1-ma’ruza. Kirish. “O‘zbek shevalarining lingvistik tahlili”ning maqsadi va vazifasi


Download 296.03 Kb.
bet4/51
Sana30.04.2023
Hajmi296.03 Kb.
#1403452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
lingvistik tahlil metodlari resurs

5-rasm. Transkripsiya
Transkripsiyani transliteratsiyadan farqlash zarur. Transliteratsiya bir til doirasida bir yozuv tizimidagi matnlarni ikkinchi yozuv tizimiga o‘girishni bildiradi. Masalan, arab yozuvidagi matnlarni kirilga, kirildan lotin yozuvi asosidagi o‘zbek yozuvga ko‘chirish transliteratsiyadir.
Transkripsiyaning fonetik va fonematik turlari bor. Fonematik transkripsiya tildagi fonemalarning talaffuz normalarini belgilaydi hamda yuqorida ta’kidlanganidek, bunday transkripsiya xorijiy tillarni va til tarixini o‘rganishga joriy etiladi. Fonetik transkripsiya esa nutqdagi fonemaning variatsiyasi bo‘lgan konkret nutq tovushlarini yozib olishda qo‘llaniladi. Bu transkripsiyadan shevalarni o‘rganishda foydalaniladi.
Translatsiya tushunchasi ham bor. U bir yozuvdagi matnning ikkinchi yozuvga kompyuter dasturi vositasida o‘girilishini bildiradi.
Transkripsiya uchun, odatda, har bir tilda amalda bo‘lgan yozuv asos qilib olinadi, lekin joriyda bo‘lgan yozuvdagi harflar transkripsiya tizimi uchun yetarli bo‘lavermaydi. Shu jumladan, joriy o‘zbek alifbosidagi harflar ham o‘zbek shevalarini yozib olishda uning turli fonetik xususiyatlarini ko‘rsatish uchun yetarli emas, shu tufayli ham mavjud harflarga qo‘shimcha belgilar qo‘yiladi, ba’zan esa boshqa yozuv tizimidan harf qabul qilinadi. Demak, sheva materiallarini yozib olish chog‘ida har bir dialektolog ijodiy yondashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yangi o‘zbek transkripsiyasi. Bunda ko‘p yillardan beri turkologiyada qo‘llanib kelinayotgan transkripsiya tizimiga asoslanildi. Bundan buyon dialektologiya bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilarga lotin alifbosi asosidagi quyidagi transkripsiya tizimidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Unli tovushlarni ifodalashda ishlatiladigan transkripsion belgilar. Unli tovushlar barcha tillarda ham ko‘p qirrali bo‘lib, u o‘zbek shevalarida, ayniqsa, fiziologik jihatdan rang-barangdir. Unlilarni ifoda qilishda o‘zbek dialektologiyasida quyidagi belgilar-dan foydalaniladi:

Download 296.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling