1-Ma’ruza: Kirish. Yordamchi tarix fanining tarix fanini o`rganishdagi ahamiyati va vazifalari


Download 66 Kb.
bet5/5
Sana24.11.2021
Hajmi66 Kb.
#176810
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 maruza

Diplomatika (grek. Diploma - ikki buklangan kog'oz, hujjat) rasmiy hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish bilan shug'ullanadi.

Genealogiva (Shajarashunoslik) «grekcha» urug'dosh, inson nasablarini kelib chiqishini tahlil qilish, o'rganish bilan shug'ullanadi. Shajara-arabcha (daraxt) inson nasablari va qon - qarindoshlik aloqalarining majmui.

Geraldika (lotin. Gerold - gerb, belgi, nishon qadimiy gerblar) turli-tuman nishonlar va belgilarni ( masalan qadimiy turkiy qabilalarning tamg'alarini o'rganadi.)

Sfragistika (grek spragis - muhr) qadimiy muhrlar, podsholar, xonlar, amirlar va qozilarning muhrlari va ularning yozuvlarini tekshiradi.

Epigrafika (grekcha epi - ustida, teppasida, grafo - yozuv, biron predmet ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog'och va boshqa qattiq predmet ustiga uyib bitilgan qadimgi yozuvlarni o' rganadi.

Numizmatika (grek. Numizma - pul) qadimiy pullarning kelib chiqishi, tarixi, material turi, shakli, vazni, yozuvlari va zarb etilgan joyi, vaqtini o'rganadi.

Metrologiya (grek. Metron - o'lchov, logos - tushuncha bilim : o'lchovlar haqida tushuncha, o'tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo'lgan ogirlik, masofa va satih o'lchovlarini o'rganadi.

Xronologiya (grek. Xronos - vaqt, logos - tushuncha bilim ; vaqt haqida tushuncha) hadimiy xalqlar va mamlakatlarda amalda bo'lgan yil hisobi va taqvim (kalendarlar) ni o'rganuvchi soha.

Toponimika – qadimgi va tarixiy joy nomlarini, ularning ma'no-mazmunini tadqiq qiluvchi fan sohasi.

Kartografiya – qadimiy, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy, tabiiy, harbiy, dengiz, mahfiy va turli xaritalarni va xaritashunoslik tarixini o’rganuvchi fan sohasi.

Onomastika - (grekcha so'z bo'lib «onoma-ism, nom» ma'nosini anglatadi.) tarixiy ismlar, tarixiy joy atamalari, qadimgi havonlar nomlari, osmon jismlarining nomlari, xadolar nomlari va boshqalarni o’rganuvchi soha.

  • Lingvistika – qadimgi va tarixiy xalqlar, elatlar, millatlar tillarini o’rganuvchi fan sohasi.

Kriptografiya – mahfiy (yashirin) yozuvlarni o’rganuvchi fan sohasi

  • Etnografiya – qadimgi va tarixiy xalqlar, millatlar va elatlarning kelib chiqishi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, an'ana va marosimlarini o’rganuvchi fan sohasi.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling