1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari


Mehnatni muhofaza qilishning Davlat nazorat tashkilotlari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/75
Sana25.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1066119
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
Bog'liq
HFHmajmua

Mehnatni muhofaza qilishning Davlat nazorat tashkilotlari 
Mehnatni muhofaza qilish qoida va me‘yorlarini, mehnat qilish 
qonuniyatlarining bajarilishini ta‘minlash uchun umumiy va maxsus nazorat 
tashkilotlari tuzilgan. Barcha vazirliklar, boshqarmaiar va sanoat korxonalarida 
mehnat qonunchiligining to‗la - to‗kis bajarilishini nazorat qilish - O‗zbekiston 
Prokuraturasiga yuklangan. Prokuratura tashkilotlari qonunlarning buzilmasligini 
reja asosida, mehnatkashlarning arizasi yoki korxona va ayrim shaxslarning 
ma‘lumotlari asosida mehnatni muhofaza qilish talablarining qanday 
bajarilayotganligini tekshirish yo‗li bilan amalga oshiradi. Prokuratura umumiy 
nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar xodimlarini 
xabardor qiladi, rahbar xodimlarga ma‘murty jazo ko‗rilishini talab qilib, yuqori 
rahbar xodimlarga murojaat qiladi. Agar jinoyat sodir bo‗lganligi aniqlansa 
(xavfsizlik tartib - qoidalari buzilsa), rahbar xodimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi 
O‗zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksining 286 - moddasiga asosan 
maxsus nazoratni o‗z faoliyati jihatidan shu korxonalarga va vazirlikka 
bo'ysunmaydigan maxsus davlat organlari va inspektsiyalari olib boradi. Mehnatni 
muhofaza qilishning maxsus davlat nazorat organlariga quyidagilar kiradi: 
- kasaba uyushmasi markaziy qo'mitasi texnik ispeksiyasi
- sanoatda xavfsiz ish olib borish va tog‗ ishlari xavfsizligi texnik davlat 
nazorati (Davkontex nazorat); 
- Davlat sanitar nazorati (Davsan nazorat); 
- Davlat energetika nazorati (Davenergo nazorat); 
- Davlat yong‗in xavfsizligi nazorati (Davyong‗in nazorat); 
- Tabiatni muhofaza qilish davlat nazorati; 
- Suv va suv manbalarining tozaligini himoyalash davlat nazorati; 
-jamoat nazorati. 
Kasaba uyushmasining texnik nazorati. Har bir sanoat korxonasiga tarmoq 
bo'yicha ishchi va xizmatchilaming kasaba uyushmasi markaziy qo‗mitasi texnik 
nazoratchisi biriktirib qo‗yiladi. Ukorxonada mehnatni muhofaza qilish 
masalalarini kuzatib turuvchi davlat nazoratchisi hisoblanadi. Uning asosiy 
vazifalari - baxtsiz hodisalarni tekshirish, hisobga olishning korxona ma‘muriyati 
tomonidan to‗g‗ri olib borilayotganligini kuzatib borish, o‗lim bilan tugagan 
hamda og‗ir va baxtsiz hodisaga uchragan hollarda tekshirishda qatnashish, 
tekshirish materiallari va aybdor bo‗lganlar haqidagi ma‘lumotlarni, aybdorlarni 
jinoiy javobgarlikka tortish materiallarini tekshirish organlariga jo‗natishdan 
iborat. Kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi uskunalarni, qurilmalarni ishga 
qabul qilish, foydalanishga topshirish davlat komissiyasi tarkibida qatnashadi. 
O‗zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish va tog‗ ishlari 
nazorati. Bu nazoratning asosiy vazifasi tog‗-ma‘dan sanoati, neft qazib chiqarish
metallurgiya, geologiya qidiruv, 70 KPa dan ortiq bosimda ishlaydigan bug‗ 
qozonlari va idishlari, 115°C dan ortiq haroratga ega bo‗lgan suv isitish qozonlari, 
bug‗ va issiq suv quvurlari, yuk ko‗tarish kranlari, liftlar, eskalatorlar ishlarini 
nazorat qiladi. Ular qozon va yuk ko‗tarish qurilmalarini qurish uchun sanoat 
korxonalariga ruxsatnoma beradi, inshootlarni hisobga oladi, yaroqli ekanligini 
tasdiqlaydi. 
Davlat sanitariya nazorati. Sog‗liqni saqlash vazirligi bilan bog'liq bo'lgan 
sanitariya-epidemologiya xizmatlari orqali amalga oshiradi. Bu nazoratning asosiy 


vazifasi tashqi muhitni (suv havzalari, tuproq, atmosfera) sanoat chiqindilari bilan 
ifloslanmasligining oldini olishdan iborat. Shuningdek, korxonalarning sanitariyagigiyenik holatini 
yaxshilash va kasb kasalliklarining kelib chiqmasligi choratadbirlarini amalga oshiradi. Sanitariya-
epidemiologiya xizmati (SEX) xodimlari 
yangi qurilgan inshoot, korxonalarni qabul qilishda ishtirok etadi, sanoat 
korxonalarida kasb kasalliklari va zaharlanish holatlarini tekshiradi va ma‘muriyat 
bilan birga ularni yo‗qotish, oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga 
oshiradi. 
Davlat energetika nazorati. Energetika va elektrlashtirish vazirligi tomonidan 
amalga oshiriladi. Ularning asosiy vazifasi elektr va issiqlik uskunalaridan to‗g‗ri 
foydalanishni kuzatish va ularning xavfsiz ishlatilishini ta'minlash borasida ishlab 
chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni kuzatib borishdan iborat. Bu nazorat 
turi nazorat vazifalarini amalga oshirish, yo‗l qo‗yilgan kamchiliklarni tuzatish va 
aybdorlarga jazo choralarini belgilash maqsadida nazorat tashkiiotlari katta 
huquqlarga ega. 
Jamoat nazorati - kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan amalga 
oshiriladigan nazorat turiga kiradi. Bu nazorat turi korxona mahalliy kasaba 
uyushmasi qo‗mitasi orqali nazorat ishlarini amalga oshiradi. 
Mehnatni muhofaza qilish nazorati-mehnat qonuniyatlari, xavfsizlik texnikasi 
va sanoat sanitariyasi norma va qoidalarining bajarilishini kuzatib boradi sanoat 
korxonalarida baxtsiz hodisalarning kelib chiqishini, kasb kasalliklarini 
kamaytirishni ta‘minlovchi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi. 
Jumladan, ishlab chiqarish jihozlari va qurilmalarining sozlanganligini, 
ishchilarning maxsus kiyim va shaxsiy muhofaza vositalari bilan 
ta‘minlanganligini, maxsus ovqatlarning o‗z vaqtida berib borilishini, sut bilan 
ta‘minlanishini, ish kuchining davom etish soatlarini dam olish kunlari va ta'tilning 
o'z vaqtida berilishini, tanaffusiar, ayollar va o‗smirlar mehnatidan to‗g‗ri 
foydalanishni va boshqalarn'i tekshirishda faol qatnashadi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling