1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari
Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o‗qitish
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
HFHmajmua
Ishlovchilarni mehnat xavfsizligiga o‗qitish
Hozirgi zamon fan - texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishda zamonaviy, texnologiyalar va mashina-uskunalaming qo‗llanilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, ishlab chiqarish qonuniyatlarini yaxshi tushunishni va unga amal qilinishini talab qiladi. Hozirgi vaqtda ishchiiar xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ko‗plab qoida, norma, yo‗riqnomalar ishlab chiqilgan. Ammo, shunga qaramasdan, ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz hodisalar uchramoqda. Shu sababH sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning xilma-xilligini hisobga olib, o‗zi uchun mos keladigan mehnat xavfsizligini ta‘minlash yo‗riqnomaiari tizirni (MXST) tashkil qilingan. Bu tizimlar ishchilarning xavfsizligini ta‘minlovchi ish usullarini o‗rgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham o‗z ichiga oladi. Ishlab chiqarishda ishchiiar mehnat xavfsizligiga quyidagi yo‗riqnomalar asosida o‗qitiladi Kirish yo‗riqnomasi. Bunda ishga kirayotgan yangi ishchilar kirish yo‗riqnomasidan o‗tkaziladi. Bu yo‗riqnomaning asosiy maqsadi ishga kirayotgan ishchiga mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi to‗g‗risida ma‘lumotlar berish, uni ishlab chiqarish maydoni va sexlardagi tartibqoidalarga o‗rgatishdan iborat. Kirish yo‗riqnomasi xavfsizlik texnikasi muhandisi tomonidaii jihozlangan mehnatni muhofaza qilish xonasida o‗tkaziladi. Kirish yo‗riqnomasini o‗rgatishda mehnatni muhofaza qilish asoslari, ishlab chiqarishda o'rnatilgan ichki tartib-qoidalar, ish joyini tashkil qilish, uskuna qurilmalardan xavfsiz foydalanish qoidalari, baxtsiz hodisalarning oldini olish usullarini tushuntirish, xavfli moddalar bilan ishlash tartibi, jihoz-uskunalarni to‗xtaish usullari, zarur vaqtda ko‗rsatilgan tartibda birinchi yordam ko‗rsatish va boshqa masalalar muhokama etiladi. Kirish yo‗riqnomasidan o‗tkazilgan ishchi bilimi maxsus daftarda qayd qilinadi. Ish joyidagi yo‗riqnoma. Bunday yo‗riqnoma ishchining bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o‗tkazilganda amalga oshiriladi. Ish joyidagi yo‗riqnomada ishchilarga ishchining doimiy ish joyi, xavfli ish jarayonlari, muhofaza qurilmalari va ularning vazifalari, ishni olib borish qoidalari, uskuna, moslamalarning sozlanganligi va yerga ulanganligi, shaxsiy muhofaza vositalarining vazifalari xususida bilim beriladi. Ish joyidagi yo‗riqnomadan o‗tkazilgan ishchilar bilimi tekshirilgach, maxsus daftarga yoziladi va imzo chekiladi, so‗ngra, mustaqil ish yuritishga ruxsat etiladi. Rejali yoki takroriy yo‗riqnoma. Bu yo‗riqnomadan korxonadagi hamma ishchilar (ish staji, kasbi, malakasidan qat‘i nazar) korxona kasaba uyushmasi qo‗mitasi bilan kelishilgan bir vaqtda o‗tkaziladi. Rejadan tashqari yo‗riqnoma. Agar mehnatni muhofaza qilish qoidalarida, texnologik jarayonda, uskuna-moslama tuzilishida, ishlatilayotgan xomashyolarda o‗zgarishlar bo‗lsa, ishchilar xavfli ish usullaridan foydalansa, baxtsiz hodisalar yuz bersa, mehnat intizomi va xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa, avariya sababli baxtsiz hodisa ro‗y bergandan keyin darhol o‗tkaziladi. Kundalik yo‗riqnoma - maxsus ruxsatnoma bilan bajariladigan xavfli ish bajaruvchilarning ish boshlashlaridan oldin o'tkaziladi. Bu yo‗riqnomaning o‗tkazilganligi haqidagi ma‘lumot maxsus-ruxsatnoma qog‗ozida yozib qo‗yiladi. Mehnat muhofazasiga oid qoida va me‘yorlarni buzganlik ucbun javobgarlik Ma‘lumki, ishlab chiqarish korxona rahbarlarini, ishchilarni o‗z ishlariga sovuqqonlik, loqaydlik bilan qarashlari oqibatida mehnat xavfsizligi tartib qoidalari buzilib, baxtsiz hodisalar ro‗y beradi. Baxtsiz hodisaning og‗ir - yengilligi va oqibatlariga qarab 4 xil javobgarlik chora - tadbirlari belgilangan: 1. lntizomiy javobgarlik. Bunda korxonada ishlab chiqilgan sog‗lom va xavfsiz mehnat sharoitlarining buzilishi oqibatida ish rejasining buzilishiga, kasallik, baxtsiz hodisa, zaharlanish va boshqa salbiy hodisalar ro‗y berishi mumkin. Ular uchun intizomiy javobgarlik ta‘sis etilgan. Bu javobgarlik ishchilar uchun: ogohlantirish, xayfsan e‘lon qilish, 3 oy muddat bilan past oylik yoki past lavozimli ishga o‗tkazish, ishdan bo‗shatish javobgarligi qo‗llaniladi. Rahbar shaxslar uchun: ogohlantirish, hayfsan e‘lon qilish, bir yilgacha lavozimni pasaytirish, ishdan bo‗shatish javobgarligi qo‗llaniladi. 2. Ma‘muriy javobgarlik. Bunday javobgarlik asosan mansabdor shaxslarga nisbatan qo‗llaniladi va u 3 turda belgilanishi mumkin: - axloqiy xarakterdagi javobgarlik (ogohlantirish, tanbeh); - mablag' yoki pul undirish javobgarligi (jarima yoki musodara qilish); - shaxsiga taalluqli javobgarlik (vazifasidan chetlatish, axloq tuzatish ishlari, ma‘muriy qamoq jazosi). 3. Jinoiy javobgarlik. Bunday javobgarlikka mehnat xavfsizligi qoidalarining qo‗pol buzilishi natijasida og‗ir jarohatlanish yoki bir necha kishining og‗ir jarohatlanishi, yoki baxtsiz hodisa o‗lim bilan tugasa, qoidani buzishda ayblangan rahbar xodimlar tortiladilar. Jinoiy javobgarlik rahbar xodimni vazifasidan chetlashtirish yoki ma‘lum muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan beigilanadi. 4. Moddiy javobgarlik. Mehnat xavfsizligi qoida va normalarini buzgan ishchi va xizmatchilar korxona ko‗rgan moddiy zararni qoplashga yo‗naltirilgan javobgarlikdir. Moddiy javobgarlik chegaralangan yoki to‗liq javobgarlik tartibida belgilanishi mumkin. Chegaralangan moddiy javobgarlikda korxonaga yetkazilgan zarar korxona rahbari buyrug‗iga asosan ishchi va xizmatchining oyligidan undirib olinadi. Bunda aybdor shaxsning roziligi bilan oyligidan (uchdan biridan oshmaslik sharti bilan) ushlab qolinadi. To'liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo'lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo‗lsa, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda korxonaga keltirgan moddiy zararni ham to‗liq qoplashga majbur qilinadi Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud organlari chiqaradi. Bu holda korxona ma'muriyati tomonidan aybdorlik aybini tasdiqlovchi hujjatlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling