1-Ma’ruza: Kirish. Yordamchi tarix fanining tarix fanini o`rganishdagi ahamiyati va vazifalari


Download 66 Kb.
bet4/5
Sana24.11.2021
Hajmi66 Kb.
#176810
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 maruza

4. MA’RUZANING ASOSIY MASALALARI:

1. Yordamchi tarix fanining maqsadini, ta'lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod va usullari

2.Yordamchi tarix talabalarni milliy g’oyasi ruhida tarbiyalash va kamol toptirishdagi roli

3. Yordamchi tarix fanini innovatsion innovatsion texnologiyalar asosida yoritishning pedagogik asoslari



Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Muammoli ma’ruza, kirish, pinbord, aqliy hujum,

kompyuter, grafikli tashkil etuvchilar.

Tarixning mazmun va mohiyatini o’rganishda tadqiqotchi asosiy manbalar bilan birga qator maxsus va yordamchi tarix fanlarini. Jumladan, xronologiya, numizmatika, metrologiya, paleografiya, toponimika, tarixiy geografiya, sfragistika, geneologiya kabi fanlarini chuqur bilishi zarur. Ushbu sohalar alohida o’z ilmiy yo’nalishiga ega bo’lib, bir-biri bilan uzviy bog’langan va manbashunoslikni tashkil etadi va tarixni chuqur o’rganishga qaratilgan. Mazkur fanlarni an’anaviy tarzda “YOrdamchi tarix fanlari” deb ataymiz. YOrdamchi tarix fanlariga nisbatan “Maxsus tarixiy fanlar” iborasi ham qo’llaniladi.

Demak, YOrdamchi tarix fanlari o’zaro bog’liq holda bir-birini to’ldirsa-da, ularning har bir sohasining o’z predmeti, maqsad va vazifalari, yo’nalishi, tadqiqot metodlari mavjud. Bugungi kunda yuqorida qayd qilingan fanlar alohida mustaqil rivojlanmoqda.

Yordamchi tarix fanlari tarix fanini o'rganishda yordamchi manbalar hisoblanadi. Bu fan tarix fanining yordamchi sohalari bo'lmish; poleografiya, diplomatika, genalogiya geroldika, sfragnetika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya buyruqlariga tayanadi. Shular asosida tarixiy voqea va hodisalarni mohiyatini haqqoniy, holisona yoritishga ko'maklashadi. Quyida shu yordamchi sohalarning vazifasi, maqsadi haqida to'xtalib o'tamiz. Xronologiya so'zi grekcha so'z xronos-vaqt, logos - so'z, o'rganish aniqrog'i vaqt haqida so'z, o'rganish ma'nosini anglatadi. Xronologiya fan sifatida ikkiga bo’lib o'rganilad:

1. Astranomik (matematik ) xronologiya. Bu aniq astronomik vaqtni aniqlash, astronomik hodisalar va fazoviy jismlar harakatlari vaqtini aniqlaydi.

2. Tarixiy- qadimgi va hozirgi xalq va elatlarning turli taqvim va kalendarlarining shakllanishini va o’zgarish qonuniyatlarini aniqlaydi.

Xronologiya Sharqning qadimgi davlatlarida vujudga kelgan. Uning rivojlanishi qadimgi Misr, Gretsiya va Rimda kuzatilgan. Qadimgi xronologiya bilan ilk shug'ullangan olimlar gerek olimlaridan Eratosfen, Ptolomey, Kallip, Rim mutafakkirlaridan Varronlarni kiritishimiz mumkin.

Klavdiy Ptolomeyning «Geografiya» asari o'zida boy tarixiy manbalarni mujassamlashtirgan. U «Podsholarning xronologik qonuni»ni tuzgan. Rimlik Mark Terensiy Varrdn (er avv 116-27 yillar) xronologiya faniga katta hissa qo'shdi. U Rimda konsul vazifasida ishlagan. Qomusiy olim bo’lgan. 600 dan ziyod kitob yozgan.

Xronologiyaning keyingi istiqboli o'rta asrlarda yuz berdi. Sharqning qomusiy olirni Abu Rayhon Beruniy, ingliz solnomachisi Veda Dostopochtenniy katta hissa qo'shgan.

XVI asrda xronologiya fan sifatida vujudga keladi. XVII asrda fransuz olimi Jozef Skaliger (1540-1609 y) tarixiy xronologiyaga sistematizasiyani olib kirdi, tarjima usullarini ishlab chiqardi. Bu solnomalarni chuqur o'rganish, vaqtni aniqlashga yordam beradi.Uning “Vaqt hisobining o’zgarishi” (1583 y) va “Vaqtlar xazinasi” (1606y) kabi buyuk asarlari astranomik va tarixiy xronologiya masalalarini tadqiq qilishda muhim manbalardan hisoblanadi.

XVIII asrda Skaliger ma'lumotlari Frantsuz olimlari Klemense, d’Antina, Dyuranning “Vaqtni aniqlash san'ati” nomli 44 tomdan iborat asarlar to’plami yaratildi.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ilmiy xronologiya o’zining rivojlangan cho’qqisiga ko’tarildi. Bu davrda nemis astronomi va xronologi Xristian – Lyudvig Ideler, F.Ginsel, X.Grotofend, F.Ryulya fransuz olimlari A.Jiri rus olimlari S.I.Seleshnikova, I.A.Klimishina, ye.I.Kamenseva v boshqalar ham xronologi fanlariga munosib hissalarini qo’shganlar.

Qadim zamonlardan buyon odamlar ilk jamiyat rivojlanish bosqichlarida vaqt hisobi kun va tunning almashishini kuzatib vaqtnni belgilashga harakat qilganlar. Bu zaruriy ehtiyoj edi. Masalan, Nil daryosi bo'yida yashagan xalqlar kun, oy, yil va fasllarni bilishlari shart bo'lgan. Shu bilimga tayanib daryoning ko'tarilishi, suv bosishi yoki qay paytda don ekish, urish lozimligini bilishlari shart bo'lgan. Shunga ko'ra kalendarlar ishlab chiqilgan. Tarixdan tabiat hodisalari bilan bogMiq 3 turdagi kalendar mavjud. Oy kalendari, Oy - quyosh kalendari, Quyosh kalendari.

Kalendar lotincha “qarz daftari” ma’nosini anglatadi Qadimgi Rimda olingan qarz yuzasidan har yangi oyning birinchi kunida foiz to'langan. Shunga qarab kalendarlar oy, oy-quyosh va quyosh kalendariga bo’lingan

Abu Rayhon Beruniy Movarounnahr otashparastlari, ya’ni Xorazm va So’g’d aholisi ishlatadigan oylarni bayon etadi. Movarounnahr kalendaridagi oylarning soni va yilning uzunligiga ko’ra eronliklar kalendariga o’xshashi, faqat oylarning boshlanishi orasida farq borligini ko’rsatib o’tadi. Olim xorazmliklar kalendaridagi kunlarning nomlarini ham keltirib o’tadi. Xorazmliklar “isfandorajiy” (o’n ikkinchi) oyining oxiriga qo’shiladigan ortiqcha besh kunning birinchisini oyning birinchi kuni nomi bilan atab, qolgan kunlarga ham birin-ketin kelgan kunlarning nomlarini berishlarini aytgan.

“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridan turkiy xalqlarning o’n ikki hayvon nomi bilan ataluvchi muchal kalendari va ularning nomlari haqida ham ma’lumot bor. Eronliklar kalendaridagi o’n ikkita oy nomini ham uchratish mumkin. Eronliklar kalendarida har bir oy 30 kundan hisoblanib, qo’shimcha 5 kun o’n ikki oy oxiriga qo’shilgan. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, bu 5 kun qadimgi eron tilida “panji”,andargoh” deb atalgan. Keyinchalik bu nom arabchalashib, “andarjoh” deb o’zgartirilgan. Bu besh kun “o’g’irlangan kun”, deb ham atalgan. Eronliklar ularni “obonmoh” bilan “ozarmoh” o’rtasiga qo’yib, har bir oy kunlariga berilgan nomlarda boshqa nomlar bilan ataganlar. Eron kalendarida bir yilda uch yuz oltmish besh kun bo’lgan. Ular chorak kunlar bir oy bo’lmaguncha hisobga olmaganlar. Bu bir yuz yigirma yilda bir marta bo’lgan. SHunda ortiqcha oyni yil oylari qatoriga qo’shganlar va u o’n uchinchi oy bo’lgan. O’sha yilni kabisa yil deb, ortiqcha oy kunlarini boshqa oylar nomlari ataganlar. Abu Rayhon Beruniyning ma’lumot berishicha, ular dastlab haftadan foydalanmaganlar. Olim bu haqida shunday ma’lumot beradi: “Dastlab haftalarni ishlatgan SHom va uning tevaragida yashovchilar bo’lganlar.

Beruniy Misr kalendaridagi eski va yangi oy nomlarini yoritadi. Misrliklar qo’shimcha besh kunni “abag’amno” (kichik oy), kabisali yilni esa “anqnaqt” (alomat) deb ataganlar. Qo’shimcha kun so’nggi “musriy” oyining oxiriga qo’shilgan. Beruniy “SHom mamlakati” kalendaridagi o’n ikki oy nomlari va to’rt yilda bir marta beshinchi (shubat) oyga bir kun qo’shib hisoblashganlari haqida yozadi. Bu manbaga ko’ra “SHom mamlakati” kalendaridagi oy nomlari keng tarqalgan, hatto arablar ham “dala ishlariga tegishli vaqtlarni” shu oylar bilan belgilar ekan.



1. Oy kalendari faqat oy fazasi o'zgarishi bilan belgilangan. Yangi oyning chiqishi 29 yoki 30 sutka davom etadi. 12 oy yilni tashkil qiladi. Bir yil 354 kunni tashkil qiladi. Oy kalendari tabiat xodisalarini har yili 2 kunga oldinga suradi.

2.Oy - quyosh kalendari. Ushbu kalendar oy fazasi almashuvi va quyoshning yillik harakatiga bogMiq. Har 19 yildan 12 yili 12 qamariy oydan iborat. 7 yil esa 13 qamariy oyidan iborat bo'ladi. Vavilon, Xitoy, ludiya, Gresiya va Rimda qo'llanilgan.

3. Quyosh kalendari. U asosan kuyoshning yillik harakati asosida tuziladi. Bunda yil 12 oydan iborat bo'lib, 365 kundan iborat. Qadimgi Misr va Hindistonda amalda bo’lgan.

1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling