1-ma’ruza. Kirish. “O‘zbek shevalarining lingvistik tahlili”ning maqsadi va vazifasi
Download 296.03 Kb.
|
lingvistik tahlil metodlari resurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonematik transkripsiya
- Indifferent
- Transkripsion belgi
- 3-ma’ruza. O‘zbek shevalaridan yozib olingan dialektal matnlarlarning lingvistik tahlil qilish zaruriyati
- Dialektologiya
Tayanch tushunchalar:
Dialektolog [диалектолог, dialectologist] – shevashunos, shevani o‘rganuvchi shaxs. Diakritik belgi [диакритические знаки, diacritic mark] – harflarga qo‘shimcha ravishda qo‘yiladigan belgilar, ishoralar. Fonematik transkripsiya [фонематическая транскрипция, phonemic transcription] – tildagi fonemalar talaffuzini belgilab beruvchi yozuv tizimi. Fonetik transkripsiya [фонетическая транскрипция, phonetic transcription] – konkret nutq tovushlarini ifodalaydigan harflar, ishoralar tizimi. Indifferent [индифферент, indifferent] – oraliq tovush. Palatalizatsiya [палатализация, palatalization] – undoshlarning yumshoqlashishi. Transliteratsiya [транслитерация, transliteration] – matnni bir yozuv tizimidan ikkinchisiga o‘girish, masalan, kirildan lotinga. Transkripsion belgi [транскрипционный знак, transcriptional mark] – har bir nutq tovushi uchun qo‘llaniladigan harf yoki ishora. Velarizatsiya [веляризация, velarization] – undoshlarning qattiqlashishi. Takrorlash uchun savollar: Transkripsiya deb nimaga ataladi? Transliteratsiya deb nimaga ataladi? Old qator unlilarini ifodalashda qaysi belgilar qo‘llanadi? Orqa qator unlilarini ifodalashda qaysi belgilardan foydalaniladi? 5. Diakritik belgilar deb nimaga aytiladi? 3-ma’ruza. O‘zbek shevalaridan yozib olingan dialektal matnlarlarning lingvistik tahlil qilish zaruriyati “O‘zbek dialektologiyasi” o‘zbek millati tilining ko‘rinishlari, ya’ni uning shevalari to‘g‘risidagi fandir. Har bir xalq o‘z mahalliy shevalarida muloqot yuritadi, binobarin, xalq o‘z shevasi bilan bir-ga yashaydi va sheva ham xalqning butun borlig‘ini, moddiy va ma’naviy dunyosini, his-tuyg‘ularini ifoda qiladi hamda bu jara-yonda u to‘xtovsiz rivojlanish sari faoliyatda bo‘ladi va boyib boradi. Uning boyligi fonetik, grammatik va leksik sathlarda namoyon bo‘ladi. “O‘zbek dialektologiyasi” fani shevalarimizning barcha qirralari bo‘yicha talabalarda bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qiladi va shu orqali til bilimlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradi. “O‘zbek dialektologiyasi” sotsiolingvistika fanlaridan biri bo‘lib, o‘zbek mahalliy shevalarini o‘rganadi. Dialektologiya so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, shevalar, dialektlar va lahjalar to‘g‘risidagi bilim degan ma’noni bildiradi. O‘zbek dialekto-logiyasi o‘zbek shevalarining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini, uning shakllanish va tarqalish chegaralarini hamda shevalarning faoliyatda bo‘lishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliy-ma’naviy qadriyat hisoblanadi. Aslida ona tili deganda, shevalarni tushunish haqiqatga yaqindir, shuning uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur. Shevalar to‘g‘risidagi fanni o‘rganish talabalarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash imkoniyatini tug‘diradi. Bu borada prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning: “.... o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, shevalari (ta’kid bizniki – A.S.), tarixiy taraqqiyoti, uning istiqboli bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar samarasini oshirish...”2 haqidagi fikri e’tiborlidir. To‘g‘ri, har bir madaniyatli shaxs rasmiy doiralarda o‘zbek adabiy tilida muomala qilishi shart, lekin bu o‘z shevasini unutishi kerak degan ma’noni anglatmaydi. Aksincha, har bir shaxs o‘z fikrini erkin ifodalashda ixtiyor-beixtiyor o‘z shevasi yoki o‘zlashtirgan shevasiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Buning asosiy sababi ona tili – shevasi uning ruhiyatidan mustahkam o‘rin olganligidir. Qayd qilish kerakki, keying davrdagi yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda shevalarga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi va bu ma’naviy boylikni keng o‘rganishga yo‘l ochildi. Dialektologiyaning sohalari. Tasviriy dialektologiya. Har bir tildagi shevalarining muayyan davrdagi holatini o‘rganuvchi fan tasviriy dialektologiya deb yuritiladi. O‘zbek dialektologiyasi hozir tasviriy dialektologiya bosqichidadir. Download 296.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling