7-MAVZU. PEKTIN VA SHILLIQ MODDALAR Pektin moddalar Pektin moddalar o‘simliklarning yuqori molekulali uglevodlari – poli-saxaridlari bo‘lib, ular asosan (83-90 %) o‘zaro glikozid tipida birlashgan D - galakturon kislota qoldiqlaridan, qisman galaktan, araban va boshqa moddalardan tashkil topgan. Pektin moddalarga pekta kislota, pektatlar, pektinlar, pektinatlar va protopektinlar kiradi. Pekta kislota glikozid(α –1 4)tipida birlashib,uzun zanjir hosil qilgan D-galakturon kislota qoldiqlaridan iboratdir. Pekta kislota hamma pektin moddalarning asosiy qismidir. Pektatlar -pekta kislotaning tuzlari.
Pektinlar - pekta kislotaning karboksillari bo‘yicha turli darajadametillangan (metil efiri hosil qilgan) hosilasi bo‘lib, o‘z navbatida n-pektinlar (karboksil guruhlarining 50% dan oshig‘i metillangan) va l - pektinlarga (karboksil guruhlarining 50 % dan kami metillangan) bo‘linadi. Pektinlar suvda erib, zich (quyuq) gel hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |