1-ma’ruza. Kirish. “O‘zbek shevalarining lingvistik tahlili”ning maqsadi va vazifasi


Download 296.03 Kb.
bet1/51
Sana30.04.2023
Hajmi296.03 Kb.
#1403452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
lingvistik tahlil metodlari resurs


1-ma’ruza. Kirish. “O‘zbek shevalarining lingvistik tahlili”ning maqsadi va vazifasi

“O‘zbek dialektologiyasi” fanini o‘rganishdan maqsad o‘zbek shevalarining eng muhim xususiyatlari – fonetik, leksik, morfologik va, qisman, sintaktik xususiyatlari hamda areal lingvistika (lingvistik geogra-fiya) haqida talabalarga zaruriy bilimlarni berishdir. Bu esa quyidagi vazifalarni keltirib chiqaradi:


- talabalarga o‘zbek dialektologiyasi bo‘yicha zaruriy bilimlarni berish va, shu jumladan, fanning tayanch tushunchalari bilan tanishtirish;
- o‘zbek shevalarining fonetik, leksik va grammatik qurilishi haqida ma’lumot berish;
- jahon tajribasidagi dialektologik bilimlar bilan qurollantirish;
- shevalarni yozib olishda qo‘llanadigan transkripsiya tizimini o‘rgatish hamda dialektologiyada qo‘llanadigan metodlarni o‘zlash-tirish va sheva vakillaridan sheva xususiyatlarini yozib olish mala-kasini hosil qilish;
- shevalarning tasnif qilinishi va uning tarixini o‘rganish;
- adabiy til va sheva munosabatlari to‘g‘risida zaruriy bilimlarni berish;
- shevalar adabiy tilni boyitishning asosiy manbasi, dialektizm-lar badiiy adabiyotda mahalliy koloritni hosil qiluvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi bilimlarini takomillashtirish;
- har bir lahjaning eng muhim xususiyatlari bo‘yicha bilimlarni shakllantirish;
- maktab va akademik litseylar ta’limida dialektal xatolarning oldini olishga nazariy va amaliy tayyorlash.
Fanning nazariy va amaliy ahamiyati. O‘zbeklar hozirgi O‘zbekiston Respublikasi, Markaziy Osiyo mamlakatlarida, Afg‘oniston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Xitoy Uyg‘uristonida va boshqa mamlakatlarda istiqomat qiladilar. Albatta, ularning tili o‘zbek tili bo‘lsada, o‘ziga xos mahalliy xususiyatlarga ega.
O‘zbek shevalari o‘zbek tilining mahalliy ko‘rinishlari bo‘lib, uni o‘rganish filologiya fani uchun nazariy ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, shevalar o‘zbek milliy tilining tarkibiy qismi sifatida adabiy tilning shakllanishi uchun material asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun shevalar fan asoslarida nazariy o‘rganilishi zarur. Hozirga qadar milliy tillar bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar u yoki bu darajada shevalar ma’lumotlarisiz amalga oshirilmaydi. Jumladan, hozirgi o‘zbek tilidagi fonetik jarayonlar to‘g‘risida fikr yuritilganda, ya’ni assimilatsiya, dissimilatsiya, metateza, eliziya va boshqa jarayonlar sheva materiallari asosida tushuntiriladi. Bu faqat fonetikada amalga oshirilmaydi, balki til tuzilmasining barcha xususiyatlarini qayd qilish va asoslashda sheva faktlari e’tiborga olinadi yoki nazarda tutiladi.
Shevalar to‘xtovsiz rivojlanib boradi, bu esa shevalarning doimiy ravishda nazariy jihatdan o‘rganib borishni taqazo etadi va ilmiy-nazariy ahamiyatini keltirib chiqaradi.
O‘zbek shevalarini o‘rganish amaliy ahamiyatga ham ega. “O‘zbek dialektologiyasi” fani bilimlari umumiy oʻrta ta’lim jarayonida ham zarur. Bo‘lajak til va adabiyot o‘qituvchisi uchun bu fanning bilimlari amaliy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, albatta, o‘quvchilarga adabiy til namunalarini singdirish chog‘ida zarur bo‘ladi. Barchaga ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim o‘qituv-chilari bevosita sheva vakillari bo‘lgan o‘quvchilar bilan birga faoliyat yuritadi. Bunda ona tili va adabiyot o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqida adabiy til normalarini tarkib toptirish bo‘ladi. Buning uchun esa u aholi shevasining xususiyatlarini, uning nazariy asoslarini, shevalarning adabiy til bilan munosabatini yaxshi bilishi asosida o‘quvchilar nutqidagi shevaga xos unsurlarning tabiatidan kelib chiqib, ularda adabiy til ko‘nikmalarini hosil qilishi mumkin bo‘ladi. Til madaniyati o‘quvchilarda maktabdan boshlab shakllantirilishi kerak. O‘quvchi ham qayerda adabiy tildan, qayerda o‘z shevasidan foydalanishga o‘rgatib borilishi lozim. Adabiy til me’yorlarini o‘zlashtirish o‘z shevasini unutish hisobiga amalga oshirilishi mutlaqo mumkin emas. Shuni aytish lozimki, bu o‘rinda o‘quvchilarning o‘z shevalarida o‘quv jarayonidan boshqa vaqtlarida gaplashish erkinligini bo‘g‘ib qo‘yishga yoʻl qoʻyil-maydi. Sheva ham milliy boyligimiz hisoblanadi, lekin ta’lim jarayonida, ommaviy majlislarda, bir necha sheva vakillari uchrashgan joyda, nutq so‘zlashda adabiy til me’yorlaridan chiqib ketmaslikni ta’kidlash zarur bo‘ladi.

Download 296.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling