e(e) – old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek shevalarida mavjud: eл, бeл, йeл, кeл;
и(и) – old qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Barcha o‘zbek shevalarida mavjud: иш, тил (Buxoro). бил (Farg‘ona). Ko‘pincha unga ikki nuqta ham qo‘yiladi;
ы(ы) – orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi: қыз, қыйық. Bu unli singarmonizmli o‘zbek shevalarida talaffuzda bor. Bu harfdan soʻng shu unlining cho‘ziqligini ta’kidlsh uchun odatda ikki nuqta qo‘yiladi;
ъ(ъ) – indifferent, shahar shevalarida tarixan и va ы unlilarining birlashishi (konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan tovushni ifoda qiladi, old qator, yuqori-tor, lablanmagan unli. Singarmonizmli shevalarda и unlisining nisbatan qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasini bildiradi: келдъ, йеттъ, бър. Shahar shevalarida barcha bo‘g‘inlarda kela oladi: къргън, қↄлдъ;
ь(ь) – ы unlisining qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasi, orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, faqat singarmonizmli shevalarda qo‘llanadi: бардь, тьғьн, бьқьн;
у(у) – orqa qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek shevalariga xos: бу, ул, ун;
ү(ү) – old qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, singarmonizmli shevalarda va singarmonizmni yo‘qotgan Buxoro, Navoiy, Samarqand shahar shevalarida qo‘llanadi: күл, бүгүн, түн;
o(o) – orqa qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi. Barcha o‘zbek shevalarida talaffuzda bor: oт (adabiy orf. o‘t), қoл (adabiy orf. qo‘l), oқ (adabiy orf. o‘q), тoқ (adabiy orf. to‘q);
Do'stlaringiz bilan baham: |