1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari
Mehnat muhofazasini boshqarish tizimi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
HFHmajmua
Mehnat muhofazasini boshqarish tizimi
Mehnat muhofazasini boshqarish korxona boshqarish tizimining bir qismidir. Mehnat muhofazasini boshqarishni korxona boshlig‗i o‗rinbosari (yoki bosh muhandis) va bo‗lim boshliqlari olib boradi. Bu tizimning asosiy e‘tibori ishlab chiqarishda sog'lom va xavfsiz mehnat qilish sharoitini yaratishga qaratilgan. Mehnat muhofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Mehnat muhofazasi ishlarini rejaiashtirish, amalga oshirish, baholash ishlarini barqarorlashtirish. 2. Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o‗qitish va mehnat muhofazasi masalalarini tashviqot qilish. 3. Bino va inshoot, ishlab chiqarish jarayonlari va asbob-uskunalarining xavfsizligini ta‘minlash. 4. Mehnat sharoitining sanitar-gigiyenik holatini me‘yorlashtirish. 5. Ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta‘minlash. 6. Ishchilar uchun maqbul ish va mehnat sharoitini varatish. 7. Ishlovchilar uchun davolash-oldini olish tadbirlarini rejaiashtirish va amalga oshirish. 8. Alohida mutaxassisliklar bo‗yicha kasb tanlovi o‗tkazish. 9. Ishlovchilarga sanitariya-maishiv xizmat ko‗rsatish va hokazo. Tizim mehnat qonunchiligi hujjatlari, davlat va kasaba uvushmasi qarori, yo‗llanma va farmonlari, texnikaviy hujjatlar asosida boshqariladi. Masalan, kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalarida mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi uchun 1989-yil iyulda tasdiqlangan 480-sonli buyruq va 1984- yil 14-noyabrdan kuchga kirgan Nizom asosiv hujjat hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida xavfsiz va sog‗lom'mehnat sharoitini ta‘minlashda xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena va yong‗in xavfsizligiga bog‗lik qoida, norma, yo‗riqnomalar katta ahamiyatga ega. Ular umumiy, tarmoq va oraliq turlariga bo‗linadi. Umumiy norma qoidalarga «Qurilish norma va qoidalari» (SNIP), «Sanoat korxonalarini loyihalash sanitar normalari» (SN-245-71), «Nurlanish xavfsizligi qoidalari» (NRB 78), «Elektrotexnik moslamalar tuzilishi qoidalari» (PUE), «Portlashdan himoyalangan elektr uskunalarini tanlash qoidalari» (PIVRE), «Bosim ostida qo‗llaniladigan idishlarning tuzilishi va xavfsizligi qoidalari» va boshqalar. Vazirlik, ilmiy tekshirish, loyihalash institutlari o‗zaro hamkorlikda tarmoq qoida va normalarini ishlab chiqib tasdiqlab, ularni bir yoki bir necha tarmoq korxonalarida qo'llash uchun tavsiya etadilar. Oraliq qoida va normalari korxonalarda zaruriyatga qarab bajariladigan ish va jarayonlar uchun xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida tavsiya etiladi. Mehnat muhofazasi bo‗yicha muhim me‘ycriy hujjatlardan biri 1974 - yil 1 - iyuldan amal qilayotgan «Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi»dir (MXST). MXST - bu, mehnat jarayonida insonning sog‗lig‗ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan talablar, me‘yorlar va qoidalarni o‗z ichiga olgan o‗zaro bog‗liq standartlar majmuasidir. U 5 turga bo‗linadi: 1. Tashkiliy - uslubiy standartlar - COST 0.001-82, GOST 12.0.002 -74, GOST 12.0.003-74, GOST 12.0.003 - 79. 2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari - GOST 12.0.003-74. 3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari - GOST 12.2.003-74.4. 4. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari – GOST 12.3.003-74.5. 5. Ishchilarning himoya vositalariga bo‗lgan talablari davlat standartlari - 12.4.001-74.1973 yildan e‘tiboran 300 dan ziyod standartlar tasdiqlanib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling