1-ma’ruza. Kirish. “O‘zbek shevalarining lingvistik tahlili”ning maqsadi va vazifasi
Download 296.03 Kb.
|
lingvistik tahlil metodlari resurs
ө(ө) – old qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi: бөл (bo‘lmoq – ajratmoq), көл, ҳөнǝр (hunar). Singarmonizmli o‘zbek shevalari va Buxoro, Navoiy, Samarqand shahar shevalarida qo‘llanadi;
є(є) – unlisi ä va e unlilari o‘rtasida talaffuz qilinadi, old qator, o‘rta-keng, lablanmagan: кє(л) (Iqon), гєл (Xorazm). Bu ma’lumot ko‘rsatilgan shevalarda o‘z kuchini yo‘qotmoqda, faqat Namangan shahar shevasida saqlanib qolmoqda: nєmє (nima), qєnєqє (qanaqa), Hєlmǝxↄn єttǝmǝn kemєdъ (Halimaxon erta bilan kelmadi). Undosh tovushlarda qo‘llaniladigan transkripsion belgilar. Undosh tovushlarni ifodalashda fanda kirill yozuvidagi undoshlarni ifodalovchi harflardan foydalanilgan. Ular, deyarli, o‘zgarishsiz transkripsiya uchun qabul qilingan. Shunga qaramasdan, ayrim undoshlarni farqlash va o‘ziga xosligini belgilashda transkripsion belgilardan foydalanilgan. Ular quyidagilarda ko‘rinadi: дж – qorishiq portlovchi tovushni ifodalaydi; ң - sonor, burun tovushini bildiradi, adabiy orfografiyasi -ng/ng; v - lab-tish tovushini ifoda qiladi; w - lab-lab tovushini ifodalaydi, cyw, qywmaq kabi so‘zlarda uchraydi; f - lab-lab tovushini ifoda qiladi, aksariyat o‘rinlarda turkiy taqlidiy so‘zlarda qo‘llanadi. Undoshlar transkripsiyasidagi bu belgilar juda ham qat’iy emas, matnlarda w ornida v harfini, f ornida ф harfini ishlatish an’anasi bor.
Yangi transkripsiyada undoshlar quyidagi harflar bilan ifodalanadi: b, d, f, g, h, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, z. Shuningdek, turkologiya transkripsiyasidagi γ (amaldagi g‘ o‘rnida), š (amaldagi sh o‘rnida), č (amaldagi ch o‘rnida), j (amaldagi y o‘rnida), η (amaldagi ng o‘rnida), ǯ (amaldagi j o‘rnida) harflari olindi. Download 296.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling