1-ma’ruza. Kirish. “O‘zbek shevalarining lingvistik tahlili”ning maqsadi va vazifasi


-ma’ruza. Lingvistik tahlil usul(metod)lari


Download 296.03 Kb.
bet12/51
Sana30.04.2023
Hajmi296.03 Kb.
#1403452
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
Bog'liq
lingvistik tahlil metodlari resurs

4-ma’ruza. Lingvistik tahlil usul(metod)lari.


Lingvistik tahlil - til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni vazifasi va boshqa xususiyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etish, til (nutq) birliklarining aniq holatini belgilash. Masalan, hosildorlikni soʻzida ikki asil til hodisasi mavjud boʻlib, u xuddi shu hodisalar nuqtai nazaridan tahlil etilishi mumkin: 1) soʻz yasalishi hodisasi; 2) shakl yasalish hodisasi (morfologik hodisa). Bu soʻzda ikkita yasama soʻz mavjud boʻlib, soʻz yasalishi tah-lilida har bir yasama soʻzning tarkibi va bu tarkibiy qismlarning mohiyati vazifasi, maʼnosi va shahrik. belgilanadi. Bunda: qosildor yasama soʻz ekani, u soʻz yasalish asosi hosil va soʻz yasovchi dor qoʻshimchasidan iborat tarkibiy kiyem ga egaligi, soʻz yasalish asosi (hosil) ot turkumiga oidligi, dor qoʻshimchasining qaysi turkumga oid soʻzdan qaysi turkumga mansub suz va qanday maʼnoli soʻz yasashi hamda uning boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Hosildorlik yasamasoʻzining taxlili ham xuddi shu tarzda olib boriladi, yaʼni u yasama soʻz ekani, unda hosildor soʻz yasalish asosi, lik suz yasovchi qushimcha ekani, shuningdek, bu qoʻshimchaning maʼnosi va boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Morfologik tahlilda qosildorlik suzining ot ekanligi, -n i qoʻshimchasi shu soʻz (ot)ning tushum kelishik shaklini yasashi, uning maʼnosi va shahrik. qayd etiladi. Lingvistik tahlilning yana quyidagi turlari farqlanadi: 1) leksikologik tahlil; 2) frazeologik taxlil; 3) semasiologik taxlil; 4) fonetik tahlil; 5) imloviy taxlil; 6) orfoe-pik taxlil; 7) morfem taxlil; 8) sintaktik tahlil; 9) punktuatsion tahlil; 10) uslubiy taxlil; 11) etimologik taxlil.


