o‘sadi. Poyasi tik o‘suvchi, to‘mtoq to‘rt qirrali, shoxlanmagan, ba’zan qarama-qarshi shohlangan. Bargi oddiy, tuxumsimon, o‘tkir uchli, sertuk va yirik arrasimon qirrali bo‘lib, poyada bandi bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, yashil rangli, barg qo‘ltig‘idan chiqqan boshoqqa to‘plangan. Guli bir jinsli, gulqo‘rg‘oni oddiy, to‘rt bo‘lakka qirqilgan. CHangchi gullarida otaligi 4 ta, urug‘chi gullarida onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi - tuxumsimon yoki ellipssimon, sariq-kulrang tusli yonroqcha. O‘simlikning hamma qismi achituvchi tuklar bilan qoplangan. Iyun oyining o‘rtalaridan boshlab kuzgacha gullaydi.


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling