1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari
Mehnat muhofazasiga oid tadbirlarni rejalashtirish
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
HFHmajmua
Mehnat muhofazasiga oid tadbirlarni rejalashtirish
Mehnat muhofazasiga oid hamma ishlar oldindan tuzilgan reja asosida amalga oshiriiadi. Buning uchun mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura choratadbirlari rejasi tuzilishi kerak. Nomenklatura chora-tadbirlari rejasi kasabauyushmasi qo‗mitasi bilan kelishilgan holdakorxona ma‘muriyati tomonidan tuziladi. Unda ushbu korxonada mehnat sharoiti, kasb kasalliklari va o‗z korxonasiga inson organizmga ta‘sir qiluvchi zaharli omillarning mavjudligi asos qilib olinadi. Nomenklatura chora-tadbirlari rejasiga bajarilishi lozim bo‗lgan, ish sharoitini yaxshilashga olib keladigan chora-tadbirlar kiritilishi lozim. Ular quyidagicha bo‗lishi lozim: 1. Baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar. Bunga qo‗shimcha himoyalovchi va muhofaza qiluvchi to'siq qurilmalarni o‗rnatish, muhofaza qilishning avtomatik turkumiarini qo‗liash, masofadan turib boshqariladigan asboblarni joriy qilish, ogohlantirish tizimlari, jarayonlarni mexanizatsiyalash va boshqalar kiradi. 2. Kasb kasalliklarini kamaytiradigan chora-tadbirlar. Bunga ishchiiarga har xil zararli ta‘sir qiladigan moddalardan muhofaza qiluvchi moddalar hamda moslamalar tayyorlash va qo'liash, havo almashtirish tizimlarini o‗rnatish, eski turlarini qayta jihozlash, zamonaviy ishlab chiqarish jihoz-dastgohlardan foydalanish, havo haroratini, tarkibini kuzatadigan asboblarni o‗rnatish va boshqalar misol bo'ladi. 3. Ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bunga ish joylarini yoritish, sanitariya-maishiy xizmat ko‗rsatish xonalari holatini yaxshilash, maxsus kiyim, bosh vaoyoq kiyimlari bilan o‗zvaqtidata‘minlash, mehnatni muhofaza qilish xonalarini, ko'rgazmali qurollarni tashkil qilish va boshqalar kiradi. Nomenklatura chora-tadbirlari ishlovchilarning ish bitimiga kiritilganligi va ishchilarning umumiy majlisida tasdiqlanganligi sababli, bu tadbirlar korxona ma‘muriyati tomonidan bajarilishi shart hisoblanib, uning bajarilishi haqida ma‘muriyat ishchiiarga axborot berib turi?hi kerak. Nomenklatura choratadbirlariga sarflanadigan mablag‗ korxonamng asosiy fondidan ajratilib, bu mablag‗lar faqat shu sohalarga ishlatilishi lozim. Aks holda ma‘muriyat qonun oldida javob beradi. Mablag‗larni sarflash kasaba uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi. Bundan tashqari, korxona har yili yuqori tashkilotga amalga oshirilgan tadbirlar va mablag‗lar sarfi to‗g‗risida hisobot berib turishi talab etiladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling