Diakritik belgilar:
: (ikki nuqta) – tovushning cho‘ziqligini bildiradi;
׳ (akut) – belgining o‘ng tomoniga qo‘yilsa, tovushning palatalizatsiyani, chap tomoniga qo‘yilsa, velarizatsiyani bildiradi;
> va < – bir tovushning ikkinchisiga o‘tishini ko‘rsatadi;
II (parallel chiziq) - ikki tovush yoki so‘zning parallel qo‘llanishiga ishora qiladi;
( ) – qavs ichidagi harf ifodalagan tovushning ba’zan nutqda talaffuz qilinmasligini bildiradi;
[ ] - katta qavs matndagi bo‘g‘in, so‘z, transkripsiya qilingan so‘zlarni ajratib ko‘rsatishga xizmat qiladi yoki respondentdan yozib olingan matndagi noaniqliklarning dialektolog tomonidan tiklanganligini bildiradi, masalan: [Tülki] … nimägä romālni āldiηiz ... Bu o‘rinda fikr egasini bidirgan so‘z katta qavs ichiga olib ko‘rsatilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, keyinchalik matn bayonida zarur o‘rinlarda so‘z va grammatik ko‘rsatkichlarning adabiy tildagi va turkologiyadagi (ba’zan kirill yozuvi asosidagi) transkripsiyasi keltirilib boriladi.
Bu quyidagicha ko‘rinishda aks ettiriladi (6-rasm):
1-rasm. O‘zbek adabiy tili, yangi va an’anadagi transkripsiyada so‘zlarning berilish tartibi1
Do'stlaringiz bilan baham: |