Lingvistik tahlil metodlari Tilshunoslik fanining o’rganish sohasi bo’lgan tilni har tomonlama tahlil qilish Fan taraqqiyotiga mos metodlarni taqozo etadi. Har bir sohani tahlil etuvchi har qanday metod quyidagi talablarga javob berishi lozim.1.Metod obyektiv bo’lmog’i kerak . Metodning qo’llanish vaqti va o’rnidan qat’iy nazar , natija bir xil bo’lishi lozim . Subyektiv yondashuvlar metod qiymatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi . 2 . Metod izchil bo’lishi , aniq tushunchalarga asoslanishi lozim .3 . Metod universal bo’lishi , ya’ni sohaning asosiy bo’limlanishi (kamida to’rtta) tahlil qila olishi kerak . 4 . Metod foydalanish mumkin bo’lgan darajada sodda bo’lishi lozim .Tilshunoslikda talab darajasida bo’lgan bir necha metod qo’llanadi . Bu metodlar xarakteriga ko’ra ikki xil :
umumiy metodlar
lingvistik tahlil metodlari
Lingvistik tahlil metodlari tilshunoslikning o’zi uchungina xos bo’lib , shu fanga doir ilmiy xulosalar berishga xizmat qiladi. Hozirgi zamon tilshunosligida lingvistik tahlil uchun quyidagi metodlar qo’llanadi;
tarixiy – qiyosiy metod;gap bo’laklari metodi;
substitusiya (almashtirish) metodi;
distributiv metod;
ma’no ko’lamini tahlil qilish metodi.
statistik tahlil metodi;
tranformatsion metod;
tarkibiy qismlarga ajratish metodi;
STATISTIK METOD
Statistik tahlil tilning barcha qatlamlarida birdek qo'llanishi sababli universal uslub hisoblanadi. Bu uslub transformatsion tahlil kabi tushuntirish qobiliyatiga ega bo'lmasa-da, nutqda til elementlari va til hodisalarining ishlatilish darajasini aniq ko'rsatib beradi. Hozirgi zamon tilshunosligi til hodisalarini faqat sifat tomonidan emas, balki miqdor jihatidan ham chuqur o'rganishni taqozo etadi. Ma'lumki, miqdor o'zgarishi sifat o'zgarishi bilan uzviy bog'liqdir.Til va nutq hodisalarining ishlatilish darajasi bir xil emas. Til hodisalarining statistik xususiyati lug'aviy ma'lumotlarga asoslanadi. Tillardagi so'z turkumi miqdor jihatdan o'rganilganda otlar lug'at tarkibining 50-60 %, fe'l 20-25 %, qolgan so'z turkumlari taxminan 15-20 % ni tashkil etishi aniqlangan.
Nemis tilidagi otlarda jins kategoriyasi borligi ma'lum. Uchta jinsning bu tildagi nisbati quyidagicha:maskulin jinsdagi otlar - 38 %
feminin jinsdagi otlar - 45 %
neytral jinsdagi otlar - 17 %
Statistik usul
Bu usul asosan har xil katta-kichiklikdagi matnlarda ayrim-ayrim lisoniy hodisalsrning ( tovush, harf, bo`gin, so`z, olinma va o`zlashmalar, yangi va eskirayotgan so`z-u qo`shimchalar, har xil qurilmalar v. h. ) qo`llanilish miqdorini aniqlash uchun qo`llaniladi. Bu usul tadqiqotchini qiziqtirgan hodisa, uning xillarining ma`lum bir turdagi matnda ishlatilish miqdorini sanash va mutanosiblik (proporsiya) asosida qo`llanilish chastotasini aniqlashga xizmat qiladi. Uning natijalari til ta`limida lisoniy birliklarning berish tartibini va bosqichlarini belglashda, lug`at, qo`llanma va mashina tarjimasi dasturlarini tuzishda juda ham foydalidir.
Bu usul fahmiy-nominalistik-materialistik metodologiyaga tayanadi.
O`zbek tilshunosligida statistik tahlil usullari bilan jiddiy shug`llangan olimlar Ilya Kissen (adabiy nutqda faol so`zlar chfstotasi), Bahrom Bafoyev (Mir Alisher Navoiy asarlari leksikasi) va Sunnatilla Rizayevlardir (harf, tovush, so`zlar chastotasi). O`zbek tili tarixiy yodgorliklarining, ayrim adiblar asarlarining lisoniy xususiyatlari tavsifiga bag`ishlangan kopgina ishlarda statistik usuldan keng foydalaniladi.
Eksperimental (instrumental) fonetik tahlil usuli
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan va fizikaning akustika, rentgenologiya bo`limlari inkishofi naijasida tovushning baland-pastligini, cho`ziq-qisqaligini o`lchaydigan ossilograf, ogiz bo`shlig`idagi nutq organlari harakatining aksini beradigan palatograf va rentgenograflarnng ixtirosi bilan uzviy bog`liqdir. Bu asboblar yordamida nutq tovushlari, urg`u va ohangning turli o`rinlarda tallaffuz xususiyatlari haqida aniq ma`lumotlar fizikaviy birliklarda olinadi. Bunday tadqiqotlar mohiyatan fizikaning akustika bo`limi tajriba-sinov uslublari asosida ish tutadi.

Download 296.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling