1-Ma’ruza. Kirish. Geodeziya fanining vazifalari. Qisqacha fanning tarixi Davlat xo’jaligini rivojlantirishda geodeziya fanini o’rni.” fanning predmeti va vazifalari Reja
Download 458.67 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza 060a79b08eadf514d43b9b86f34b98f5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
1-Ma’ruza. Kirish.Geodeziya fanining vazifalari.Qisqacha fanning tarixi Davlat xo’jaligini rivojlantirishda geodeziya fanini o’rni.” fanning predmeti va vazifalari Reja: 1. Geodeziya fani haqida umumiy ma‟lumotlar. 2. Geodeziya fanining boshqa fanlar bilan bog„liqligi. 3. Geodeziya fani tarixidan qisqacha ma‟lumot.
Geodeziya so„zi grekcha so„z bo„lib geo-yer, dezus-bo„lish degan ma‟noni bildiradi. Geodeziya fani-yerning shakli va ulchamlari, yer yuzidagi nuqtalarning bir- biriga nisbatan o„rnini aniqlashda, yer yuzining xarita, plan, qirqimlarini, tuzishda hamda muxandislik inshootlarini qurishda bajariladigan o„lchashlar nazariyasi va amaliyoti haqidagi fandir. Shunga ko„ra, geodeziya fani amaliy geometriya (yer o„lchash) deb ham yuritilgan. Lekin hozirda geodeziya xalq xujaligining turli sohalaridagi qurilishga doir muhim va murakkab masalalarni yechish bilan shug„ullanadi. Masalan, yer shakli va kattaligini aniqlash, yer yuzasi ma‟lum qismining plan, karta va profillarini chizish, qishloq xo„jaligini planlashtirish, turli inshootlar barpo qilishda bajariladigan qidirish, o„lchash va loyihalash ishlarini turli asboblar yordamida amalga oshirish yo„llarini o„rganish hozirgi geodeziya faninig umumiy vazifasidir. Bajariladigan ishning mazmuni va usuliga qarab geodeziya quyidagicha bo„linadi va ta‟riflanadi. Yer yuzasi bo„laklarining ko„rinishi va kattaligini aniqlab, uni plan, karta va profillarda tasvirlash yo„llarini va bunda ishlatiladigan asboblarni o„rgandigan fan geodeziya deyiladi. Butun yerning umumiy shakli va o„lchamlarini aniqlash, yer yuzasida bir sistemada planiy va balandlik bo„yicha tayan punktlar o„rnatish va ularning tarmoqlarini barpo etish masalalariga doir o„lchash va o„lchash natijalarini tenglash ishlari bilan shug„ullanuvchi fan oliy geodeziya deyiladi. Geodeziyaning xalq xo„jaligidagi turli sohalarda bino, yo„l, kanal, aerodrom, stansiya kabi injenerlik inshootlari o„rnini aniqlash, ularni plan, karta va profilda loyihalash, joyga ko„chirish va qurish hamda undagi o„zgarishlarni kuzatish ishlariga doir o„lchash usullarini o„rganuvchi maxsus bo„lim injenerlik
Demak, injenerlik geodeziyasi geodeziya fani qoidalarini turli injenerlik inshootlari barpo etishga doir o„lchash ishlariga tatbiq etish yo„llarini o„rganadi. Yer yuzasining kata qismini qog„ozda tasvirlashning qoida va usullarini o„rganuvchi fan kartografiya deyiladi. Aviatsiyaning taraqqiy etishi bilan geodeziyaning s‟yomka (plan olish) ishlarida joyni havodan suratga olish usuli qo„llanila boshladi: bu usul qoidalarini o„rganuvchi fan aerofoto-geodeziya deyiladi. Yerning sun‟iy yo„ldoshidan turib Yer shaklini aniqlash va yer yuzasi suratini olish usullarini o„rganuvchi fan kosmik geodeziya deb ataladi. Yer massasida uzluksiz bo„lib turgan geologik va geofezik hodisalar yer shakli va yuzasining o„zgarishsiz qolmaydi. Shunga ko„ra, hozirgi geodeziya fanining vazifasi yer yuzasida bo„ladigan hodisalarni statikaviy hol deb qaramay, balki murakkab dinamikaviy jarayon deb qarab, geofezika va gravimetriya fanlari yutuqlari asosida geodenamik poligon usulini tatbiq etib tadqiqot ishlari olib borishdan iboratdir. Davrimizda sanoat, qishloq xo„jaligi va boshqa sohalarda keng ko„lamda jadal olib borilayotgan turli qurilish ishlari, masalan, temir va tosh yo„llar o„tkazish, kanal qazish, katta-kichik binolar, to„g„on, aerodrom, turli stansiyalar kabi inshootlar qurish injenerlik geodeziyasi oldiga katta, murakkab va mas‟uliyatli vazifalar qo„ymoqda; bular geodeziya fanining turli ixtisosliklarga bo„linib o„sishiga undadi, yangi ish usuli va yangi asboblar yaratilishiga katta yordam berdi va bermoqda. Har qanday qurilish ishi geodeziyaga oid o„lchash ishlari bilan boshlanadi, davom etadi va tugaydi. Masalan, kanal qazish yoki yo„l o„tkazish uchun avval shu inshoot o„tishiga mo„ljallangan joy kartada belgilanadi, keyin u bilan joyda tanishiladi (bu ish rekognossirovka deyiladi), yo„lning o„q chizig„i belgilanadiki, inshoot qurish uchun mo„ljallangan bu joy trassa deyiladi. Trassaning o„q chizig„i belgilanib joy s‟yomka qilingach, nivelirlanadi. O„q chizig„i profili chizilib, loyiha chiziqlari o„tkazilgach, ish otmetkalari hisoblanadi. So„ngra loyihadagi nuqtalar otmetkalari bo„yicha joyga ko„chiriladi. Shundan keyingina qurilish ishi boshlanadi. Download 458.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling