a(a) – umumturkiy, orqa qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi. Singarmonizmni saqlagan o‘zbek shevalari uchun xarakterlidir. Masalan, qipchoq shevalarida: ana, ata, bala;
ä (ä) – aksariyat turkiy tillarda qo‘llanadi va old qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi: äkä, änä, jäšä. Bu unli barcha o‘zbek shevalarida qo‘llanadi;
ā (ā)– orqa qator, quyi-keng, qisman lablangan unlini ifoda qiladi. Shahar va shahar tipidagi shevalarda keng qo‘llanadi: āl, āš, bāl;
e (e) – old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek shevalarida mavjud: el, bel, jel, kel;
i (i) – indifferent, shahar shevalarida tarixan i: va ï: unlilarining birlashishi (konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan tovushni ifoda qiladi, old qator, yuqori-tor, lablanmagan unli. Singarmonizmli shevalarda i: unlisining nisbatan qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasini bildiradi: keldi, jetti, bir;
Shahar shevalarida barcha bo‘g‘inlarda kela oladi: kirgin, bārdi;
i: (i:) - old qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Barcha o‘zbek shevalarida mavjud: i:š, ti:l (Buxoro). bi:l (Farg‘ona). Ko‘pincha unga ikki nuqta ham qo‘yiladi;
ï: (ї:) - orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi: qї:z, qї:jїq. Bu unli singarmonizmli o‘zbek shevalarida talaffuzda bor. Bu harfdan soʻng shu unlining cho‘ziqligini ta’kidlsh uchun ko‘pincha ikki nuqta qo‘yiladi;
ї (ї) – ї: unlisining qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasi, orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, faqat singarmo-nizmli shevalarda qo‘llanadi: bardї, tїγїn, bїqїn.
Do'stlaringiz bilan baham: |