1-ma’ruza. Kirish. “O‘zbek shevalarining lingvistik tahlili”ning maqsadi va vazifasi
Download 296.03 Kb.
|
lingvistik tahlil metodlari resurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shevalardagi konkret nutq tovushlarini, ya’ni fonemaning variatsiyalari, variantlarini yozuvda ifodalash uchun qo‘llaniladigan harflar, ishoralar sistemasiga transkripsiya deyiladi
Lingvistik tahlil metodlari Tilshunoslik fanining o’rganish sohasi bo’lgan tilni har tomonlama tahlil qilish Fan taraqqiyotiga mos metodlarni taqozo etadi. Har bir sohani tahlil etuvchi har qanday metod quyidagi talablarga javob berishi lozim.1.Metod obyektiv bo’lmog’i kerak . Metodning qo’llanish vaqti va o’rnidan qat’iy nazar , natija bir xil bo’lishi lozim . Subyektiv yondashuvlar metod qiymatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi . 2 . Metod izchil bo’lishi , aniq tushunchalarga asoslanishi lozim .3 . Metod universal bo’lishi , ya’ni sohaning asosiy bo’limlanishi (kamida to’rtta) tahlil qila olishi kerak . 4 . Metod foydalanish mumkin bo’lgan darajada sodda bo’lishi lozim .Tilshunoslikda talab darajasida bo’lgan bir necha metod qo’llanadi . Bu metodlar xarakteriga ko’ra ikki xil :
umumiy metodlar lingvistik tahlil metodlari Lingvistik tahlil metodlari tilshunoslikning o’zi uchungina xos bo’lib , shu fanga doir ilmiy xulosalar berishga xizmat qiladi. Hozirgi zamon tilshunosligida lingvistik tahlil uchun quyidagi metodlar qo’llanadi; tarixiy – qiyosiy metod;gap bo’laklari metodi; substitusiya (almashtirish) metodi; distributiv metod; ma’no ko’lamini tahlil qilish metodi. statistik tahlil metodi; tranformatsion metod; tarkibiy qismlarga ajratish metodi; STATISTIK METOD Statistik tahlil tilning barcha qatlamlarida birdek qo'llanishi sababli universal uslub hisoblanadi. Bu uslub transformatsion tahlil kabi tushuntirish qobiliyatiga ega bo'lmasa-da, nutqda til elementlari va til hodisalarining ishlatilish darajasini aniq ko'rsatib beradi. Hozirgi zamon tilshunosligi til hodisalarini faqat sifat tomonidan emas, balki miqdor jihatidan ham chuqur o'rganishni taqozo etadi. Ma'lumki, miqdor o'zgarishi sifat o'zgarishi bilan uzviy bog'liqdir.Til va nutq hodisalarining ishlatilish darajasi bir xil emas. Til hodisalarining statistik xususiyati lug'aviy ma'lumotlarga asoslanadi. Tillardagi so'z turkumi miqdor jihatdan o'rganilganda otlar lug'at tarkibining 50-60 %, fe'l 20-25 %, qolgan so'z turkumlari taxminan 15-20 % ni tashkil etishi aniqlangan. Nemis tilidagi otlarda jins kategoriyasi borligi ma'lum. Uchta jinsning bu tildagi nisbati quyidagicha:maskulin jinsdagi otlar - 38 % feminin jinsdagi otlar - 45 % neytral jinsdagi otlar - 17 % Statistik usul Bu usul asosan har xil katta-kichiklikdagi matnlarda ayrim-ayrim lisoniy hodisalsrning ( tovush, harf, bo`gin, so`z, olinma va o`zlashmalar, yangi va eskirayotgan so`z-u qo`shimchalar, har xil qurilmalar v. h. ) qo`llanilish miqdorini aniqlash uchun qo`llaniladi. Bu usul tadqiqotchini qiziqtirgan hodisa, uning xillarining ma`lum bir turdagi matnda ishlatilish miqdorini sanash va mutanosiblik (proporsiya) asosida qo`llanilish chastotasini aniqlashga xizmat qiladi. Uning natijalari til ta`limida lisoniy birliklarning berish tartibini va bosqichlarini belglashda, lug`at, qo`llanma va mashina tarjimasi dasturlarini tuzishda juda ham foydalidir. Bu usul fahmiy-nominalistik-materialistik metodologiyaga tayanadi. O`zbek tilshunosligida statistik tahlil usullari bilan jiddiy shug`llangan olimlar Ilya Kissen (adabiy nutqda faol so`zlar chfstotasi), Bahrom Bafoyev (Mir Alisher Navoiy asarlari leksikasi) va Sunnatilla Rizayevlardir (harf, tovush, so`zlar chastotasi). O`zbek tili tarixiy yodgorliklarining, ayrim adiblar asarlarining lisoniy xususiyatlari tavsifiga bag`ishlangan kopgina ishlarda statistik usuldan keng foydalaniladi. Eksperimental (instrumental) fonetik tahlil usuli X1X asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan va fizikaning akustika, rentgenologiya bo`limlari inkishofi naijasida tovushning baland-pastligini, cho`ziq-qisqaligini o`lchaydigan ossilograf, ogiz bo`shlig`idagi nutq organlari harakatining aksini beradigan palatograf va rentgenograflarnng ixtirosi bilan uzviy bog`liqdir. Bu asboblar yordamida nutq tovushlari, urg`u va ohangning turli o`rinlarda tallaffuz xususiyatlari haqida aniq ma`lumotlar fizikaviy birliklarda olinadi. Bunday tadqiqotlar mohiyatan fizikaning akustika bo`limi tajriba-sinov uslublari asosida ish tutadi. 2-ma’ruza. Transkripsiya va transliteratsiya. Transkripsiya lotincha qayta yozish degan ma’noni bildiradi. Transkripsiyaning ta’rifi: Shevalardagi konkret nutq tovushlarini, ya’ni fonemaning variatsiyalari, variantlarini yozuvda ifodalash uchun qo‘llaniladigan harflar, ishoralar sistemasiga transkripsiya deyiladi (5-rasm). Bu ta’rif ayni o‘rinda fonetik transkripsiyani anglatadi, chunki konkret nutq tovushini yozib olishda fonetik transkripsiyadan foydalaniladi. Transkripsiya qo‘llanish doirasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1. Xalqaro transkripsiya. Bu transkripsiya lotin alifbosiga asoslanadi. Bu transkripsiya, masalan, ingliz tilini o‘rganish jarayo-nida qo‘llanilmoqda. 2. Milliy transkripsiya. Bu transkripsiya har bir milliy tilning amalda bo‘lgan yozuvi tizimiga asoslanadi. O‘zbek shevalarini yozib olishda qo‘llanilgan transkripsion tizim professor V. V. Reshetov tomonidan ishlab chiqilgan va u rus alifbosi asosidagi o‘zbek grafikasiga asoslangan, lekin o‘zbek dialektologlari, garchand, V. V. Reshetov transkripsiyasidan foydalanishsalar-da, shevalarni yozib olishda har doim ham unga to‘la rioya qilishmaydi, chunki shevalardagi tovushlarni belgilashda har bir tadqiqotchi ma’lum darajada erkinlikka ega bo‘ladi. Transkripsiya xorijiy tillarni va til tarixini o‘rganishda ham qo‘llaniladi. Bu xorijiy tillardagi va yodgorliklardagi u yoki bu fonemaning talaffuz (artikulatsion-akustik) me’yorini belgilash zaruriyatidan kelib chiqadi. Download 296.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling